Quva: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 57:
}}
 
'''Quva''' — Fargʻona viloyati Quva tumanidagi shahar (1974 -yildan), tuman markazi. Fargʻona shahridan 40 km shimoliy-sharqda. Yaqin temir yoʻl stansiyasi Quva (4 km). Aholisi 40 ming kishi (2005). Fargʻona vodiysidagi eng qadimiy shaharlardan biri.
 
== Tarixi ==
Qator 64:
Tarixchi A.Muhammadjonovning fikricha, shahar nomi „Qaviybod“, „Qavobod“ yoki „Qaybod“ shakllarida talaffuz etilgan va qaviylarning qarorgohi, tojdor hukmdorning kayoniy taxti oʻrnatilgan qasr va mamlakatning bosh shahri — poytaxt maʼnosini anglatgan. Keyinchalik oʻzgarib Quva shaklini olgan.
 
Quvada 1956—60 yillarda Ya.Gʻulomov boshchiligida (V.D.Jukov, I.Ahrorov, V.A.Bulatova, A.Muhammadjonov, H.Muhamedov, M.Aminjonova) arxeologik qazishma ishlari olib borildi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, oʻrta asrlarda Quvaning umumiy maydoni 100—120 ga ni tashkil etgan. Shundan Shahriston 12 ga va uning shimoliy-sharqiy burchagidagi arki aʼlo 1 ga maydonni egallagan (Shahriston va Ark qoldiqlari hozirgigacha saqlangan). 1998-yil Ahmad al-Fargʻoniyning 1200 -yillik yubileyiga tayyorgarlik koʻrish vaqtida Quvada arxeologik qazishmalar olib borildi. Buning natijasida Shahristonning janubiy mudofaa devori ostidan 8 m dan ziyod chuqurlikdan miloddan avvalgi 2—1-asrlarga oid moddiy madaniyat buyumlari topildi. 1998-yildagi qazishma ishlari natijasida shaharning uch darvozasi oʻrni aniqlandi, shahar xarobasi hududidan turar joy binolari majmuasi va uning shimolida 7—8-asrlarga oid budda ibodatxonasi hamda u yerdagi budda ilohlari haykallari topildi.
 
Quvadan bir qancha mashhur kishilar, xususan, Ahmad al-Fargʻoniy, Abu Nasr Ahmad ibn Muhammad al-Quboviy, Rukniddin Quboviy, Muhammad ibn Muhammad al-Quboviy, Abduqayum Vaxmiy, Shokirxon Hakimiy va boshqa yetishib chiqqan.