Somoniylar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
Teglar: Koʻrib tahrirlagich Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 8:
Koʻpchilik manbalar (Hudud alolam, Ibn Havqal, Beruniy, Gardizi va h.k.) ga koʻra, Somonxudot sosoniylar davridagi mashhur sarkarda Bahrom Choʻbin (6-asr) ning 4 yoki 5pogonadagi avlodi boʻlgan. Baxrom Choʻbinning kelib chiqishi eftaliylar bilan bogʻlik U sosoniylarga qarshi koʻzgʻolon koʻtarib (590 y.) magʻlubiyatga uchragandan keyin Fargʻonaga qochib kelgan va turkiy malikaga uylanib, umrining oxirigacha oʻsha yerda kolib ketgan. Uning avlodlari ham oʻzlarini podshoxdar oilasiga mansub deb hisoblaganlar va Sosoniylar davlatidagi shahanshoxlar oliy taxtiga daʼvo kilganlar. Somonxudotning shajarasida keltirilgan ajdodlaridan ayrimlarining (Juba, Jamchan, Tamgʻas kabi) turkiy ismlari boʻlgan. Shunisi diqkatga sazovorki, turkiylarning rivoyatlarida Somonyabgʻu (yaʼni Somonxudot) turkiylarning Oʻgʻuzxondan keyingi davrlarda yashagan ajdodlari katorida tilga olingan.
 
Oʻrta Osiyoga arablar bostirib kelganda, Somonxudot, ayrim maʼlumotlarga koʻra, Balx viloyatidan Marvga Xuroson amiri Asad ibn Abdulloh alQushayriy (725/727 va 735/738 yillar)ning oldiga kelib, undan dushmanlariga qarshi kurolli yordam berishini suraydi. Arablar yordamida dushmanlarini yenggach, Somonxudot islom dinini kabul kiladi va oʻgʻlining ismini amirning sharafiga Asad koʻyadi. Asadning Nuh, Ahmad, Yahyo va Ilyos ismli ugʻillari alMaʼmunning Marvdagi saroyida xizmatda bulgan va Rofi ibn Lays koʻzyulonini bostirishda faol qatnashgan. Buning evaziga alMaʼmun ularni bir nechta viloyatlarga amir etib tayinlaydi (819—820 y.). Xususan, Nuh — Samarqand amiri, Ahmad — Fargʻona amiri, Yahyo — Shosh va Ustrushona amiri, Ilyos esa Hirot amiri etib xayinlanadi. Ular dastlab Xuroson amirlari boʻlgan tohiriylarga tobe boʻlgan va harbiy kuch toʻplab, Arab xalifaligining sharqiy chegaralarini qoʻriqlab turishgan, shuningdek, shim.dagi turklarga qarshi bir necha bor yurishlar qilishgan. Nuh ibn Asad Isfijobni bosib olib (840 y.), uni oʻziga tobe qiladi. Shunday qilib, akaukaning toʻngʻichi boʻlgan Nuh ibn Asad Samarqand va Sugʻdning katta qismini, shuningdek, Fargʻona va boshqa bir qancha shaharlarni oʻz hokimiyati ostida birlashtiradi. Nuhning vafotidan keyin (842 y.) suloladagi yetakchilik uning ukasi Ahmad ibn Asad oilasiga oʻtadi. Uning 7 ta oʻtli boʻlib, ular otasining vafotidan keyin (866 y.) Movarounnahrning asosiy shaharlarida hokimiyatni oʻz qoʻllariga oladilar. Faqat Buxoro sh. tohiriylar qoʻlida edi. Ilyos ibn Asad vafotidan keyin unga qarashli boʻlgan Hirot shahrida ham hokimiyat S.ning qoʻlidan ketdi. Tohiriylar hokimiyati tugatilgandan keyin (873 y.) Buxoroda bir muddat siyosiy beqarorlik va tartibsizliklar yuz berdi. Shunda S. oilasining boshligʻi boʻlgan Nasr ibn Ahmad mahalliy dehqonlar taklifiga binoan, Buxoroga ukasi Ismoil ibn Ahmadni hokim qilib yuboradi. Shunday qilib, Buxoro ham S qoʻliga oʻtib, ularning qudrati yana ham ortdi. Nasr davrida S turklarning Shovgʻar shahriga yurish qiladilar. Deyarli butun Oʻrta Osiyo yerlari ularning hrkimiyati ostida birlashgandan keyin oila boshligʻi Nasr xalifa alMuʼtamiddan Movarounnahrni boshqarishga maxsus yorliq oldi (875 y.). Koʻp oʻtmay Ismoil akasi Nasrga boʻysunishdan bosh tortib, unga qarshi koʻshin tortadi. Akauka qoʻshinlari orasida boʻlib oʻtgan jangda (888 y.) Nasr magʻlubiyatga uchraydi va natijada Ismoil ibn Ahmad butun hokimiyatni oʻz qoʻliga oladi. U Taroz shahriga yurish qilib, uni bosib oladi (893 y.) va natijada boy Shalji kumush konlariga egalik kidali. Oʻsha yilning oʻzida Ahmad Ustrushonadagi afshinlar sulolasining oxirgi vakillarini yoʻq qiladi va viloyatni butkul oʻzining hokimiyatiga boʻysundiradi. S.ning kuchayib borayotganidan xavfsiragan arab xalifasi Ismoilni hokimiyatdan chetlatib, oʻrniga Xuroson amiri Amr ibn Lays Safforiyni tayinlaydi (898 y.). Amr qoʻshin bilan Movarounnahrga yoʻl olganda, Ismoil unga qarshi chiqib, bir necha jangdan keyin uni magʻlubiyatga uchratadi (900 y.) va natijada safforiylarta qarashli boʻlgan Xurosonni ham oʻz yerlariga qoʻshib oladi. Shunday qilib, Ismoil ibn Ahmad hukmronligi davrida Talas vodiysidan Xurosongacha boʻlgan yerlarni oʻz hrkimiyati ostida birlashtirdi. Ismoil ibn Ahmad vafotidan keyin (907 y.) hokimiyat uning avlodlari qoʻliga oʻtdi: Ahmad ibn Ismoil (907—914 yillar), Nasr ibn Ahmad (914—943 yillar), Nuh ibn Nasr (943-954 yillar), Abdulmalik ibn Nuh (954—961 yillar), Mansur ibn Abdulmalik (961—976 yillar), Nuh ibn Mansur (976—997 yillar), Mansur ibn Nuh (997—999 yillar), Abdulmalik ibn Mansur (999—1000 -yillar). Shundan keyin mamlakatdagi hokimiyat qoraxoniylar sulolasining qoʻliga oʻtib, S. hokimiyati tugatildi. Sulolaning oxirgi vakili Ismoil alMuntasir (1000—1005 -yillar) qoraxoniylar sulolasiga qarshi kurash olib borib, S. hokimiyatini tiklashga urindi, lekin natija boʻlmadi va oxiri oʻzi ham oʻldirildi. Shu bilan S. sulolasi tarix sahnasidan butunlay ketdi.
 
Maʼmuriy boshqaruv tizimi. S. sulolasining hokimiyatdagi vakillari amir deb atalgan boʻlib, ularga dargoh (saroy axli) va devonlar (harbiy boshqarmalar) boʻysungan. Vazir mansabiga, asosan, Jayhoniylar, Balʼamiylar va Utbiylar aslzoda oilalarining vakillari tayinlanar edi. Jayhoniy va Balʼamiy ulardan eng mashhur vazirlardir. S.da vazir devonidan tashqari 10 devon boʻlib, ular uchun Buxorodagi Registon maydonida maxsus katta bino qurilgan edi. S.ning boshqaruv tizimi, asosan, mahalliy dehqonlar, aslzodalar va din arboblaridan tashkil topgan boʻlib, har bir amaldor arab va fors tillarini mukammal bilishi, shuningdek, diniy va dunyoviy fanlardan xabardor boʻlishi shart edi. Bunday odamlarni ahl alqalam (qalam axli) deb atashgan. Saroy harbiy qoʻmondonlari hojib, Xuroson lashkarboshisi esa sipoxsolor deb atalgan boʻlib, boshqaruv ishlariga katta taʼsir oʻtkazib kelishgan. S.ning soliklardan kelib tushadigan yillik daromadi 45 mln. dirhamni tashkil qilgan boʻlsa, bu mablagʻdan 20 mln.ga yaqini boshqaruv tizimida xizmat qilayotgan amaldorlar va qoʻshin ehtiyojlariga sarflangan. Xizmat uchun ish xaqi hammaga har 90 kunda, yaʼni bir yilda 4 marta muntazam ravishda berib turilgan.
Qator 41:
 
[[Turkum:Somoniylar]]
[[Turkum:O‘zbekistonOʻzbekiston tarixi]]
[[Turkum:Buxoro tarixi]]
[[Turkum:Tojikiston tarixi]]