Kimyoviy unsur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Xatoni tugirladim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
Elementlar tabiatdagi butun mavjudotning eng oddiy tarkibiy qismlari, degan tushuncha miloddan bir necha asr ilgari vujudga kelgan. Aristotelning fikricha, boshlangʻich materiya 4 abstrakt "prinsip" (asos): issiqlik, sovuqlik, namlik va quruklikdan tashkil topgan. Ularning juftlarida qismlar miqdori maʼlum bir sonni tashkil etgach, 4 asosiy element — olov, suv, havo va tuproq hosil boʻlarmish. Keyinchalik alkimyogarlar Aristotelning "prinsip" va "element"lariga eruvchanlik (tuz), yonuvchanlik (oltingugurt) va metallsimonlik (simob) degan tushunchalarni kiritdilar.
 
Sharq olimlaridan Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Kindiy va boshqa koʻpgina olimlar elementlar qaqida oʻz fikrlarini aytishgan. Mas, Kindiyning fikriga koʻra, tabiatdagi barcha narsalar materiyadan tashkil topgan, materiya esa olov, suv, havo va tuproqdan iborat. Ilk bor Kimyoviy unsur taʼrifini 1661 -yilda ingliz kimyogari Robert Boyl bergan, u oddiy moddalarni belgilash uchun kimyoga "element" degan terminni kiritgan, shu sababli "oddiy modda" va "element" degan tushunchalar uzoq, vaqtgacha bir maʼnoni anglatadi, deb hisoblab kelindi. 19-asrning60-yillarida, oddiy modda bilan Kimyoviy unsur molekula bilan atomga uxshaydi, yaʼni oddiy modda ham, har qanday modda singari, molekulalardan tuzilgan, Kimyoviy unsur esa atomlardan tuzilgan, deb hisoblanardi; 1869 -yilda D.I. Mendeleyev "... bu tushunchalardagi farq qar doim hisobga olinishi kerak" deb taʼkidlagan edi. Soʻngra Kimyoviy unsur atomga, yaʼni elementning molekulalarda boʻladigan va barcha xossalarini uzida mujassam etgan eng kichik zarrachaga tobora koʻproquxshaydigan boʻldi. Demak, har qanday atom Kimyoviy unsurdir, ammo atomlarning har qanday birikmasi element boʻla olmaydi; bir xil element atomlarining oʻzaro birikishi natijasida oddiy moddalar hosil boʻladi. Koʻpchilik Kimyoviy unsur tuzilishi va xossalari turlicha boʻlgan bir necha oddiy moddalar hosil qilishi mumkin (qarang [[Allotropiya]]); bir xil elementdan hosil boʻladigan oddiy moddalarning oʻzi oʻsha elementning allotropik shakl uzgarishlari deb ataladi; turli elementlar atomlarining birikishi natijasida esa yo oddiy moddalar aralashmasi yoki murakkab modda hosil boʻladi. Kimyoviy unsur kimyoviy jarayonlarda oʻzgarmaydi, ammo yadro reaksiyalarshi bir-biriga aylanishi mumkin. Hozirgi kunda 109 ta (2001 -yil) Kimyoviy unsur maʼlum; boʻlardan 21 si (Ts, Pm, At, Fr, Np, Pu va elementlar davriy sistemasining 95dan 109gacha 15 elementi) ilk bor sunʼiy ravishda olingan, keyinchalik Ts, Pm, Fr, Np elementlari juda oz miqdorda uran rudalari tarkibida topilgan.
 
Kimyoviy unsurning yana bir muhim tavsifi ularning Yer poʻstida tarqalganligidir. Rus olimi akad. A. P. Vinogradov tuzgan Yer poʻstining oʻrtacha kimyoviy tarkibi jadvaliga koʻra, eng koʻp tarqalgan element — kislorod massa jihatdan 47,2% ni tashkil etadi, soʻngra kremniy — 27,6%, alyuminiy — 8,80%, temir — 5,10%, kalsiy — 3,6%, natriy — 2,64%, kaliy — 2,6%, magniy — 2,10%, vodorod — 0,15%, bu elementlar Yer poʻsti massasining 99,79%ni, qolgan barcha Kimyoviy unsur fakat 0,21%ni tashkil etadi.