Bishkek: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 57:
| Commons turkumi =
}}
'''Bishkek''' ([[1926-yil]]gacha Pishpak, 1926—1991 -yillarda Frunze) — [[Qirgʻiziston|Qirgʻiz Respublikasining]] poytaxti. Yirik sanoat-transport tuguni, Qirgʻizistonning iqtisodiy va madaniy markazi. Chu vodiysida, Qirgʻiziston tizmasining shimoliy etagida, 700–900 m balandlikda joylashgan. Yanvarning oʻrtacha harorati — 5,4 °C, iyulniki 24,4 °C. Oʻrtacha yillik yogʻin 471 mm. Shahar maydoni 18,4 ming ga. Aholisi 874 400 kishidan koʻproq (2012).
 
== Hududiy boʻlinishi ==
Qator 72:
Hozirgi Bishkek oʻrnida [[1825-yil]] qoʻqonliklar tomonidan Pishpak (qoʻqonlik tarixchilar asarlarida Pishkak) qalʼasiga asos solingan. 1860 va 1862-yillarda rus qoʻshinlari Ashtak dovoni orqali bostirib kelib qalʼani egallagan va butunlay vayron qilgan. [[1864-yil]]da Bishkek oʻrnida Pishpak rus harbiy istehkomi barpo etildi. Tez orada Bishkek orqali Yettisuv savdo trakti ([[Toshkent]] — [[Semey]]) vujudga keldi. [[1878-yil]]dan Bishkek Yettisuv viloyatining uyezd shaqri. Mayda oziq-ovqat va koʻn sanoati korxonalari boʻlgan. Aholisi savdo-sotiq, kirakashlik, bogʻdorchilik, sabzavotchilik va gʻallachilik bilan shugʻullangan. Pishpak [[1918-yil]]dan Turkiston Muxtor Respublikasi tarkibida, [[1924-yil]]dan Qora qirgʻiz ([[1925-yil]]dan Qirgʻiziston) muxtor viloyatining markazi. Bishkek [[1926-yil]]dan — Qirgʻiziston Muxtor Respublikasining, [[1936-yil]]dan Qirgʻiziston Respublikasining poytaxti.
 
Bishkekda 1941—1945 -yillar urushi davrida yangi sanoat korxonalari qurilib front uchun qurolyarogʻlar ishlab chiqarilgan. Metallsozlik va mashinasozlik rivojlandi, urushdan keyin Bishkek Qirgʻizistonning eng yirik industrial markaziga aylandi.
 
== Sanoati ==