Kosta-Rika: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Rescuing 1 sources and tagging 0 as dead.) #IABot (v2.0.8
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 4:
 
==Davlat tuzumi==
Kosta-Rika — respublika. Amaldagi Siyosiy Konstitutsiyasi 1949 -yil 7 noyabrda qabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (2002 -yildan A. Pacheko); u aholy tomonidan toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil muddatga saylanadi. Prezident bevosita 2-muddatga qayta saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qonun chiqaruvchi majlis (bir palatali parlament) amalga oshiradi; uning 57 deputati toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4 yil ga saylanadi. Ijroiya hokimiyat prezident tomonidan vazirlar mahkamasi yordamida amalga oshiriladi.
 
==Tabiati==
Qator 12:
 
==Tarixi==
Hozirgi Kosta-Rika hududida qadimdan indeys qabilalari yashagan, sohillarda ular ovchilik, baliq ovlash bilan shugʻullangan. Markaziy togʻlik joylarda indeyslar dehkrnchilik, oltin, mis eritish, kulolchilik bilan shugʻullangan. 1502 -yil Kosta-Rika (ispanchaboy sohil) X. Kolumb tomonidan kashf etilib, Nuevo-Kartago deb atalgan. Kosta-Rikaga 1513 -yilda ispanlar bostirib kirdi. 1560 -yilda mamlakat Gvatemala tarki-biga qushib olindi. 60-yillarga kelib ispanlar Kosta-Rika hududini batamom egallab oldi. 16-asrda Kartago (Kosta-Rika poytaxti), 18-asrda Erediya, San-Xose va boshqa shaharlar barpo etildi. 1810 -yildan Kosta-Rika aholisi ispan hukmdorlariga qarshi kurashdi va 1821 -yil 15 sentabrda mustaqillikka erishdi. 1822 -yil mamlakat Meksika imperiyasiga kushildi. 1823 -yilda esa Markaziy Amerika Birlashgan viloyatlari federatsiyasi tarkibiga kirdi. Shu yildan San-Xose shahri Kosta-Rika poytaxti boʻlib qoldi. 1825 -yil Kosta-Rikaning birinchi konstitutsiyasi qabul qilindi va Kosta-Rika mustaqil davlat sifatida ajralib chikdi (1838).
 
50-yillar oxiridan mamlakat iqtisodiyoti tez rivojlana boshladi. 1901 -yil Milliy respublika partiyasi tashkil topdi. 1920 -yil ishchilar yalpi ish tashlab, 8 soatlik ish kuni joriy qilinishiga erishdilar. 1941 -yilda K.R. fashistlar Germaniyasiga urush eʼlon qildi. R. A. Kalderon hukumati mehnatkashlar talabi bilan bir qancha demokratik isloxrtlar oʻtkazdi.
 
1948 -yilda mamlakatda fuqarolar urushi boshlandi. Nikaragua diktatori A. Somosa qoʻshinlari madadi bilan reaksion kuchlar gʻalaba qildi. 1953—58 yillarda hukumat iqtisodiyotda davlat sektorini mustahkamladi. 1970—74 yillarda ichki siyosiy turmushni demokratiyalash va millim suverenitetni mustahkamlash choralarini koʻrdi. 1986 -yilda prezident etib saylangan O. Ari-as betaraflik siyosatini olib bordi. Kosta-Rika — J945 yildan BMT aʼzosi. 2001 -yil iyunda Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Milliy bayrami — 15 sentabr — Mustaqillik kuni (1821).
 
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari. Milliy ozodlik partiyasi, 1945 -yilda tuzilgan; Milliy ittifoq partiyasi, 1947 -yil asos solingan; Sotsial-xristian birlik partiyasi, 1983 -yil tashkil etilgan; Kostarikan xalqi partiyasi, 1984 -yil tuzilgan. Kosta-Rika mehnatkashlari unitar konfederatsiyasi, 1980 -yil asos solingan; Kosta-Rika demokrat mehnatkashlari konfederatsiyasi, 1966 -yil asos solingan.
 
==Iqtisodiyoti==
Qator 27:
 
==Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari==
1973 -yilda majburiy 9 yillik taʼlim joriy qilingan, birok amalda boshlangʻich taʼlim majburiydir. Taʼlimning barcha bosqichlari — bepul. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati — 6 yil, oʻrta maktabda — 5 yil Kosta-Rika da 5 universitet, shu jumladan, San-Xosedagi Kosta-Rika universiteti (1843), Eredia shahrida Milliy universitet (1973) bor. San-Xoseda Lingvistika akademiyasi (1923), Tarix va geogr. akademiyasi, Atom energiyasi milliy komissiyasi (1967), Milliy ilmiy jamgʻarma, Milliy geogr. instituti (1944) va boshqa ilmiy muassasalar, Milliy kutubxona (1888), universitet kutubxonasi, Milliy muzey (1887) va Milliy teatr galereyasi mavjud.
 
==Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi==
Kosta-Rika da bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Eng yiriklari: "Nason" ("Millat", kundalik gaz., 1946 -yildan), "Republika" ("Respublika", kundalik gaz., 1950 -yildan), "Prensa libre" ("Erkin matbuot", kundalik kechki gaz., 1889 -yildan), "Ora" ("Soat", kundalik gaz., 1946 -yildan), "Gaseta" ("Gazeta", kundalik gaz., 1878 -yildan), "Libertad" ("Ozodlik", haftalik gaz., 1962 -yildan), "Abaniqo" ("Yelpigʻich", haftalik jurnal,), "Polemika" ("Bahs", jurnal, 1981 -yildan). Radioeshittirishlarni nazorat qiluvchi milliy boshqarma va hukumat telestansiyasi mavjud. Bir qancha tijorat telestansiyalari qam ishlaydi. Telekoʻrsatuvlar 1960 -yildan olib boriladi.
 
==Adabiyoti==