Suriya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Suriya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1973 -yil 12 martda qabul qilingan. Davlat boshligʻi – prezident (2000 -yildan [[Bashshor Asad]]), u milliy referendumda 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Xalq kengashi (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident va Vazirlar Kengashi amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Suriya hududida odam paleolit davridan yashab keladi. Mil. av. 2ming yillikning 1-yarmida mayda shahardavlatlar vujudga kelgan. Mil. av. 15-asrda Suriyaning koʻp qismini Misr, 14-asrda Xett podshoxligi egallab olgan, 12-asr boshlarida Suriya ozodlikka erishsada, 8-asr oxirida Ossuriyata, 7-asr oxirida esa Yangi Bobil podshoxligi, 6-asr oʻrtalarida Axomaniylarga qaram boʻldi. Mil. av. 333 yil Iskandar Maqsuniy (Aleksandr) davlati tarkibiga kirdi, bu davlat barbod boʻlgach, salavkiylar davlatining viloyatiga aylandi. Mil. av. 1-asrda Armaniston podshosi Tigran II S.ni bosib oldi, 64 yil Rim, mil. 4-asr oxiridan Vizantiya viloyatiga aylandi. Mil. 633–40 yillarda Arab xalifaligi, 1516 -yilda Usmonli turk imperiyasi zabt etdi va Suriya 1818 -yilgacha Turkiya tarkibida boʻldi. 1832–40 yillarda Misr qoʻshinlari tomonidan bosib olindi. 1840 -yil Suriyada Yana turklar hukmronligi tiklandi. 1918 -yil okabrda Suriyani ingliz qoʻshinlari bosib oldi. 1919 -yil [[Angliya]] [[Fransiya]] kelishuviga binoan inglizlarning oʻrnini fransuzlar egalladi. 20 yillarda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1928 -yil Taʼsis majlisiga saylov oʻtkazildi, 1930 -yil mayda Suriya respublika deb eʼlon qilindi, ammo Fransiya mandati saqlanib krldi, bu mandat 1943 -yil dekabrda bekor qilindi. 1946 -yil 17 apreldagina toʻla mustaqillikka erishdi. 1958 -yil Suriya Misr bilan yagona davlat – Birlashgan Arab Respublikasi (BAR)ga birlashdi, ammo 1961 -yil 28 sentabrda uning tarkibidan ajralib chiqdi va oʻzini Suriya Arab Respublikasi (SAR) deb eʼlon qildi. 1963 -yil 8 martda davlat toʻntarishi boʻlib, Suriya Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi ([[Baʼs partiyasi|Baʼs]]) hokimiyatni qoʻlga oldi, 1971 -yil 12 martdan [[Hofiz Asad]] prezident boʻldi.
 
1967 -yil iyunda Suriyaga Isroil hujum qilib, mamlakat hududining bir kismini (Gʻulon tepaliklarini) bosib oldi. 1973 -yil oktabrda Suriya boshka arab davlatlari qatori harbiy harakatlarda qatnashib, Isroil tomonidan bosib oligan yerlarning bir qismini qaytarib olishga muvaffaq boʻldi. S– 1945 -yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 -yil 28 dekabrda tan olgan va 1992 -yil 24 aprelda diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami – 17 apr, – Chet el koʻshinlari chikarib yuborilgan kun (1946).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Arab sotsialistik uygʻonish partiyasi ([[Baʼs partiyasi|Baʼs]]), 1947 -yil aprelda Arab uygonish partiyasi sifatida tashkil etilgan, 1954 -yildan xoz. nomda; Suriya kommunistik partiyasi, 1924 -yil tuzilgan; SAR Taraqqiyparvar milliy fronta, 1972 -yil asos solingan, 8 tashkilotni birlashtiradi. Suriya ishchi kasaba uyushmalari umumiy federatsiyasi, 1938 -yil tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 24:
Qishloq xoʻjaligida mehnatga layoqatli aholining 50%ga yaqini shugʻullanadi. 3,7 mln. gektar yerda dehqonchilik qilinadi, shundan 500 ming ga sugʻoriladi. Asosiy qishloq xoʻjaligi. ekinlari: bugʻdoy, arpa, paxta, tamaki, qand lavlagi; sholi, yer yongʻoq, sabzavot, poliz ekinlari ham yetishtiriladi. Vohalarda bogʻdorchilik rivojlangan, tok, sitrus, xurmo va boshqa subtropik mevali oʻsimliklar oʻstiriladi, zaytun yetishtiriladi. Qoramol, qoʻy, echki, tuya, ot, xachir boqiladi. Sohilda baliq ovlanadi.
 
Sanoatida konchilik ustun: neft, fosforit, toshtuz, tabiiy asfalt, oltingugurt qazib olinadi. Elektr styalarning aksariyati neft asosida ishlaydi (yiliga oʻrtacha 14,8 mlrd. kVtsoat elektr energiya hosil qilinadi). Neft Baniyos va Himsdagi zavodlarda qayta ishlanadi. Kime (mineral oʻgʻit ishlab chiqarish.), toʻqimachilik (jumladan, ip gazlama) va oziqovkat (un, yogʻ, vino, qandshakar, tamaki va boshqalar), elektr texnika sanoati rivojlangan. Traktor yigʻuv, elektr motor, poʻlat prokati, beton shpal zavodi, koʻnchilik, poyabzal, binokorlik materiallari va boshqa korxonalar bor. Hunarmandchilik (oltin, kumush, misdan turli buyumlar tayyorlash) rivojlangan. Asosiy sanoat markazlari – Damashq, Halab, Hims, Loziqiya, Tartus. Transport yoʻli uzunligi – 1,8 ming km, avtomobil yoʻllari –39,2 ming km, neft quvurlari – 805 km. Asosiy dengiz portlari – Loziqiya, Tartus, Baniyos Damashqda xalqaro aeroport bor. Iroq va Saudiya Arabistonidan Oʻrta dengiz sohiliga tortib kelingan koʻpgina neft quvurlari Suriya hududidan oʻtadi. Suriya chetga neft va neft mahsulotlari, fosforit, paxta, qishloq xoʻjaligi. mahsulotlari, teri, jun va boshqa chiqaradi, chetdan mashina va uskuna, transport vositalari, oziqovqat, kimyo mahsulotlari va boshqa keltiradi. [[Germaniya]], Fransiya, [[Italiya]], [[Rossiya]], [[Livan]], [[Gretsiya]] bilan savdo qiladi. Suriyaning Oʻzbekiston Respublikasi bilan 2002 -yildagi tovar aylanmasi 1,7 mln. [[AQSH]] dollarini tashkil etdi. Pul birligi – suriya funti.
 
== Tibbiy xizmati ==
Qator 33:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz. va jurnalilari: "AsSaura" ("Inkilob", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1963 -yildan), "Al-Baʼs" ("Uygonish", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1962 -yildan), "AlJamaxir alArabiya" ("Arablar ommasi", arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "Nidal ashShaab" ("Xalq kurashi", arab tilida chiqadigan gazeta, 1934 -yildan), "Siriya tayme" ("Suriya vaqti", ingliz tilida chikadigan kundalik gazeta, 1981 -yildan), "AlFido" (arab tilida chikadigan kundalik gaz.), "AlMuhandis alArabi" ("Arab muhandisi" arab tilida 2 oyda 1 marta chiqadigan jurnali, 1961 -yildan), "Nidal alFellahin" ("Dehqonlar kurashi", arab tilida chiqadigan haftanoma, 1965 -yildan). Suriya arab axborot agentligi (SANA), hukumat axborot mahkamasi, 1965 -yil asos solingan. Radioeshittirish va telekoʻrsatuv bosh direksiyasi, hukumat xizmati, 1946 -yil tuzilgan.
 
== Adabiyoti ==
Suriya xalqining ogʻzaki ijodida mil. av. 8–7-asrlar voqealarini eslatuvchi rivoyatlar uchraydi. Mil. 2–14-asrlar ga oid suriya (suryoniy) yozuvlari topilgan. 8-asrdan arab tili rayem boʻla boshladi va 14-asrga kelib dunyoviy adabiyetdan suriya tilini surib chiqardi. Oʻrta asrlarda Abu Tammom, AlBuhturiy, AlMutanabbiy, Abu Firas sheʼrlari va Abul Aʼlo alMaariyning falsafiy asarlari dunyoga keldi. 19-asrga kadar Suriya adabiyoti arab mumtoz adabiyoti anʼanalarini davom ettirdi. 19-asr oʻrtalaridan Livan bilan Falastinni oʻz ichiga olgan Suriya arab madaniy uygʻonish makonlaridan biri boʻldi Fransis Marrash, Rizqalla Xassun, Abdurahmon alKavokibiy va Adib Isxoq bu harakatga bosh boʻldilar. Birinchi jahon urushidan keyin vatanparvarlik kayfiyatidagi adabiy kuchlar (Muhammad Kurd Ali, Xalil Mardombek, Salim alJundiy va boshqalar) Damashqdagi Arab akademiyasiga birlashib, arab adabiy merosini batafeil oʻrganish va ommalashtirishga kirihdilar. 20 yillarda realistik nasr (Subhi Ali Gʻanim, Sami alKiyoli, Fuad ashShaib, Shakib alJabri) yuzaga keldi. Hayriddin azZirekli, Muhammad alBizm, Muhammad Sulaymon alAhmad kabi shoirlar mustamlakachilikka qarshi, mustakillik uchun kurash ruhida sheʼrlar yozihdi. 1951 -yil Suriya yozuvchilar uyushmasi tuzildi.
 
Ikkinchi jahon urushidan keyingi davr adabiyotida milliy ruhni qaror toptirish harakati kuchaydi. 60 yillardagi ayrim adiblar aksariyat ezilgan va umidsizlikka tushgan kimsalar hayoti va qismatini tasvirlashga berildilar. Soʻnggi yillarda Isroilning arab mamlakatlariga bosqinini laʼnatlovchi sheʼrlar (Ahmad Sulaymon Ahmad, Ali Jundiy) va nasriy asarlar (Mutaa Safadi, Zakariyi Tamira) yaratildi.
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
Suriya xalq va anʼanaviy musiqasida rivojlangan lad tizimi – maqomlar koʻp. Cholgʻu asboblari joʻrligida qoʻshiq aytish yetakchi musiqiy janrdir. Ud, rubob, gʻijjak, qonun va boshqa cholgʻu asboblari koʻp tarqalgan. Zamonaviy xalq orkestri tarkibiga yevropacha skripka, violonchel, kontrabas kabi cholgʻu asboblari ham kiritila boshladi. 1870 -yil bastakor Mustafo alBashnak tashabbusi bilan Halabda musiqa maktabi ochildi. Milliy bastakorlik maktabini Solhi Uadsi, Dik Sukkari kabilar rivojlantirdilar. Xalq qoʻshiklari ijrochilaridan Shokir Brexan, Mutia Mafi, [[Saboh Faxriy]]ni koʻrsatish mumkin. Musiqaning ommalashuvida radio va televideniyening xizmati katta. Milliy musiqa kadrlari Damashq (1962 i. tashkil etilgan) va Halab (1963) konservatoriyalarida tayyorlanadi.
 
== Teatri ==
Suriya teatr sanʼatining kurtaklari milliy marosim va bayramlardan boshlangan. Professional teatr 19-asr oʻrtalarida Damashqda Abu Xalil alQabboniy teatr truppasini tashkil etish bilan vujudga keldi. 1930 -yillar oxirigacha mamlakatga kelib turgan Misr truppalari Suriya professional teatrining shakllanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. 40 yillarda Damashqda Abdullatif Fathiy rahbarligida teatr xodimlari jamoasi tashkil etilib, birinchi marta suriya lahjasida spektakllar qoʻyildi (1945–46). 1952 -yil Sayodiddin Baxdunis tashkil qilgan truppa Damashq va Halabda 1957 -yilgacha tomosha koʻrsatdi. 1956 -yil Damashqda yarim professional Erkin teatr, Halabda Xalq teatri ishlay boshladi. 1957 -yil pantomima xalq truppasi tuziddi. Damashqda arab milliy drama teatrining ochilishi Suriya madaniy hayotida katta voqea boʻldi. Mamlakatning eng isteʼdodli aktyorlari Ali Aklya Arsan, Asad Fiddo, A. Kinni shu teatrda ishlay boshladi. Teatr repertuaridan xorijiy mumtoz va mahalliy dramaturgiya asarlari oʻrin oddi. Bundan tashqari Damashqda "Ashshavq" ("Tikanak") satira teatri, Harbiy teatr, Dured Lyaham nomidagi satira va komediya teatri, Qoʻgʻirchoq teatri ham ishlaydi.
 
== Kinosi ==
Suriyada birinchi kino seansi 1906 -yilda boʻlgan. Birinchi toʻla metrajli "Aybsiz sudlanuvchi" (rejissyor Ayyub Badri) badiiy filmi 1928 -yil yaratildi. 30y .larda "Damashq osmoni ostida" (rejissyor I. Anzur, 1932), "Burch amri bilan" va "Qahvaxona ashulachisi" (ikkala film rejissyor A. Badri, 1938, 1939) kabi filmlar yaratildi. Shundan keyingi salkam 30 yil mobaynida mustamlakachilar hukmronligi davrida kinofilmlar yaratish bilan havaskorlargina shugʻullandilar. 60 yillarning 2-yarmi va 70 yillarda ijtimoiy-siyosiy mavzudagi "Yuk mashina haydovchisi" (rejissyor B. Vuchinich, 1967, Toshkent 1 kinofestivalida faxriy diplom olgan), "Aldanganlar" (rejissyor T. Saloh), "Qoplon" (rejissyor N. Malex, 1972, KarloviVari, Lokarno va Damashq kinofestivallarida mukofot olgan) va boshqa filmlar yaratildi. Shundan soʻng Yaqin Sharq mojarosiga bagʻishlangan "Teskari yoʻl" (rejissyor Haddad, 1975), "Qahramonlar ikki marta tugʻiladi" (rejissyor S. Duxni) va "Qizil, oq, qora" (rejissyor B. Safiy, 1977) filmlari dunyoga keldi. Mervan Haddadning "Shirin muhabbatim" va Vadi Yusufning "Qopqon" (1980), N. Malexning "Eski suratlar" (1981) filmlari Suriya kinematografiyasining soʻnggi yillardagi muvaffiqiyatidir.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->