Malayziya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
Malayziya – federativ davlat, konstitutsiyali monarxiya. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi konstitutsiyasi 1963 -yilda qabul kilingan, unga Malayya federatsiyasining 1957 -yilgi konstitutsiyasi asos qilib olingan va keyinchalik tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – oliy hukmdor (podshoh, 2001 -yil 12 dekabrdan Sulton Tuanku Sayd Sirojiddin Sayd Nutra Jamolullayl), u 9 malayya kengashida yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – 2 palatali parlament. Ijroiya hokimiyatini bosh vazir boshchiligidagi vazirlar mahkamasi amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 16:
Malakka yarim orol aholisining Hindiston bilan savdo va madaniy aloqalari bu yerda ilk davlatlarning yuzaga kelishida katta ahamiyat kasb etgan. Bunday davlatlar Malakka yarim orolning shi-m.da, daryolarning quyilish joyidagi shaharlarda vujudga kelgan. Bu shahardavlatlar 3–14-asrlarda oʻzidan kuchliroq qoʻshni davlatlarga tobe boʻlgan.
 
15-asrda va 16-asr boshlarida Malakka yarim orol, Riau arxipelagi va Sumatra orolning sharqiy qismi Malakka sultonligi qoʻl ostida birlashtirildi. 1511 -yil Malakka sultonligini Portugaliya bosib oldi. Malayziya hududining gʻarbiy qismi – Malayyada bir necha sultonliklar tashkil topdi, bulardan eng yirigi – Joxor 16– 18-asrlarda butun Malayya ni oʻz hokimiyati ostida birlashtirishga harakat qildi. 1641 -yil Malakkani gollandlar bosib oldi. 18-asr oxiridan Malayya davlatiga ingliz mustamlakachilari taʼsir koʻrsata boshladi. 1786–1888 -yillar davomida inglizlar hozirgi Malayziya hududining katta qismini bosib oldi. Mustamlakachilarga karshi urush hamda qoʻzgʻolonlar boʻldi (1791, 1831-32, 1875-76, 1891-94 va h. k.).
 
[[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] davrida Malayziyani yapon armiyasi bosib odni. 1943 -yil Malayziyada boskinchilarga qarshi xalq armiyasi tuzildi. 1945 -yil 2 sentabrda yapon bosqinchilari xalq armiyasi tomonidan tormor etiddi, mamlakatda demokratik hokimiyat organi – xalq qoʻmitalari tuzildi. Koʻp oʻtmay ingliz mustamlakachilari Malayziyaga qaytib, ilgarigi bosqinchilik tartibini oʻrnatishga harakat qildilar. Ayni vaqtda mustamlakachilar milliy ozodlik harakatiga siyosiy nayrang yoʻli bilan putur yetkazishga intildilar. 1946 va 1948 -yillardagi konstitutsiya islohotiga koʻra, Singapur Malayyadan ajratildi. Malayya 1946 -yildan Malayya Ittifoqi va 1948 -yildan Malayya Federatsiyasi deb ataddi. 1946 -yil Saravak va Sabax Buyuk Britaniya mustamlakasiga aylandi. 1948 -yil iyunda ingliz hokimiyati mamlakatdagi milliy ozodlik harakatiga qarshi hujumga oʻtdi. 1949 -yil fevralda malayya xalqining Ozodlik armiyasi tuzildi. 1955 -yil Malayya Federatsiyasining qonun chiqaruvchi kengashiga saylovda Federatsiyaning Britaniya Hamdoʻstligi doirasida mustaqilligini yoklab chiqqan Uch partiya ittifoqi (1957 -yildan Ittifoq partiyasi) gʻalaba qozondi. 1957 -yil 31 avgustada Malayya Federatsiyasi mustaqilligi eʼlon qilindi. 1963 -yil 9 iyunda Londonda Buyuk Britaniya, Malayya Federatsiyasi, Singapur, Sabax va Saravak oʻrtasida Malayziya Federatsiyasi tashkil topganligi toʻgʻrisida oʻzaro bitim imzolandi; 1965 -yil Malayziya bilan Singapur hukumati oʻrtasida kelishmovchilik boʻlib, Singapur Federatsiya tarkibidan chiqib ketdi. Malayziya 1963 -yildan [[BMT]] aʼzosi. 1992 -yil 1 yanvarda UzR bilan diplomatiya munosabatlarini oʻrnatgan. Malayziyaning milliy bayrami – 31 avgust – Milliy kun (1957).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Umummalayziya islom partiyasi, 1951 -yilda tuzilgan; Malayziya xind kongressi, 1946 -yilda asos solingan; Malayziya xitoy uyushmasi, 1949 -yilda tashkil etilgan; Malayya birlashgan milliy tashkiloti (yangi), 1988 -yilda asos solingan; Demokratik harakat partiyasi, 1966 -yilda tuzilgan; Milliy front, 1973 -yilda 12 partiyaning hukmron koaliiiyasi (ittifoqi) tarzida tashkil etilgan. Malayziya kasaba uyushmalari kongressi, 1949 -yilda tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 34:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Mamlakatda nashr etiladigan yirik gazetalar: „Berita harian“ („Kun yangiliklari“, Malayziya tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1957 -yildan), „Biznes tayms“ („Biznes vaqti“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1976 -yildan), „Malay meyl“ („Malayya pochtasi“, ingliz tilida chiqadigan kechki gazeta, 1896 -yildan), „Mingguan Malayziya“ („Malayziya hafta ichida“, Malayziya tilida chiqadigan yakshanbalik gazeta, 1964 -yildan), „Nanyan shanbao“ („Janubiy dengizlar savdo gazetasi“, xitoy tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1923 -yildan), „Star“ („Yulduz“, ingliz tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1971 -yildan), „Tamil nesan“ („Tamillar posboni“, taʼmil tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1924 -yildan) va boshqa Bernama axborot agentligi, 1967 -yilda taʼsis etilgan. Malayziya radiosi 1946 -yildan, Malayziya televideniyesi 1963 -yildan ishlaydi.
 
== Adabiyot ==
Qator 41:
30-yillarda yaigi indonez adabiyotining taʼsiri kuchaydi; A. Samad bin Ahmad, A. Baxtiyor, R. Mansur va boshqalarning milliy ruhdagi romanlari paydo boʻldi. Xususan, milliy harakat arbobi Abdulloh Siddiqning „Birga kurashaylik“ (1941) romanida vatanpar-varlik va mustamlakachilarga qarshi kurash mavzulari keng yangradi.
 
50-yillarda adabiyotda asosiy oʻrinni xalq hayotiga bagʻishlangan sheʼr va hikoyalar egalladi. 1950 -yil bir guruh qalamkashlar – K. Mas, U. Avang, M. Asraf, A. Samad Ismoil va boshqa „50-yillar avlodi“ adabiyot birlashmasini tashkil etdilar va „Sanʼat jamiyat uchun“ degan shiorni olgʻa surdilar. Milliy ozodlik harakati adabiyotning asosiy mavzui boʻlib qoldi.
 
Keyingi yillarda A. Samad Sayd („Salina“), A. Vati („Aylana“), A. Ali („Inqiroz“), A. Samad Ismoil („Vazir“), Ibrohim Umar („Chapdagi qadam“), S. Usmon Kelantan („Shimoli-sharqdagi shabada“) va boshqalarning asarlarida muxim ijtimoiy muammolar koʻtarilgan.
Qator 57:
 
== Kinosi ==
Har yili mamlakatga 1000 tagacha xorijiy film keltiriladi. Bunday sharoitda milliy kinematografiyaning rivojlanishi juda qiyin. Malayziyada dastlabki chinakam milliy kinofilmlar 50-yillarning oxirlarida yaratidsi. Ularning aksariyati anʼanaviy musiqiy dramalardan iborat. Rejissyor, ssenariychi, kompozitor, aktyor va xonanda P. Remli shunday dramalarni saxnalashtirishga ixtisoslashgan. Keyingi yillardagi anchagina kinokartinalar Tailand, Singapur, Filippin, Indoneziya kabi mamlakatlar bilan birgalikda yaratildi. 1981 -yilda kinoni rivojlantirish tashkiloti tuzilgan. Badiiy filmlar orasida quyidagilar bor: „Xang Tuan“ (rejissyor F. Mejundar), „Se-merax Padi“ (rejissyor P. Remli), „Yigʻlama“ (rejissyor R. Timoer), „Muhabbat va qoʻshiq“ (rejissyor D. Sulong), „Ertangi kun umidida“ (rejissyor D. Shamsuddin), „Ona, onajon“ (rejissyor A. Mahmud).
 
== Oʻzbekiston – Malayziya munosabatlari ==