Sloveniya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 3:
 
== Davlat tuzumi ==
S. — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991 -yil 23 dekabrda qabul qilingan; unga 1997 va 2000 -yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 -yildan Yanez Drnovshek). Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament — Davlat majlisi va Davlat Kengashi, ijrochi hokimiyatni rais boshchiligidagi hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
S. hududida qadimdan keltilliriy qabilalari yashagan. Mil. av. 1-asrda Rim davlati bosib olgan. 6—7-asrlarda bu yerga slavyan (sloven)lar kelib oʻrnashgan. 7-asrda Karantaniya deb ataluvchi ilk davlat paydo boʻlgan. 11 — 13-asrlarda S hududida Karintiya, Shtiriya, Krayna va boshqa knyazliklar paydo boʻldi. 1282 -yil S.ning katta qismi Gabsburglar yermulki tarkibiga kirdi va 16-asr boshlariga kelib, barcha sloven yerlari qoʻshib olindi. 1478, 1515, 1573 -yillarda dehqonlarning qoʻzgʻolonlari boʻldi. 18-asrning 2-yarmida oʻtkazilgan islohotlar tufayli iqtisodiy jonlanish roʻy berdi. 1848—49 yillardagi inqiloblar natijasida yersuv munosabatlari yemirilib, pultovar munosabatlari rivojlana boshladi. 1914—18 yillarda milliy harakat avj oldi. 1918 -yildan S. yerlari Serb, xorvat, slovenlar qirolligi (1929 -yildan Yugoslaviya qirolligi)ga birlashdi. 1941 -yil Yugoslaviya fashistlar bosqiniga duchor boʻlib, S. yerlarini Italiya bilan Germaniya boʻlib oldi. 1945 -yil 15 mayda ozod qilindi. 1946 -yilgi Parij sulh shartnomasiga binoan, Yugoslaviya bilan qayta qoʻshilib, 1991 -yilgacha uning tarkibidagi respublikalardan biriga aylandi. 1991 -yil 25 iyunda respublika Skupshchinasi S.ning davlat mustaqilligini eʼlon qildi va Yugoslaviya tarkibidan chiqqanligini bildirdi. S. — 1992 -yildan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 -yil 27 dekabrda tan olgan va 1995 -yil 16 yanvardan diplomatiya munosabatlari oʻrnatgan. Milliy bayrami — 25 iyun — S. davlatchiligi kuni (1991).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Liberal demokratiya partiyasi, 1913 -yil asos solingan S. liberal partiyasining davomchisi sifatida 1989 -yilda qayta tiklangan; S. demokratik partiyasi, 1992 -yil tuzilgan; Sotsialdemokratlar Yagona roʻyxati partiyasi, 1992 -yil asos solingan; Koʻkatparvarlar partiyasi, 1992 -yil tashkil etilgan; S. xalq partiyasi, 2000 -yil tuzilgan; S. milliy partiyasi; S. sotsialdemokratik partiyasi, 1989 -yil asos solingan; S. pensionerlar demokratik partiyasi. S. mustaqil kasaba uyushmalari birlashmasi; S. mustaqilligi yangi kasaba uyushmalari konfederatsiyasi.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 32:
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Asosiy gaz.lari: "Delo" ("Ish", mustaqil kundalik gazeta, 1959 -yildan), "Drujina" ("Oila", haftanoma, 1952 -yildan), "In" ("Sloveniyadan xabarlar", ingliz va sloven tillarida chiqadigan haftanoma), "Mladina" ("Yoshlar", haftanoma, 1942 -yildan), "Slovenets" ("Sloveniyalik", kundalik gazeta, 1991 -yildan), "Slovenske novitse" ("Sloveniya yangiliklari", kundalik gazeta, 1991 -yildan), "Vecher" ("Oqshom", kundalik gazeta, 1945 -yildan). S. telegraf agentligi (STA) S. Respublikasi axborot agentligi boʻlib, 1991 -yil asos solingan. S. Radio va televideniyesi faoliyat koʻrsatadi; radioeshittirish 1928 -yildan, telekoʻrsatuv 1958 -yildan boshlangan. 3 davlat radio dasturi va 2 davlat telekanali mavjud. Eshittirish va koʻrsatuvlar sloven, venger, italyan tillarida olib boriladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 40:
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
S. hududida mil. av. 1-asr va mil. 4-asrlarda Qad. Rim shaharlari (Emona, xrz Lyublyana; Petovio, hozirgi Ptuy) mavjud boʻlgan. Ulardagi istehkomlar, ibodatxonalar, osma quvurlarning qoldiqlari hozirgacha saqlangan. Oʻrta asrlardan roman uslubidagi (Stichnadagi cherkov, 1136 — 56), gotika uslubidagi (Ptuydagi cherkov, 1260—70. PtuyskGora qishlogʻidagi cherkov, 15-asr boshi) ibodatxonalar qolgan. 15— 16-asrlar meʼmorligida Uygʻonish davri belgilari seziladi. 17—18-asrlarda barokko uslubi yoyildi, bu uslub cherkovlar (Lyublyanadagi avliyo Yakov cherkovi, 1613— 15; Ursulin cherkovi, 1718—26), ratushalar, favvoralar (Lyublyanadagi F. Robba favvorasi, 1751) va sh.k.lar qurilishida namoyon boʻldi. 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida Y. Plechnik, I. Vurnik, V. Shubits kabi meʼmorlar ijodida milliy anʼanalar va qad. meʼmoriy uslublar bilan bir katorda "modern" uslubidan ham foydalanildi. 1945 -yildan keyin erkin rejali yangi shaharlar, sanoat rayonlari, koʻp qavatli turar joy majmualari, jamoat markazlari, Koper, Piran va boshqa kurortshaharlar, sayyohlik maskanlari kurila boshladi. Dengiz boʻylarida devorlari toshdan tiklanib, tomi cherepitsa bilan yopilgan, sharqiy va togʻ oldi joylarida yogʻoch va guvaladan tiklanib, tomi poxol va taxtachalar bilan yopilgan uylar koʻproq uchraydi.
 
S. hududida paleolit davriga mansub suyakdan yasalgan buyumlar, neolit davriga oid chorpoya ustiga kurilgan binolarning krldiklari, jimjimador naqshlangan sopol idishlar topilgan. Jez davridan jez haykalchalar, naqshin shamshir va boshqa saqlangan. 9—12-asrlar slavyan kabrlaridagi kumush zargarlik buyumlari oʻyma naqsh bilan ziynatlangan. 12— 13-asrlarda cherkovlar tosh oʻymakorligi va burtma gullar bilan bezatilgan. 14-asrda yogʻoch haykaltaroshligi paydo boʻldi (Solchavdagi "Bibi Maryam" cherkovi). 16-asrda portret va dunyoviy rang-tasvir sanʼati rivojlandi, cherkov devorlariga rayem solish urf boʻldi. Metall, yogʻoch va sopol buyumlar yasashga kirishildi. 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida F. Kovchich rasmlari, L. Yansha manzaralari, I. Tomins portretlari mashhur boʻldi. 20-asr rassomlaridan F. Tratnik, G. Kos, F. Mixelich, haykaltaroshlaridan F. Berneker, L. Dolinar ijodi diqqatga sazovor. Amaliy bezak sanʼati turlari rivojlangan.
 
== Musiqasi ==
Koʻpgina xalq kuylariga nemisavstriya hamda venger xalq musiqa anʼanalarining yaqinligi xos. S.da mavsum, marosim (koledalar), tarixiy, qahramonlik, sevgi, hazil qoʻshiqlari mavjud. Koʻp ovozli kuylash keng tarqalgan. Xalq cholgʻu asboblardan lab garmonikasi, skripka, klarnet va boshqa mavjud. Professional musika sanʼati monastirlarda (12-asrdan) hamda cherkovlar huzuridagi ashula maktablari (13-asrdan)da rivoj topdi. Ilk kompozitorlar orasida Ya. Gallus (diniy va dunyoviy koʻp ovozli asarlar yaratgan) alohida ajralib turadi. 17-asr kompozitorlaridan vokal va cholgʻu asarlar mualliflari G. Plavets (Plauts), Ya. B. Dolar, I. Posh (Poxius) barakali ijod qildilar. 18-asrda Lyublyanada Filarmoniya akademiyasi tashkil etildi. Ya. Zupan, Ya. Novak dastlabki operalarni yozdilar. 1892 -yil Lyublyanada S. teatri ochildi, 1919 -yil konservatoriya (1939 -yildan Musika akademiyasi), 1934 y.-yil Musika tarixi instituti, 1939 -yilda filarmoniya ish boshladi. 20-asrning 2-yarmida S. radio va televideniyesi huzurida xor va estrada orkestri, Lyublyana universiteti huzurida musiqashunoslik instituti tashkil etildi. Zamonaviy kompozitorlardan D. Shvara, P. Ramovsh, I, Petrich; dirijyorlardan S. Xubad, D. Jebre, sozandalardan D. Tomishich, M. Lipovshesh, I. Ozim, xonandalardan L. Koroshech, V. Bukovetslar mashhur.
 
== Teatri ==
17-asrda nemis va lotin tillarida dastlabki tomoshalar — "maktab dramasi" va diniy mavzudagi dramalar koʻrsatila boshlagan, sung dunyoviy teatrlar ham paydo bulgan. 1765 -yil Lyublyanada doimiy ishlaydigan Tabaka teatri ochilib, unda nemis tilida A. Iffland, A. Kotsebu, 19-asrdan F. Shiller va boshqa mualliflarning pyesalari kursatilgan. 1789 -yil birinchi sloven pyesasi — A. Linhartning "Mitska — jupan qizi" pyesasi sahnalashtirildi. 1867 -yil tashkil etilgan Teatr jamiyati, asosan, sloven dramaturglarining asarlarini kursata boshladi. 1va 2-jahon urushlari urtasidagi davrda Sloven milliy teatr truppasi kaytadan tashkil etildi, 20-asrning 2-yarmida yangi teatrlar barpo etildi. Lyublyanada Eksperimental (1956 -yildan), bolalar teatrlari, qugʻirchoq teatr, Teatr sanʼati akademiyasi, Sloven teatr muzeyi ishlaydi.
 
== Oʻzbekiston — Sloveniya munosabatlari ==