Sudan: Versiyalar orasidagi farq

Oʻzgarish mavjud emas ,  8 oy oldin
k
Bot v1: Tuzatmalar
Teglar: Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
k (Bot v1: Tuzatmalar)
 
== Davlat tuzumi ==
S — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1998 -yil 30 iyunda kabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1993 -yildan Umar Hasan Ahmad alBashir), u toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni Milliy assambleya (parlament), ijrochi hokimiyatni prezident tayinlaydigan hukumat amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
 
== Tarixi ==
S. hududida tosh davridan odam yashay boshlagan. Mamlakatning katta qismi (qadimda Kush mamlakati, 7-asrdan Nubiya) da qad. misrliklarga yaqin boʻlgan somxom va kushit qabilalari istiqomat kilganligi maʼlum. Mil. av. 2ming y.likda janubidan kelgan negroid qabilalar ularga qoʻshilib ketgan. Mil. av. 16— 12-asrlarda S. Misrga tobe boʻlgan. Mil. 6-asrda xristianlik tarqala boshladi. 7-asrga kelib, S.da Aloa, Mukurra va Nobatiya xristian davlatlari paydo boʻldi. 7-asr oʻrtalaridan arablar kirib kela boshladi. Natijada mamlakat shimoliy va gʻarbiy hududlarida islom dini va arab madaniyati tarqaldi. 14-asr oxiri — 16-asr boshlarida musulmon davlatlari (Darfur, Sennar sultonliklari va boshqalar) vujudga keldi. 1820—22 yillarda S.ning katta qismini Misr hukmdori Muhammad Ali bosib oddi. S. garchi Usmonli turk imperiyasi tarkibiga rasman qoʻshilgan boʻlsada, amalda Misr mulkiga aylandi. 19-asrning 60y.lari oxiri — 70 yillarboshlaridan S.da Buyuk Britaniya taʼsiri kuchaya boshladi. Ingliz mustamlakachilarining shafqatsiz zulmiga qarshi xalq ommasi koʻp marta qoʻzgʻolon koʻtardi (qarang [[Mahdiychilar qoʻzgʻoloni]]). 1899 -yil inglizlar S.ni Buyuk Britaniya bilan Misrning mushtarak mulki (kondominium) deb eʼlon qiladigan bitimni Misrga majburan imzolatdi. S. rasman AngliyaMisr Sudani deb atala boshladi. S. amalda Angliyaning mustamlakasiga aylanib, uning asosiy paxta bazasi boʻlib qoldi. Sharqsa milliy ozodlik kurashi yuksalgan sharoitda S.da dastlabki siyosiy tashkilotlar tuzildi. Ikkinchi jahon urushi vaqtida S. harbiy qismlari Eritreya, Misr, Liviya, Tunisda fashist davlatlari qoʻshinlariga qarshi jangovar harakatlarda qatnashdi. Urushdan keyin mamlakatda milliy ozodlik harakati kuchaydi. 1955 -yil noyabrda ingliz va Misr qoʻshinlari Sdan olib ketiddi. 1956 -yil 1 yanvarda S. mustaqil davlat deb zlon qilindi. 1958—64 yillarda Sda diktatorlik rejimi oʻrnatildi. 1969 -yil davlat toʻntarishi natijasida hokimiyatni J. Nimeyri boshliq harbiylar qoʻlga oddi. 1972 -yil S janubi muxtoriyat maqomini olgach, 17 yillik fuqarolar urushiga chek qoʻyildi. 1980 -yildan, ayniqsa, islom qonunchiligi butun mamlakatga joriy etilganidan (1983) keyin, janubida yana fuqarolar urushi boshlandi. 1985 -yilda Nimeyri rejimi agʻdarib tashlandi va 1986 -yilda S alMaxdi boshchiligida koalitsion hukumat tuzildi, siyosiy partiyalar tarqatib yuborildi. 1989 -yil harbiy toʻntarish sodir boʻlib, Milliy najot inqilobiy qoʻmondonligi Kengashi oliy qonun chiqaruvchi va ijrochi organ boʻlib oldi, u 1993 -yil Umar Hasan Ahmad alBashirni mamlakat prezidenta etib tayinladi va oʻzini oʻzi tarqatib yubordi. 1999 -yil 1 yanvardan siyosiy partiyalar faoliyatiga ruxsat berildi. 2000 -yil 13—22 dekabrda prezident va parlament saylovlari oʻtkazildi. U.H.A. alBashir yana S. prezidenti etib saylandi. S. 1956 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 1 yanvar — Mustaqillik kuni (1956). Oʻzbekiston Respublikasi suverenitetini 1991 -yil 30 dekabrda tan olgan.
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
AlUmma ("Millat") partiyasi, 1945 -yil asos solingan; Birlashgan demokratik partiya, 1967 -yil tuzilgan; Milliy kongress partiyasi, 1999 -yil tashkil etilgan. S. ishchi kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1950 -yil asos solingan, Xalqaro arab kasaba uyushmalari konfederatsiyasi va Afrika kasaba uyushma birligi tashkilotiga kiradi.
 
== Iqtisodiyoti ==
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
19-asrgacha S. shimolida 2—3 yillik musulmon maktablari boʻlgan. Mustamlakachilar kelgach, ingliz taʼlim tizimi namunasidagi 4 y.lik boshlangʻich, 4 y.lik oraliq, 4 y.lik oʻrta maktablar tuzila boshladi. 1970 -yil maktab tizimi isloh. qilinib, 7—13 yoshdagi bolalar uchun 6 yillik boshlangich, 6 yillik oʻrta (3 yillik toʻliqsiz va 3 yillik toʻliq) maktab joriy etildi. Qizlar maktabida uyroʻzgʻor va tikuvchilik ham oʻrgatiladi. Boshlangʻich sinf oʻqituvchilari ped. oʻquv yurtida, toʻliqsiz oʻrta maktab oʻqituvchilari ped. markazlarida 2 yil davomida tayyorlanadi. Hunartexnika taʼlimi boshlangʻich va toʻliqsiz maktab negizida 4 y. davomida olib boriladi. Hartum universiteti, Qohira universitetining Hartum filiali, Omdurmandagi islom instituti, Juba universiteti, VodiyMadonidagi Gezira universiteti kabi oliy oʻquv yurtlari, shuningdek, 2—3 yil davomida oʻrta maxsus taʼlim darajasida maʼlumot beradigan bir kancha institut va kollejlar (Hartum politexnika instituti, tibbiyot kolleji va boshqalar) ham bor. Hartum universitetining kutubxonasi, Omdurmandagi Ommaviy kutubxona, Hartumda Milliy muzey, Etn. muzeyi, Tabiat tarixi muzeyi, Meroeda Muzeyqoʻriqxona mavjud. Ilmiy tadqiqotlar universitetlarning laboratoriyalarida, Afrika va Osiyo institutida, Hartumdagi sanoat tadqiqotlari institutida, bir qancha vazirliklarga qarashli ilmiy muassasalarda olib boriladi.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
S.da bir kancha gaz. va jurnali nashr etiladi. Yiriklari: "AlAyyom" ("Kunlar", arab tilida chiqadigan kundalik gazeta, 1953 -yildan), "AlQuvvat alMusallaxa" ("Qurolli kuch lar", kundalik gazeta, 1969 -yildan), "Assahafa" ("Matbuot", arab tilida chikadigan kundalik gazeta, 1962 -yildan), "Sudan standard" ("Sudan bayrogʻi", ingliz tilida haftasiga 2 marta chikadigan gazeta, 1973 -yildan), "Sudan nush" ("Bugungi Sudan", ingliz tilida chiqadigan oylik jurnali, 1976 -yillan). S. axborot agentligi (SUNA) hukumat axborot mahkamasi, 1970 -yil asos solingan. Davlat Milliy radioeshittirish va telekoʻrsatuv korporatsiyasi mavjud.
 
== Adabiyoti ==
 
== Meʼmorligi va tasviriy sanʼati ==
Ilk neolit davri (mil. av. 7ming y.lik oxiri — 4ming y.lik boshlari)ga oid loydan ishlangan hayvon qaykalchalari, sopol idishlar, qoyaga ishlangan suratlar topilgan. Mil. av. 2ming y.likda S. sanʼati Qad. Misr madaniyati oʻzanvda rivojlangan. Mil. av. 1ming yillik oxiridan moddiy madaniyatda oʻziga xos belgilar paydo boʻla boshlagan. Mil. av. 22—18-asrlarda xom gʻishtdan toʻgʻri burchakli kulbalar, zodagonlar uchun koʻp xonali uylar (Areykada), ibodatxonalar (Sulba va Kavada), istehkomlar (Semna, Kummada), sagʻanalar barpo etilgan. S.da xristianlik tarqalishi bilan (mil. 6-asrning 2-yarmi) meʼmoriy uslubi va devoriy rasmlari kopt sanʼatiga yaqin boʻlgan cherkovlar qurila boshladi. 15—16-asrlarda Gʻarbiy S. meʼmorligining Sharqiy Afrika oʻrta asr tosh meʼmorligiga oʻxshash jihatlari koʻp boʻlgan. 19—20-asrlarda Qizil dengiz boʻylarida marjon ohaktoshlaridan tiklangan uylar, S. janubidagi negroid qabilalarida loy va shoxshabbadan toʻqima qilib yasalgan, tomi oʻt va poxol bilan yopilgan kulbalar aholining asosiy turar joyi boʻlgan. 20-asr oʻrtalarigacha zamonaviy imoratlar faqat Hartum, PortSudan, Atbara va boshqa yirik shaharlarda qurildi. 1956 -yildan sanoat va turar joy binolarini loyiha asosida keng koʻlamda barpo etish, shaharsozlikni tartibga solish ishlari olib boriddi, jahon meʼmorligi tajribasidan foydalanishga harakat qilindi.
 
20-asr oʻrtalaridan tasviriy sanʼatda dastgoh rassomligi milliy maktabi vujudga keldi, unda mahalliy bezak va yevropacha anʼanalarni birga qoʻshish odat tusiga kirgan. Keyingi yillarda M. Kua, A. Hamid kabi haykaltaroshlar, X. Abbos, M. O. Bashir kabi rassomlar, A. A. Borxan kabi grafika ustalari yetishib chikdi. S. tasviriy va amaliy sanʼatida yogʻoch va loydan haykalchalar yasash keng tarqalgan. Shimoliy S. arablari orasida kandakorlik, teridan turli anjomlar yasash, janubiy xalqdarida pichoqchilik, badiiy toʻqimachilik anʼanaviy mashgʻulot hisoblanadi.
 
== Teatri ==
S. teatr sanʼati arab madaniyati ruxida. 1936 -yil Teatr jamiyati tashkil etilib, u avval maktablarda ish olib bordi. 1940 -yildan ommaviy spektakllar namoyish eta boshladi. 1950 -yil jamiyat negizida drama va musiqa truppalari arab tilida spektakllar qoʻiishga kirishdi. 1961 -yil Zamonaviy S. teatri, Hartum truppasi va xalq raqs ansambllari ishladi. Yosh sanʼatkorlar Misr va Italiya badiiy maktablarida taʼlim oladilar.
 
== Kinosi ==
1968 -yil oʻquv va voqeiy filmlar ishlab chiqaradigan kino boshkarmasi tashkil etildi. 1960—70 yillarda toʻla metrajli "Umid va orzular" (rejissyor arRashid Mavdi), "Avlodlar kurashi", "Akauka mojarosi" (rejissyor A. Hoshim), "Afrika, inqilob bongi" (rejissyor Sulaymon) badiiy filmlari yaratildi. Filmlarni kinoprokat va import qilish bilan xususiy firmalar shugʻullanadi.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
271 940

ta tahrir