Liberiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 4:
 
== Davlat tuzumi ==
Liberiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1986 -yil kabul qilingan. Davlat va hukumat boshligʻi — prezident (1997 -yil 2 avgustdan Ch. Teylor). U umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 6 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyat — parlament 2 palatadan iborat: vakillar palatasi va senat.
 
== Tabiati ==
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Liberiya xalqining qad. tarixi kam oʻrganilgan. 15-asrning 2-yarmidan hozirgi Liberiyaning sohil qismida yevropaliklar (portugallar, gollandlar, inglizlar, fransuzlar) paydo boʻla boshladi. 1821 -yil AQShdan kelgan bir guruh sobiq qul negrlar mahalliy qabila boshliklaridan Mesurado burunini sotib oldilar. Bu yerda AQSH prezidenti J. Monro sharafiga Monroviya nomi bilan manzilgoh barpo qilindi. Keyinchalik bir qator aholi yashaydigan hudud Liberiya nomini oldi. 1834—36 yillarda Merilend, Bassa-Kov, Grinvill kabi shaharchalar paydo boʻldi. 1839 -yil 1 aprelda mazkur manzilgohlarning (Merilend bundan istisno, u 1857 -yil Liberiya respublikasiga qoʻshildi) barchasini federatsiya asosida birlashtiruvchi Liberiya Hamdoʻstligi tuzshtdi. 1847 -yil 26 iyulda Liberiya respublika deb eʼlon qilindi. Oʻzlarini amerikalik liberiylar deb atagan muhojirlar davlat idoralarida va iqtisodiyotda hukmron mavqeni egalladilar. Lekin mamlakat iqtisodiyoti deyarli chet elliklar taʼsirida edi. 1918 -yil boshlarida Liberiya Birinchi jahon urushi (1914—18) da Antanta tomonida qatnashdi.
 
Ikkinchi jahon urushi (1939—45) yillarida Liberiya 1944 -yilda fashizmga qarshi koalitsiyaga qoʻshildi. Urushdan keyin Liberiya hukumati mamlakatdagi tub aholi bilan amerikaliklarning avlodlari oʻrtasidagi tengsizlikni tugatish maqsadida "birlashish siyosati", shuningdek, mamlakatda yagona xalq — liberiylar yashashligini eʼlon qildi. 1945 -yil tub aholi erkaklariga saylash va davlat muassasalarida ishlash huquqi berildi. 1980 -yilda S Dou boshchiligidagi askar va kichik zobitlar davlat toʻntarishi uyushtirdilar. Hokimiyat Xalq najot kengashi qoʻliga oʻtdi. 1989 -yilda Milliy vatanparvar jabhasi Charlz Teylor boshchiligida prezident S. Douning isteʼfoga chiqishini talab qilib, qurolli kurash boshladi. 1990 -yil 2 sentabrda "Liberiya kelajagiga bagʻishlangan milliy anjuman"da muvaqqat hukumat tuzildi va prezident S. Dou agʻdarib tashlandi. 1993 -yil iyulda mamlakatdagi uch siyosiy kuch oʻt ochishni toʻxtatish haqidagi bi-timni imzoladi. Saylovgacha oliy hokimiyatni boshqaruvchi Davlat kengashi tuzildi. Lekin belgilangan mud-datda mojarolarni tinch yoʻl bilan hal qilishga erishilmadi. 1995 -yil 19 avgustda bir-biriga qarshi boʻlgan 5 guruh yetak-chilari mojarolarni tinch yoʻl bilan hal etish toʻgʻrisidagi yangi bitimni im-zoladilar. Oʻtish davri uchun yana hoki-miyatning oliy organi — Davlat kengashi tuzildi va u umumiy demokratik saylov oʻtkazishga tayyorgarlikni boshladi. 1997 -yil 19 iyulda oʻtkazilgan say-lovda mamlakat prezidenta va parlamenta saylandi. Liberiya — 1945 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayrami — 26 iyul— Mustaqillik kuni (1847).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Milliy vatanparvar partiya, Liberiya milliy-demokrat partiyasi, Umumliberiya koalitsiyasi partiyasi — uchchalasi 1996 -yilda tuzilgan, Birlik partiyasi, 1997 -yilda asos solingan. Liberiya kasaba uyushmalari federatsiyasi, 1980 -yilda tuzilgan.
 
== Iqtisodiyoti ==
Qator 36:
 
== Maorifi va ilmiy muassasalari ==
Liberiyada amerikacha oʻqish tartibi joriy etilgan, oʻqish ingliz tilida olib boriladi. 4—6 yoshdagi bolalar bogʻchalarda tarbiyalanadi. Boshlangʻich maktabda oʻqish muddati 6 yil, oʻrta maktabda 6 yil Rasman 6 yoshdan 16 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun majburiy taʼlim joriy qilingan. Davlat maktablarida oʻqish bepul, oliy oʻquv yurtlarida pulli. Oliy oʻquv yurtlari: Monroviyadagi davlat universiteti (1862, 1951 -yildan universitet), Kattington universitet kolleji (1889), Texnologiya kolleji (1978). Ilmiy muassasalari: Suakokodagi markaziy tajriba stansiyasi (1946), Harbeldagi tropik tibbiyot instituti, geogr. va qora metallurgiya jamiyati va boshqa Liberiya davlat universitetining kutubxonasi, Monroviyada hukumat ku-tubxonasi, Milliy va Afrika muzeylari bor.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Liberiyada bir qancha gaz. va jurnal nashr etiladi. Yiriklari: "Deyli observer ("Kundalik kuzatuvchi", ingliz tilidagi kundalik gaz., 1981 -yildan), "Gerald" ("Xabarchi", ingliz tilidagi gaz., 1987 -yildan), "Sandi pipl" ("Yakshanbada xalq", ingliz tilidagi gaz.,), "Sandi ekspress" ("Yakshanba ek-spressi", ingliz tilidagi gaz.,) "Laybirian star" ("Liberiya yulduzi", ingliz tilidagi haftalik jurnal, 1954 -yildan). Liberiya axborot agentligi 1978 -yilda tuzilgan. Liberiya radioeshittirish tizimi hukumat radioeshittirish va telekoʻrsatuvlar xizmati boʻlib, 1960 -yil tashkil etilgan.
 
== Adabiyoti ==
Kru, vai, malinke va boshqa xalqlar, ingliz tilida soʻzlaydigan amerikalik negrlarning avlodlari folklor (ertak, afsona, masal, maqol va boshqalar)ga boy. 1957 -yil nashr etilgan "Grebo qabilasining tarixiy afsonalari va folklori" kitobida uning ayrim namunalari berilgan. 19-asrning 30-yillarida M.D.Bukre vai xalqi tilida shu xalqning ilk tarixini yezdi. Zamonaviy adabiyot ingliz tilida rav-naq topdi. Adabiy kuchlar Yozuvchilar jamiyati atrofiga toʻplanishgan. Bayti Mur ("Yulduz changi" sheʼrlar toʻplamining muallifi), Liberiya universitetining professor R. T. Dempster (Liberiya adabiyoti antologiyasini tuzgan), yozuvchi Doris Benks Xenris, shuningdek, Edip Brayt ("Kundalik" pyesasining muallifi) Liberiyaning mashhur adiblari hisoblanadi. Liberiya adiblarining eng yaxshi asarlari mustamlakachilarni krralaydi, vatanga muhabbat tuygʻularini tarannum etadi.
 
== Meʼmorligi va xalq sanʼati ==
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
Liberiya xalqlarining musiqa sanʼati folklordan iborat. Nikoh, mehnat qoʻshiqlari, alla, marsiya kabi qoʻshiq turlari bor. Urma cholgʻular, torli-chertma sozlar keng tarqalgan. Musiqa asboblari orasida sansa (Afrika pianinosi), naysimon, trubasimon sozlar ham bor. 1963 -yil Liberiya drama va madaniyat jamiyati tuzilgan. Mazkur jamiyat qoshida xonanda va sozandalar guruhi tashkil etilgan. Jamiyatning Kenema qishlogʻidagi maktabida boʻlajak artist va musiqachilar taʼlim oladi. "Kizga oʻrmondan muhabbat keldi" xalq musiqali dramasi shuhrat qozondi.
 
== Kinosi ==
1959 -yilda yaratilgan "Liberiya — istiqbol mamlakati" nomli hujjatli kinolenta Liberiyaning birinchi filmidir. Shundan keyin "Umid qishlogʻi", "Oʻrmon boyligi", "Taqdir yillari" hujjatli filmlari yaratildi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->