Kimyoviy elementlar davriy sistemasi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 185.139.137.54 tahrirlari 213.230.112.248 versiyasiga qaytarildi Teg: Eski holiga qaytarish |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 6:
Mendeleyevgacha ham kimyoviy elementlarni sistemaga solishga urinib koʻrilgan (fransuz kimyogari J. Dyuma, nemis kimyogarlari I. Dyobereyner, L. Meyer, ingliz kimyogari U. Odling, amerikalik olim J. Nyulends va boshqalar).
J. Nyulends 1863
Elementlarning xossalari kuyidagi tartibda oʻzgaradi (jadvalga k,.). Faol [[ishqoriy metall]] — [[litiy]]dan soʻng faolligi kamrok, [[metall]] — [[berilliy]], undan keyin kuchsiz [[metalloid]]lik xossalarga va metallarning baʼzi xossalariga ega boʻlgan [[bor]] turadi. Qatorda bordan keyin 4 valentli metalloid — uglerod, soʻng metalloidlik xossalari yanada ravshanroq ifodalangan azot, yaqqol metalloid — kislorod va niho-yat eng faol metalloid, yettinchi element — ftor keladi. Yuqorida aytib oʻtilgan 7 ta element xossalarining qisqacha taʼrifidan koʻrinadiki, litiyda ifodalangan metallik xossalari bir elementdan ikkinchisiga utishi bilan asta-sekin zaiflashib, metalloidlik xossalari kuchayib boradi va ftorda eng yuqori darajaga yetadi. Shu bilan birga atom massasilari ortib borgan sari elementlarning kislorodga nisbatan valentligi litiyda birdan boshlab, undan keyingi har qaysi elementda muntazam suratda bittadan ortib boradi. [[Ftor]]dan keyin keladigan element — neon boshqa elementlar bilan birikmaydigan inert gazdir.
Qator 12:
[[Neon]]dan soʻng (keyingi qatorda) litiyga oʻxshash bir valentli metall — [[natriy]] keladi. [[Natriy]]dan keyin elementlar xossalarining oʻzgarib borishi tartibga qarab joylashadi, yaʼni yuqoridagi holat takrorlanadi. Darhaqiqat natriydan soʻng berilliy analogi boʻlgan magniy keladi; undan keyin alyuminiy turadi. [[Alyuminiy]], garchi bor kabi metalloid boʻlmay, balki metall boʻlsa ham, u baʼzida metalloidlik xossalarini namoyon qiladigan elementdir. Alyuminiydan keyin koʻp jihatdan uglerodga oʻxshash toʻrt valentli metalloid — kremniy, undan soʻng kimyoviy xossalariga koʻra, azotga oʻxshash besh valentli fosfor, soʻngra metalloidlik xossalari kuchli ifodalangan element — oltingugurt undan keyin juda faol metalloid boʻlgan xlor, va, nihoyat, yana inert gaz — argon keladi. Maʼlum sondagi elementlardan keyin, goʻyo orqaga, dastlabki nuqtaga qaytish yuz beradi; shundan keyin, maʼlum darajada, undan oldingi elementlarning xossalari xuddi oʻsha tartibda, ammo sifat jihatidan farq qilgan holda takrorlanadi.
[[1869]] yilda Mendeleyev davriy sistemaning birinchi variantini tuzdi. Bu sistemada u barcha elementlarni davrlarga boʻldi (u paytda 63 element maʼlum boʻlib, ular 19 ta gorizontal va 6 ta vertikal qatorga joylashtirilgan edi) va xossalari bir-biriga oʻxshagan, hosil qiladigan birikmalari oʻxshash boʻlgan elementlarni bir-birining ostiga tushadigan qilib, bu davrlarni birining ostiga ikkinchisini joylashtirish yoʻli bilan jadval tuzdi. Mendeleyev oʻsha vaqtda hali maʼlum boʻlmagan elementlar uchun bush joy qoldirdi va uch elementning (u bu elementlarni ekabariy, ekaalyuminiy, ekasitsiliy deb atadi) mavjudligini aytibgina qolmasdan, balki ularning xossalarini ham oldindan aytib berdi. Bu elementlar (galliy, skandiy, germaniy) keyinchalik kashf qilindi. Ularning xossalari Mendeleyev ba-shorat kilganiday boʻlib chiqdi. Bu variant uzun davrli variant hisoblanadi. 1871
Ayni vaqtda davriy sistemaning 500 dan ortiq varianti chop etilgan. Ulardan eng keng tarqalgan shakllari quyidagilardir: 1) Mendeleyev taklif etgan davriy sistemaning kiska varianti (shu jadval keltirildi). 2) Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning shveysariyalik kimyogar A. Verner tomonidan 1905
Soʻnggi yillarda koʻrinishi va amaliy jihatdan qulayligi sababli Kimyoviy elementlar davriy sistemasis.ning qisqa va uzun variantilari keng kullanadi.
Maʼlum boʻlgan 109 ta element (110-elementning sintez qilinganligi haqida maʼlumotlar bor, 104—109 elementlar IUPAC tomonidan hali tasdiqlanmagan) atom massasilarning ortib borishi tartibida vertikal va gorizontal katorlarda joylashtirilgan. Vertikal qatorlar guruhlar deb nomlangan. Jadvalda I—VIII va 0 guruh mavjud. I—VII guruhlarning har biri ikki — asosiy va qoʻshimcha guruhchadan iborat. Har qaysi guruhcha va guruh (VIII, 0)da joylashgan elementlar bir-biriga oʻxshaydi, mas, 1 guruhning asosiy guruhchasida ishqoriy metallar, II guruhning asosiy guruhchasida — ishqoriy-yer metallar va VII guruhning asosiy guruhchasida — galogenlar va nolinchi guruhchadagi inert gazlar. Bir guruhda, asosiy yoki qoʻshimcha guruhchada joylashgan elementlarning xossalari bir-biriga uxshaydi, ammo baʼzi xossalari farq qiladi. Gorizontal qatorlar davrlar deb ataladi. Birinchi 3ta (kichik) davrning har birida 2 ta, 8 ta va 8 ta element bor. 4, 5 va 6 (katta) davrlarda 18 ta, 18 ta va 32 ta element mavjud. 7 davrda 23 ta element boʻlib, u hali tugallanmagan. 1940
Mac, davrlar boshidagi elementlar asosli oksidlar va shularga toʻgʻri keladigan gidroksidlar (asoslar) hosil qiladi. Tartib raqamining ortib borishiga qarab gidroksidning asos tavsifi amfoter, soʻng kislota tavsifi bilan almashadi. Guruhchalarda elementlar gidroksidlarining tavsifi yuqoridan pastga tomon kuchayib, kislota tavsifi zaiflashib boradi. Kimyoviy elementlar davriy sistemasis. ki-myoviy elementlar va birikmalarning fizikkimyoviy xossalarini oʻrganishda, bu xossalar orasidagi qonuniyatlarni ochishda, yadroviy reaksiyalarni oʻtkazishda hamda radioaktiv izotoplarni sintez qilish sohasidagi tadqiqotlarda qisqa va aniq ilmiy asos boʻlib xizmat qiladi<ref>Sayfullo Hamroyev, Rustam Maʼrupov. [[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
|