Natriy: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Natriy''' (arab, natrun, yun. nitron — tabiiy soda; lot. natrium), Na — [[Mendeleyev davriy sistemasi]]ning 1 guruhiga mansub kimyoviy element. Ishkr-riy metall. Tartib rakami 11, atom massasi 22,9898. Bitta tabiiy izotopi 23Na bor. Sunʼiy radioaktiv izotoplaridan 23Na va 24Na muhim. Natriyning tabiiy birikmalari — osh tuzi NaCl, soda Na2CO3 qadimdan maʼlum. Metall holidagi Natriyni 1807 -yilda ingliz olimi Natriy Devi oʻyuvchi natriyni elektrolizlab ajratib olgan. Massa jihatdan Yer poʻstining 2,64% ini tashkil qiladi. Quyosh atmosferasi va yulduzlararo fazoda Natriy borligi aniqlangan. Dengiz suvida 1,5-1016 t Natriy bor. Natriy tabiatda faqat bi-rikma (tuzlar) holida uchraydi. Ulardan eng muhimlari: natriy xlorid, yaʼni osh tuzi (tosh tuz, galit) NaCl, natriy sulfat (mirabilit, glauber tuzi) Na2SO410H2O, natriy nitrat (chili selitrasi) NaNO3, natriy sulfat (tenardit) Na2SO4, trona NaH(CO3)2, natriy alyuminiy geksaftorid (kriolit) 3NaF-AlF3, natriy tetraborat (bura — tinkal) №2V4O710N2Ovab. Bundan tashqari, Natriy Sa, Sr, Ba, Mg, A1 va nodirer elementlari bilan birgalikda koʻpgina tabiiy silikatlar tarkibiga kiradi. Natriy oʻsimliklar (boʻyimodaron, dengiz oʻti) tarkibida ham bor. Odam va hayvonlar organizmida birikmalar holida boʻladi. Mac, Natriy ionlari odam qoni plazmasida 0,320%, suyakda 0,6%, muskul toʻqimasida 0,6—1,5% ni tashkil kiladi. Organizmda sarf qilingan Natriy oʻrnini toʻldirish uchun kishi sutkasiga 4—5 g osh tuzi isteʼmol qilishi lozim. Natriy konlari yer yuzida keng tarqalgan. Oʻzbekistonda Surxondaryo viloyatida va Qoraqalpogʻistonda katta osh tuzi konlari bor.
 
Natriy — kumush kabi oq, yumshoq metall; pichoq bilan oson kesiladi. Zichligi 0,968 g/sm³ (20° da), suyuqlanish temperaturasi 97,83°, qaynash temperaturasi 882,9°. Kimyoviy jihatdan juda faol. Havoda oson oksidlanadi. Suv bilan shiddatli reaksiyaga kirishib (reaksiya baʼzan portlash bilan boradi), natriy gidroksid NaOH va N2 hosil qiladi. Vodorod, kislorod, galogenlar, oltingugurt, uglerod va boshqa bilan reaksiyaga kirisha oladi. Natriy suyuq ammiakda yaxshi eriydi. Koʻpgina metallar bilan qotishmalar beradi.