Makka: Versiyalar orasidagi farq

Oʻzgarish mavjud emas ,  9 oy oldin
k
Bot v1: Tuzatmalar
k (213.230.83.132 tahrirlari Aybeg versiyasiga qaytarildi)
Teglar: Eski holiga qaytarish Mobil tahrirlash Mobil dastur orqali tahrirlash
k (Bot v1: Tuzatmalar)
M. qad. shahar, asos solingan yili nomaʼlum. Dastlab Zamzam bulogʻi atrofida aholi turar joylari paydo boʻlgan. M. ilk bor Ptolemey asarlarida Makoraba deb qayd etilgan. Miloddan avvalgi 2—1ming yilliklarda M. arab qabilalari uchun muqaddas joy hisoblangan. Islom paydo boʻlishidan avval Sharq bilan Oʻrta dengiz boʻyi davlatlari oʻrtasidagi savdoda muhim oʻrin tutgan. Milodiy 5-asr oʻrtalarida M. quraysh qabilasi qoʻliga oʻtdi. Shu davrda quraysh qabilasining boshligʻi Zayd bin Kilob (Qusay laqabi bilan mashhur) Kaʼba atrofidagi yerlarni oʻz qabiladoshlariga boʻlib berdi. Qusay va uning avlodlari oʻtkazgan islohotlar natijasida M. tez suratlar bilan oʻsdi, bozorlar koʻpayib, ziyoratchilar uchun yangi quduklar qazildi. 6-asr oxiri — 7-asr boshida shahar Arabiston ya.o.ning faqat savdo va diniy emas, balki siyosiy markaziga ham aylandi. Shunday vaziyatda M.da yakkaxudolik (tavhid)ga asoslangan islom dinining targʻiboti boshlandi. M.da Muhammad tugʻilgan, 7-asrdan musulmonlarning muqaddas shahri va ziyoratgohi.
 
610 yil Muhammad M. yaqinidagi Hiro togʻida oʻziga birinchi bor vahiy, yaʼni Qurʼon oyatikarimalari nozil boʻlganini eʼlon qildi. 622 yilda musulmon jamoasi M. bilan raqobatlashib kelgan Yasrib (Madina) shahriga koʻchib oʻtdi (qarang [[Hijra]]). 630 yilda shahar musulmonlar qoʻl ostiga oʻtdi va M.ga haj qilish islomning 5 arkonidan biriga aylandi. Umaviylar davrida (661—750) shahar qiyofasi keskin oʻzgardi: koʻp qavatli qasr, saroylar paydo boʻldi. Bagʻdod xalifaligi (750—1258) inqirozga uchragandan soʻng M. Fotimiylar, Ayyubiylar va mamluklar qoʻl ostiga, keyinchalik Usmonli turk saltanati to-beligiga (1517) oʻtdi. 1916 -yildan M. — Hijoz qirolligi poytaxti. 1924 -yil Ibn Saʼud qoʻshinlari M.ni ishgol etdi. 1932 -yildan Saudiya Arabistoni tarkibida.
 
M.dagi Al-Masjid alharom va Baytulloh alharom—Kaʼba musulmonlar uchun muqaddas ziyoratgoh.
'''Makka''' ({{lang-ar|مكّة المكرمة‎}} ''Makkah Al-Mukarramah'') — musulmonlarning muqaddas shahri. Saudiya Arabistonining gʻarbida, Qizil dengiz sohilidan 80 km uzoqlikda togʻlar orasida joylashgan bu shaharni arablar Umm ul-Qurro, Umm ul-Madoin, yaʼni shaharlar onasi deb yuritadilar. Qurʻonda „Bakka“ nomi bilan kelgan. U Hijozning maʼmuriy va savdo markazi, musulmonlar haj qiladigan — musulmonchilikning beshinchi ahkomi bajariladigan joy. Qurʻoni karim 114 surasining 86 tasi Makkada nozil boʻlgan. M.da Kaʼba bilan bosh masjid — Harom masjidi bor. Makka — Muhammadning vatanlari, arablarning qadimgi
ziyoratgohi. Musulmon rivoyatlariga koʻra, Makkada Odamato va [[Momohavo]] hamda [[Shis alayhis-salom|Shis]], [[Ibrohim alayhis-salom|Ibrohim]], [[Ismoil alayhis-salom|Ismoil]] va [[Hojar]] yashaganlar. Makka shahrigaga qachon asos solingani maʼlum emas.
[[Tasvir:mecca-1850.jpg|thumb|right|Makka 1850 -yil]]
[[Tasvir:Makkah-1910.jpg|thumb|Makka 1910 -yil]]
Ilk bor [[Zamzam bulogʻi]] tevaragida aholi yashash maskanlari paydo boʻlgani haqida
maʼlumot bor. [[Islom]]ga qadar Makka [[majusiy dini|majusiy]] [[arab qabilalari]]ning diniy hamda Sharq bilan [[Oʻrta dengiz]] boʻyidagi davlatlar oʻrtasidagi muhim savdo markazi boʻlgan. Islom vujudga kelishidan koʻp asrlar ilgari Makkadagi [[Kaʻba ibodatxonasi]] arab qabilalarining
man qilingani ustiga atrofdaga qabilalar uchun muqaddas hisoblangani tufayli qurayshlarning savdo bilan mashgʻul boʻlishiga toʻgʻri kelgan. Shahar aholisi asosan diniy marosimlar uchun zarur boʻlgan buyumlarni tayyorlagan va hajga kelganlarga xizmat qilgan. Muhammad Makkadan chiqib ketgach, [[Madina]]dagi yangi [[masjid]]ni [[Kaʻba]]ga qarshi qoʻya boshlaganlari yoʻq, aksincha, uni [[Kaʻba]] (qibla)ga toʻgʻrilaganlar. 630 yil musulmonlarning Makkani [[fath]] etishlari shaharning muqaddas markaz sifatidagi alohida mavqeini tiklabgina qolmay, uni yangi maqomga koʻtardi; haj qilish marosimida Kaʼbani tavof qilish bilan birga [[Arafot togʻi]]ga koʻtarilish ham qoʻshildi; Makkani ziyorat qilish islomning asosiy ruknlaridan biri hisoblanadi.
[[Umaviylar]] davrida Makka rivojlandi va qiyofasi butunlay oʻzgardi: bir qavatli imoratlar
oʻrnida koʻp qavatli uylar va qasrlar qad koʻtardi. Makka maʼmurlari suv yigʻiladigan inshootlar bunyod etdilar, osma quvurlar oʻtkazdilar, shahar atroflarida bogʻ-rogʻlar paydo boʻddi. [[Xalifalik]]ning hamma tomonidan kela boshlagan mablagʻlar, shuningdek, ziyoratchilardan tushgan daromad makkaliklarni imtiyozli musulmonlar guruhiga aylantirdi. Kaʼba 624 yil qibla deb eʼlon qilinganidan keyin Kaʼbaga tomon qarab ibodat qilina bopshagan.19-asr boshigacha Makkani [[Gʻarbiy Arabiston]]da hokimiyatni amalga oshirgan davlatlarning noiblari boshqarib kelganlar, lekin shaharning ichki hayotida koʻp narsalarni shariflar (Muhammad«» avlodlari) hal qilardi. Maʼlumki, [[Bagʻdod xalifaligi]] inqirozga uchraganidan soʻng Makka [[fotimiylar]], [[ayyubiylar]] va [[mamluklar]] qoʻl ostiga, keyinchalik — 1517 -yilda Usmonli turk saltanati tobeligiga oʻtdi. 1925 -yildan [[Saudiya Arabistoni]] tarkibida. [[Islom]] dini amal qilayotgan 14 asrdan ortiq vaqt davomida Makka gʻayridinlar uchun yopiq shahar hisoblanadi, ammo 18-asrdan eʼtiboran yevropalik ayrim tadqiqotchilar musulmon ziyoratchilari niqobida unga kira boshlaganlar. 20-asr boshigacha Makka [[abbosiylar]] davridagi hududga teng joyni egallab kelgan, doimiy aholisi 50 ming kishidan oshmagan. Hozirgi vaqtda Makkaning tub aholisi salkam 0,5 mln. kishini tashkil etadi, shahar avtomobil yoʻllari orqali tashqi dunyo bilan bogʻlangan.
 
== Manbalar ==
316 725

ta tahrir