Teatr: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 2:
[[Tasvir:Panorámica interior del Teatro Colón (cropped).jpg|thumb|Teatr]]
[[Tasvir:teatru.jpg|thumb|Salbiy va ijobiy hissiyotlarni ifoda etuvchi niqoblar - teatr ramzi.]]
'''Teatr''' ([[yunoncha]] ''θέατρον'' - "tomoshagoh") cheklangan joyda bir yoki bir necha [[aktyor]]lar ifoda etadigan [[tomosha]] orqali fikr beruvchi [[san’at]] [[janr]]idir. Ba’zan teatr tomoshalari o‘tkaziladiganoʻtkaziladigan binolarni ham ''teatr'' deb atashadi (aslida ularni ''teatr binosi'' deb atash o‘rinlioʻrinli).
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
Qator 17:
18-asr oxiri 19-asr boshlarida T.ning asosiy turlari saklanib, repertuar va ijro uslubida oʻziga xos xususiyatlar rivojlandi. Shaharlarda ijrochi sanʼatkorlarning kasabai sozanda (mextarlik) degan uyushmalarining faoliyati kuchaydi. Xorazmda "Xatarli oʻyin", "Toʻkma" tomoshalari keng yoyildi. Fargʻona vodiysi va Toshkentda qiziqchilik va askiya taraqqiy etdi. 19-asrning 2yarmida Qoʻqonda Zokir Eshon boshliq 30 ga yaqin qiziqchilar toʻdasi, Buxoroda Tula masxara boshliq 20 ga yaqin masxarabozlar toʻdasi shuxrat qozondi.
 
Keyinchalik oʻzbek madaniyatining ilgʻor namoyandalari (Furqat, Behbudiy, Avloniy va boshqalar) rus, tatar va ozarbaijon teatr truppalari tomoshalariga qiziqish bilan qarab, mahalliy ziyolilarni ulardan oʻrganishga chaqirdilar. Shu tarzda yangi milliy T. yaratish harakati yuzaga keddi. 1914 y.-yil Samarqand (15 yanvar) va Toshkent (27 fevral) da "Padarkush" dramasini sahnalashtirish bilan yangi oʻzbek teatri oʻz faoliyatini boshlaydi. Ayniqsa, A. Avloniy rahbarligida "Turon" T.ining 1915 y.-yil Oʻzbekiston shaharlariga kilgan ijodiy safarining ahamiyati katta boʻldi. 1916 y.-yil Hamza Qoʻqonda T. tuzdi. Birinketin Andijon (1919), Xiva (1922), Buxoro (1922)da T.lar tashkil qilindi. 1918 -yildan Mannon Uygʻur "Turon" teatri (hozirgi Oʻzbek milliy akademik drama teatri)ga rahbarlik qilib, uning professional teatrga aylanishida, repertuarini tuzish, ijro uslubini yaratishda muhim rol oʻynadi. T.ning birinchi boʻgʻin aktyor va rej.lari 1924— 27 yillar Moskvada Oʻzbek Maorif uyi qoshida ochilgan dramstudiyada tahsil olishgan. 20y.lar soʻngida Rus yosh tomoshabinlar Teatr (1928), Oʻzbek yosh to, moshabinlar Teatr (1929) tashkil topdi. Keyinroq Namangan (1931), Qashqadaryo (1932), Surxondaryo (1935) viloyati teatrlari, oʻnlab tuman va shahar T.lari yuzaga keldi. Toshkent va Samarqandda Davlat rus drama teatri (1934, 1938). Respublika koʻgʻirchoq teatri (1939). Navoiy nomidagi davlat opera va balet teatri (1939) oʻz faoliyatini boshladi, shu yili Davlat komediya teatri tashkil boʻldi va u bir yil oʻtib Mukimiy nomidagi Respublika musiqali drama va komediya teatriga aylantiriddi.
 
Ikkinchi jahon urushi yillarida Moskva, Leningrad, Kiyev, Xarkov sh.laridan koʻchib kelgan teatrlar mamlakatimiz shaharlarida oʻz faoliyatini olib bordi. 50—60y.larda Hamza nomidagi akademik drama teatri va boshqa teatrlarda turli mavzu, sermazmun, ijtimoiypsixologik, maishiy va falsafiy, rangbarang uslubda spektakllar sahnalashtirildi. 1968 y.-yil "Yosh gvardiya" teatri (hozirgi Abror Hidoyatov nomidagi Oʻzbek davlat drama teatri) tashkil qilindi.
 
70—80y.lar T.da ziddiyatli davr boʻldi; bir tomondan, milliy anʼanalarga eʼtibor kuchaygan boʻlsa, ikkinchidan, dabdababozlik, hayotni xaspoʻshlab koʻrsatish avj oldi. 1976 y.-yil "Ilhom" teatrstudiyasi ish boshladi. 1986 y.-yil Respublika Satira teatri tashkil topdi. 80y.larning 2yarmida hayotni haqqoniy aks ettirish, janrlar rangbarangligi, tomoshaviylikka intilish mayllari yuzaga kelib, astasekin kuchayib bordi. Bu davrda Abror Hidoyatov nomidagi T. yetakchi oʻringa chiqib oldi.
 
Oʻzbekiston mustaqil davlat deb eʼlon qilingach, oʻzbek T. i hayotida ham yangi davr boshlandi. Istiklol tufayli milliy merosga tayanib ijod qilish, milliy qadriyatlar, anʼanalarni tiklashga intilish jiddiy tuye oldi. Bu davrda oʻzbek T.ida quyidagi ilgʻor tendensiyalar, ijodiy izlanishlar koʻzga tashlanadi: birinchidan, T.lar repertuarida tarixiy mavzuning salmogʻi oshdi. Buyuk ajdodlarimiz — allomalar, shoirlar, davlat arboblari, lashkarboshilarning hayoti va taraqqiyot uchun kurashini yorituvchi oʻnlab sahna asarlari yaratildi. Sahnalarda shoʻrolar davrida hatto tilga olish man etilgan Bahouddin Naqshband, Hakim atTermiziy, Imom alBuxoriy kabi allomalar, "Avesto" kitobi asosida Zardushtiy hayotini yorituvchi sagʻna asarlari vujudga kelib, davrimiz tomoshabinlari maʼnaviyatini boyitdi, tarixiy, diniy eʼtiqodga nisbatan qarashlarni oʻzgartirdi. Ayniqsa, Amir Temur va temuriylar haqida yaratilgan 20 ga yaqin sahna asarlari maʼnaviy va madaniy hayotimizda katta voqea buldi. Ikkinchidan, zamonaviy oʻzbek T.ida tasavvuf bilan bogʻliq "Muqabbat sultoni", "Mashrab" (Milliy teatr), "Xitoy malikasining siri" (rus teatri), "Umar Xayyom", "Ato etilgan muhabbat tariqati" (Oʻzbekiston yoshlar teatri), "Na falakman, na farishta" (Muqimiy teatri), "Shayh sanʼon", "Raqsu samoʼ" ("Eski masjid" teatr studiyasi) kabi spektakllar T.larimizning eng murakkab mavzularga dadil qoʻl urayotganlari, yangi manbalarni ochayotganlaridan dalolatdir. Shu yoʻnalishda Alisher Navoiy asarlarini T. sahnasida yangicha talqin etish boshlandi. Uchinchidan, jahon va milliy mumtoz dramaturgiya namunalarini zamonaviy talqin va vositalarda sahnalashtirish boshlandi. Navoiy, Shekspir, Molyer, Ayniy, Behbudiy, Fitrat, Qodiriy, Choʻlpon, Avloniy, Gʻafur Gʻulom asarlarining sahnaviy talqinlari shundan guvohlik beradi. Toʻrtinchidan, T.larda ilgari qoloqlik belgisi sifatida qarab kelingan etnografiya va folklor manbalari vositalaridan foydalanish butun bir uslubiy yoʻnalish sifatida koʻzga yaqqol tashlanib, sahna sanʼatining milliy oʻziga xosligini kuchaytirishga xizmat qilmoqda. "Alpomish" qahramonlik dostoni asosida poytaxt va viloyat T.lari sahnalarida yaratilgan 10 ga yaqin spektakllar ham bu yoʻnalishning istiqbolidan nishonadir. Beshinchidan, dramaturgiya va T.da zamonaviy mavzularda asarlar yaratilib, sahnalashtirish yildan yilga sezilarli tuye olib bormoqda. Zamonaviy mavzular koʻproq melodrama, komediya, tragikomediya janrlari doirasida ishlanmoqda. Ayniqsa, maishiyaxloqiy komediyalar T.lar repertuaridan keng oʻrin egalladi.
Qator 29:
Oʻzbekistonda oʻtkazilgan "Sharq va Gʻarb" T. sanʼati festivali, "Xumo" xalqaro yoshlar teatrlari festivali, "Navroʻz", "Andijon bahori" respublika T. festivallari, Germaniyaning "Ander Rur" teatri bilan "Muloqot" teatri studiyasi hamkorligida tuzilgan "Ipak yoʻli — teatr sayohati" loyihasi asosida oʻtkazilayotgan ikki tomonlama anjumanlar, qoʻgʻirchoq T.lari festivallari T. sanʼatining yangi ijtimoiy sharoitda rivojlanishida muhim rol oʻynamoqda. Oʻzbek teatri jamoalari dunyodagi bir qator mamlakatlarda ijodiy safarda boʻlib, oʻzbek T. sanʼati yutuqlarini namoyish etishdi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1998 y.-yil 26 martda eʼlon qilingan "Oʻzbekiston teatr sanʼatini rivojlantirish toʻgʻrisida"gi farmoni va Oʻzbekiston Vazirlar Mahkamasining shu asosda qabul qilgan "Oʻzbekteatr" ijodiyishlab chiqarish. birlashmasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida"gi qarori T. sanʼati strategiyasini belgilab berdi. Shu asosda "Oʻzbekteatr" ijodiyishlab chiqarish. birlashmasi, uning qoshida "Atrmadad" jamgʻarmasi, Teatr ijodkorlari uyushmasi tuzildi. "Teatr" jurnali nashr etila boshladi. Muntazam ravishda turli seminar va festivallar oʻtkazilmoqda. Davlatlararo shartnomalarga muvofiq xorijiy mamlakatlardagi ijodiy tashkilotlar, xalkaro birlashmalar bilan aloqalar oʻrnatilmoqda Amerikalik rej. Devid Kaplan, britaniyalik Maykl Berkut va boshqa oʻzbek teatrida, B. Yoʻldoshev Fransiyada, N. Abdurahmonov Isroilda, M. Yusupov AQShda asarlar sahnalashtirdilar. Hamza teatri ga eski bino oʻrniga zamonaviy muhtasham bino qurib berildi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2001 y.-yil 21 sentyabrda eʼlon qilingan maxsus farmoni bilan ushbu teatrga "Milliy teatr" maqomi berildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasida davlat tasarrufidagi 37 ta T. va teatr studiyalar, oʻnlab nodavlat va xususiy T.lar faoliyat koʻrsatadi (2004).