Xanti-Mansilar muxtor okrugi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Xanti-mansilar muxtor okrugi''' (1940 -yilgacha OstyakVogullar milliy okrugi) — Rossiya Federatsiyasi Tyumen viloyatidagi muxtor okrug. 1930-y. 10dekabrda tashkil etilgan. Maydoni 523,1 ming km². Aholisi 1433,1 ming kishi (2002), xantilar, mansilar, ruslar, ukrainlar, tatarlar va boshqa yashaydi. Shahar aholisi 90,9%. Markazi — XantiMansiysk sh. Asosiy shaharlari — Surgut, Nijnevartovsk, Nefteyugansk. Tarkibiga 9 tuman, 16 shahar, 24 shaharcha kiradi. X.Xanti-Mansilar muxtor okrugio. Gʻarbiy Sibir pasttekisligining markaziy qismida, Ob va Irtish daryolarining quyi oqimida joylashgan. Yer yuzasi — tekislik. Chekka garbiy kismi Shimoliy va Qutb yoni Ural togʻlarining sharqiy yon bagʻirlaridan iborat. Neft va gazning yirik konlari mavjud. Iqlimi kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi —18°dan —23° gacha, iyulniki 16°—19°. Yiliga 400– 500 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 120—130 kun. Shim.da koʻp yillik muzloq yerlar bor. Asosiy daryosi Ob va uning irmoqlari (Irtish, Shimoliy Sosva, Vax, Pim, Lyamin, Nazim, Kazim). Koʻl koʻp (1500 dan ziyod), ular aksari bir-biri bilan tutashgan. Botqoqliklar katta maydonlarni egallaydi. Tuproqlari torfbotqoq, podzol va allyuvial tuproqlar. Hududining 30% oʻrmon. Krraqaragʻay, qaragʻay, kedr, qayin oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan olmaxon, sobol, kolonok, tulki, oq quyon, suvsar, oq suvsar va boshqa bor. Qushlarning 200 ga yaqin turi, shu jumladan, bulduruq, karqur, oq kaklik mavjud. Daryo va koʻllarida baliq (losos, oq baliq, osyotr va boshqa turlari) koʻp.
 
Okrugda "Kichik Sosva", "Yugan" qoʻriqxonalari, "Numto", "Sibir Uvallari" tabiiy bogʻlari, "Konda koʻllari", "Yuqori konda" davlat tabiat buyurtma hududi bor.