Mineral: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar
Qator 42:
M. endogen, ekzogen va metamorfizm jarayonlarida vujudga keladi. Hozirgi zamon "M.lar genezisi" tushunchasi bir kancha masalalar, jumladan, M. hosil boʻlish jarayoni ximizmi, M. hosil boʻluvchi muhitning fazali holati va h.k. tavsifini oʻz ichiga oladi. M. genezisini tavsiflovchi obʼyektiv maʼlumotlarni olish foydali qazilma konlar geologik jarayonlarini va shakllanish tarixini oʻrganishga, shu bilan birga ularni izlash, razvedka qilish va sanoat ahamiyatini’ baqolashga imkon beradi.
 
Qoʻllanishi. M.ning xususiyatlari uni texnikaning qaysi sohasida ishlatilishini belgilaydi. Mas, oʻta qattiq M.lar (olmos, korund, granat va boshqalar) abraziv asboblar sifatida, pyezo-elektrik xususiyatli M.lar radioelek-tronikada qoʻllaniladi va h.k. M.ning har xil fizik xususiyatlari (asosan, zichligi, qayishqoqligi, magnitliligi, elektr oʻtkazuvchanligi, radioaktivligi va boshqalar)ga qarab ruda boyitish, foydali qazilmalar qidirishning geofizik usullari belgilanadi. M. ning kristallik panjarasidagi nuqsonlarni aniq maqsadga yoʻnaltirilgan mexanik, akustik, termik (qizdirish va keyin tez yoki sekin sovitish), kimyoviy (kuidirish, reagentlar bilan ishlov berish), radiatsion (rentgen va gamma nurlar bilan nurlantirish) usullar bilan yoʻqotish yoki tuzatish katta istikbollar ochilishiga imkon beradi. Hozirgacha maʼlum boʻlgan M.larning atigi 1/5 qismiga yaqini sanoatda foydalaniladi. M.ning tarkalishi, xossalarini sinchiklab oʻrganish yangi M. turlaridan amaliyotda foydalanishga imkon yaratadi. Oʻzbekistonda koʻp M. konlari ochilgan. M.lardan baʼzilari dunyoda birinchi marta topilgan va mashhur olimlar va topilgan joylari nomi bilan atalgan (mas, avitsenit, birunit, hamrabayevit, nasledovit, uklonskovit, ferganit va boshqalar). Hozirgi sanoatda Mendeleyev jadvalidagi barcha elementlardan foydalanilmoqda, ular asosiy komponent yoki qoʻshimcha element sifatida har xil M.lar tarkibida mavjud. M.ning monokristallar yoki ularning sintetik analoglari elektronika, optika, radiotexnika, elektroenergetikada ishlatilmoqda. Oʻz chiroyi bilan ajralib turadigan M.lar qimmatbaho, yarim qimmatbaho javohirlar (olmos, zumrad, yoqut, sapfir, nefrit va boshqalar) sifatida qoʻllaniladi. Mineraloglarning tadqiq qilish obʼyektiga Oydan olib tushilgan, samodan tushgan jismlar, Yer mantiyasi va okean tubi M.lari ham yil sayin qoʻshilib bormoqda.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
'''Mineral''' ([[lotin tili|lot.]] ''minera'' — „[[ruda]]“) tabiiy biogeokimyoviy jarayonlar orqali yuzaga keluvchi qattiq [[kimyoviy modda]]dir. Mineral, [[tosh]]dan farqli oʻlaroq juda tartibli [[atom tuzilishi]] bilan xarakterlanadi. Minerallar sof [[kimyoviy unsur]] va sodda [[tuz]]lardan to murakkab [[silikat]]largacha boʻladi. Minerallarni mineralogiya fani organadi
 
== Havolalar ==
* [http://manual.mindat.org/index.php/Main_Page Mindat mineralogical database] {{Webarchive|url=https://web.archive.org/web/20160103210353/http://manual.mindat.org/index.php/Main_Page |date=2016-01-03 }}
 
{{Commons category|Minerals|Minerallar}}
 
== Manbalar ==
{{manbalar}}
 
{{OʻzME}}
 
[[Turkum:Mineralogiya]]
[[Turkum:Minerallar| ]]
 
 
{{chem-stub}}