Qishloq xoʻjaligi: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 7:
Qishloq xoʻjaligi — inson xoʻjalik faoliyatining dastlabki turlaridan biri. Uning kelib chiqishi tosh davri oxiriga borib taqaladi. Bu davrda inson xoʻjalik va boshqa ehtiyojlarini qondirish uchun yerni oddiy qurollar bilan ishlagan, baʼzi xayvonlarni xonakilashtira boshlagan. Asrlar davomida turli sharoitlar taʼsirila dehqonchilik tizimi oʻzgargan va takomillashgan; hayvonlarning foydali xususiyatlari parvarishlangan, koʻplab zotlari yetishtirilgan.
 
Jahon Qishloq xoʻjaligida dunyodagi iqtisodiy faol aholining 45,2% (1316,7 mln. kishi) band. Qishloq xoʻjaligida foydalaniladigan yerlar 13387,0 mln. ga, jumladan, haydaladigan yerlar 1380,8 mln. ga, jami sugʻoriladigan yerlar 271,4 mln.ga (1998). 1999 -yilda jahon Qishloq xoʻjaligida 583,6 mln.t bugʻdoy, 596,4 mln. t sholi, 600,4 mln. t makkajoʻxori, 130,0 mln. t arpa, 294,3 mln. t kartoshka, 444,6 mln. t mevalar, shu jumladan 60,6 mln. t uzum yetishtirildi. Chorvachilikda 225,9 mln. t goʻsht, 562,4 mln. t sut tayyorlandi. 1338,2 mln. bosh qoramol, 912,7 mln. choʻchqa, 1068,6 mln. qoʻy va 709,9 mln. bosh echki, 14139,0 mln. tovuq boqildi.
 
==Oʻzbekistonda qishloq xoʻjaligi==
2019-yilda qishloq xoʻjaligi mahsulotlarining oʻsish sur’ati 2018-yilga nisbatan 102,5 foizni tashkil etdi. Umuman olganda, 2017–2019 -yillarda qishloq xoʻjaligida yalpi mahsulot ishlab chiqarish 1,5 baravarga va aholi jon boshiga 1,4 baravarga (2019 -yil narxlarida) oshdi. Shu bilan birga, oʻsimliklarni etishtirish 1,3 baravar, chorvachilik mahsulotlari 1,7 baravar oʻsdi<ref>{{Web manbasi
|url= https://bugun.uz/2021/03/11/shavkat-mirziyoev-bilan-ozbekistonda-qishloq-hozhaligi-islohotlari-boshlandi-ihlas
|title= Шавкат Мирзиёев билан Ўзбекистонда қишлоқ хўжалиги ислоҳотлари бошланди — «İhlas»