Professor: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
→‎Manbalar: Bot v1: Tuzatma
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Professor''' (lot. professor — dare beruvchi, oʻqituvchi) — oliy oʻquv yurti oʻqituvchisi yoki i.t. muassasasi xodi-mining ilmiy unvoni, lavozdmi. P. atamasi dastlab Rim imperiyasi (miloddan avvalgi 1-asr oʻrtalari — milodiy 5-asr boshlari)da grammatika va voizlik maktabi oʻqituvchilariga nisbatan qoʻllangan. Oʻrta asrlarda diniy maktab muallimlari, 13-asrdan boshlab, universitetlar paydo boʻlgach, universitet oʻqituvchilari P. deb atalgan. Oʻrta ayerlarda P. atamasi olimlik belgisi sifatida magistr yoki fan dri ilmiy darajalari maʼnosini bergan. Un-tlarda kafedralar tashkil etilishi va maxsus P.lik lavozimlari joriy etilishi bilan P. oliy ilmiy daraja tushunchasidan tashqari, universitetlarning yetakchi oʻqituvchisi ilmiy unvonini anglatadigan boʻldi. Oʻzbekistonda 20-asr boshlaridan dastlabki P.lik unvoni berila boshladi. Fitrat birinchi uzbek P.i hisoblanadi.
 
Oʻzbekistonda P.lik unvoni oliy oʻquv yurtlari yoki i.t. muassasalari ilmiy kengashining tavsiyasi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi (OAK) tomonidan beriladi. Mamlakatimizda P.lik unvonini berishda OʻzR Vazirlar Mah-kamasi huzuridagi OAK rayosatining 1996 -yil 25 yanvardagi qarori bilan tasdiqlangan "Ilmiy unvonlar berish toʻgʻri-sida nizom"ga amal qilinadi. Ushbu nizomga koʻra, P. unvoni quyidagilarga beriladi: a) tanlov yoʻli bilan kafedra mudiri, P. lavozimiga saylangan yoki shartnoma asosida shu lavozimlarda ishlayotgan yoxud oliy oʻquv yurtining rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrin-bosari) lavozimida 1 oʻquv yili muvaffaqiyatli ishlagan, kamida 5 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan fan d-rlariga; b) oliy oʻquv yurtining i.t. boʻlimi (boʻlinmasi, sektori, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodimi, yetakchi ilmiy xodimi lavozimiga tanlov yoʻli bilan utgan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan hamda 5 yillik ilmiy stajga ega boʻlgan va mazkur lavozimlarda kamida 1 yil yaxshi natija koʻrsatib ishlagan fan d-rlariga; v) xalq xoʻjaligining yirik mutaxassisi boʻlgan va pedagogik ishga jalb qilinib, tanlovdan oʻtgan yoki shartnoma asosida ishlayotgan oliy oʻquv yurtining kafedra mudiri, P. i yoki rektori (oʻquv yoki ilmiy ishlar boʻyicha prorektori), malaka oshirish instituti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining direktori (direktori oʻrinbosari) lavozimlarida 1 yildan beri sama-rali ishlayotgan fan d-rlariga; g) oliy oʻquv yurti yoki unga tenglashtirilgan oʻquv yurtining kafedra mudiri yoki P. iTtavozimiga tanlov boʻyicha saylanib, kamida 5 yil pedagoglik ish stajiga ega boʻlgan va shu lavozimlarda 2 yil muvaf-faqiyatli ishlagan OʻzR, Qoraqalpogʻi-ston Respublikasi xalq artistlari, hofizlari, rassomlari, meʼmorlari, oʻqituvchilari, yozuvchilari, shoirlari, xizmat koʻrsatgan fan va sanʼat arboblari, xizmat koʻrsatgan artistlar, rassomlar, meʼmorlar, trenerlar, madaniyat xodimlariga berilishi mumkin; d) tanlov yoʻli bilan kafedra P. i lavozimiga saylangan va bu lavozimda 2 yil muvaffaqiyatli ishlagan madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik institutlari ix-tisoslashgan kafedralarining oliy maʼlumotli, dotsent ilmiy unvoni va kamida 10 yillik pedagogik ish stajiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislariga berilishi mumkin; ye) dotsent ilmiy unvoni boʻlgan va madaniyat, meʼmorlik, sanʼat, jismoniy tarbiya, sport hamda muhandislik grafikasi (chizma geom.) sohasida ixtisoslashgan kafedra mudiri yoki P.i lavozimida ishlab turgan, oliy o'quv yurtlarida kamida 10 yillik pedagogik ish stajiga ega, shu lavozimda kamida 1 yil samarali ishlagan fan nomzodiga berilishi mumkin; yo) respublika i.t. muassasalarida boʻlim (boʻlinma, sektor, lab.) mudiri (boshligʻi), bosh ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim lavozimiga tanlov yoʻli bilan saylangan yoki attestatsiya tartibida tayinlangan yoxud direktor, direktor oʻrinbosari, ilmiy kotib, ilmiy raxbar, maslahatchi lavozimini egallab turgan, kamida 5 yillik ilmiy staji boʻlgan va shu lavozimda kamida 1 yil yaxshi ishlagan fan d-rlariga beriladi. Ular pedagogik amaliyotda foydalanilayotgan ilmiy va oʻquv-metodik ishlarga ega bulishlari, oliy oʻquv yurti yoki malaka oshirish institutlarida yuksak metodik va ilmiy saviyada maʼruzalar kursini oʻqiy olishlari, ilmiy daraja olgan malakali mutaxas-sis tayyorlagan bulishlari, madaniyat, meʼmorlik, sanʼatshunoslik institutining mutaxassislari xalkaro va respublika tanlovlari sovrindorlarini tayyorlagan bulishlari kerak.
 
P.lik unvoniga daʼvogar shaxsning hujjatlari unga fan dri ilmiy darajasi berilgan sanadan 1 yil utgandan key-ingina oliy o'quv yurtlari hamda i.t. muassasalari ilmiy kengashlari tomonidan muhokamaga qabul qilinishi va OAKga yuborilishi mumkin. P.lik unvoniga daʼvogarning hujjatlarini OAK tomonidan koʻrib chiqish muddati 6 oydan oshmasligi kerak. P.lik unvoni OAK tomonidan umrbod beriladi. P.lik lavozimi uchun oliy oʻquv yurti yoki ilmiy muassasada har 5 yilda 1 marta tanlovdan oʻtish lozim.