Osaka: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k {{Authority control {{Tashqi havolalar bilan almashtirildi (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Osaka''' — Yaponiyadagi shahar. Xonsyu o.ningjan. qismida. Osaka prefekturasining maʼmuriy markazi. Aholisi 2,6 mln. kishi (2000). O. — kattaligi va iqtisodiy ahamiyati jihatdan mamlakatda 2-oʻrinni egallaydi. Transport yoʻllarining muhim tuguni. Ichki Yapon dengizi sohilidagi yirik port (yiliga 90 mln. t dan ortiq yuk ortibtushiriladi). Itami aeroporti xalqaro ahamiyatga ega.
 
O. — mamlakatning savdo-moliya markazi. Fond, sholi, paxta birjalari, banklar bor. Ogʻir sanoat markazi (jumladan, poʻlat, prokat, rangli metall buyumlari ishlab chiqariladi). Aniqmashinasozlik, kemachilik, energetika, priborsozlik va stanoksozlik, toʻqimachilik, kimyo-farmatsevtika, yogʻochsozlik, poligrafiya, sement, oyna-keramika sanoati korxonalari mavjud. 1933 -yilda metropoliten qurilgan. 13 universitet va boshqa oliy oʻquv yurtlari, nafis sanʼat muzeyi va boshqa muzeylar, planetariy, teatrlar, botanika va hayvonot bogʻlari bor.
 
Shahar 4—7-asrlardan tilga olingan. Dastlab Naniva, 15-asrdan O. deb atalgan. 16-asr oxiridan O. mamlakat hoki-mining qarorgohi va yirik savdo shahri. Oʻrta asr meʼmoriy yodgorliklaridan ibodatxonalar, qasr va boshqa bor. 1970 -yilda shaharda "EKSPO—70" butun jahon koʻrgazmasi boʻlib oʻtgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==