Xalifa: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 2:
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Xalifa''' (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. Xalifa Muhammadning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammaddan keyingi toʻrt Xalifa (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar Xalifa nomi bilan atalgan. 13-asrdan keyin ayrim musulmon mamlakatlarining hukmdorlari oʻzini diniy boshliq ham daʼvo qilib, Xalifa nomiga ega boʻlishgan. 16-asrda turk sultonlari oʻzlarini Xalifa deb atay boshlaganlar, bu holat 1924 -yilgacha, yaʼni usmonlilar davlati tugaguncha davom etgan.
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->