Jurnal: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
|||
Qator 7:
Ommaviy ijtimoiy-siyosiy va adabiy-badiiy jurnallarda suhbat, publitsistik kuzatuv, maʼlum mavzuni sharhlovchi maqolalardan tashqari, reportajlar, sheʼrlar, hikoyalar, qissa va romanlar bosiladi. Soʻnggi paytlarda ommaviy jurnal sahifalaridan krossvordlar, amaliy sanʼat asarlari, modalar, uy bekalariga maslahatlar, shaxmat etyudlari va h. k. tobora kengroq oʻrin olmokda. Haftalik, oʻn kunlik jurnallarda chizma rayem va fotosuratlardan foydalaniladi. Ilmiy jurnallarda hajman katta maqolalar bilan birga referatlar, annotatsiyalar, xulosalar, ilmiy hayotga oid ixcham xabarlar ham eʼlon qilinadi. Jurnal hajmini va uni bezash unsurlarini belgilashda jurnal mundarijasi va uning oʻquvchilari doirasidan kelib chiqiladi. Odatda ommaviy jurnallar — ijtimoiy-siyosiy va adabiybadiiy, ilmiy-ommabop, bolalar, ayollar va oʻsmirlar uchun moʻljallangan nashrlar katta hajmda chiqariladi.
jurnalchilik taraqqiyoti. Jurnalchilik tarixi Fransiyada „Jurnal de Savan“ („Olimlar jurnali“), („Journal des scavans“, keyinroq „Journal des savants“) jurnaldan boshlanadi. Uning birinchi soni 1665
jurnalchilik 19-asr 2-yarmida jadal rivojlandi. Bu davrda jurnal targʻibotining usul va vositalarida ham katta oʻzga-rishlar yuz berdi. Jurnallar adadi uzluksiz oʻsib bordi. 19-asr oxiri va 20-asr boshlarida jurnallarning asosiy turlari shakllandi, rasmli-bezakli ommabop nashrlar yetakchi oʻrin egallay boshladi. 1960
Oʻzbekistonda jurnalchilik. Turkistonda davriy matbuotga 19-asrning soʻnggi oʻn yilligida asos solingan: 1896
Turkistonda milliy jurnalchilik tarixiga atokli maʼrifatparvar adib va publitsist Behbudiy asos solgan. Uning muharrirligida 1913—1915
1917—18 y.larda Turkistonda ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi bir qancha yangi oʻzbekcha jurnallar paydo boʻldi. Qoʻqonda 1-soni Hamza Hakimzoda Niyoziy muharrirligida „Kengash“ (keyinchalik „Hurriyat“ nomi bilan chiqqan), taniqli olim va publitsist Ashurali Zohiriy rahbarligida „Yurt“ jurnallari nashr qilingan. Toshkentda „Chayon“ (1917), „Ishchilar dunyosi“ (1918) kabi yangi jurnallar chiqa boshlagan. „Yurt“ va „Chayon“ jurnallari Turkiston muxtoriyati gʻoyalarini qoʻllab-quvvatlagan va targʻib qilgan. „Ishchilar dunyosi“ bolsheviklarning xususiy mulkni tugatish sohasidagi siyosatini tanqid qilgani uchun shoʻro hukumati tomonidan yopib qoʻyilgan. 1918—24 y.lar Turkistonda jami 129 nomda jurnal va byulletenlar nashr qilingan. Ularning asosiy qismi rus tilidagi tarmoq nashrlaridan iborat boʻlib, ayrim jurnallar bor-yoʻgʻi 1—2 soni chiqqan, xolos. Shu davrda oʻzbek tilida nashr qilingan „Oʻzgarishchi yoshlar“ (1922-24), „Inqilob“ (1922-24) va „Mushtum“ (1923) jurnallari nisbatan keng tarqalgan. Bu nashrlarda Nazir Toʻraqulov, Abdulla Qodiriy, Choʻlpon, Fitrat, Usmonxon Eshonxoʻjayev, Gʻozi Yunus singari isteʼdodli oʻzbek adiblari va publitsistlari faol hamkorlik qilganlar.
20-y.larning 2-yarmida Oʻzbekistonda oʻzbek tilida „Yer yuzi“ (hoz. „Guliston“), „Yangi yoʻl“ (hoz. „Saodat“), „Maorif va oʻqituvchi“, „Yangi kishloq“, „Alanga“ kabi ijtimoiy-siyosiy va adabiy yoʻnalishdagi yangi jurnallar tashkil topdi. „Yer yuzi“ oʻzbek tilidagi birinchi rasmli-bezakli ommabop nashr hisoblanadi. 1930
Ikkinchi jahon urushi yillarida jurnallar tarmogʻi keskin qisqardi. Urush tugagach, koʻpchilik jurnallar qaytadan chiqa boshladi, yangi jurnallar paydo boʻldi. 1975
Oʻzbekistonda davlat mustaqilligi eʼlon qilingach, keng ommaga moʻljallangan mavjud jurnallar faoliyati qayta tashkil qilindi. Respublikada jami 165 jurnal nashr etiladi, ularning yillik oʻrtacha adadi 704,7 ming nusxa (2002). Yangi ijtimoiy munosabatlarni shakllantirishda, milliy ongni oʻstirishda ijtimoiy-siyosiy, maʼnaviy-maʼrifiy va adabiy-badiiy jurnallar yetakchilik qilmoqsa. Bu turkumga mansub „Sharq yulduzi“, „Guliston“, „Saodat“, „Muloqot“, „Fan va turmush“, „Yoshlik“, „Mushtum“ jurnallari katoriga istiklol davri jurnallari — „Tafakkur“, „Sogʻlom avlod uchun“, „Jahon adabiyoti“ qoʻshildi.
Bulardan tashqari, yangi ijtimoiy, iqtisodiy, moliyaviy munosabatlarni ask ettiruvchi maxsus jurnallar — „Bozor, pul, kredit“, „Menedjer“, „Optovik“, „Jamiyat va boshqaruv“, „Buxgalter kutubxonasi“, „Tijorat“, „Ekonomicheskoye obozreniye“ (rus va ingliz tillarida) ham tashkil topdi. Avtomobilchilar uchun moʻljallangan „Avto-olam“, „Avto PressTIJ“ singari yangi nashrlar paydo boʻldi, „Nash futbol“ (oylik nashr) va „Prilojeniye k jurnalu Nash futbol“, „PressTIJ“ va „Biznes Osiyo“ haftalik jurnallari chiqmoqda. Bulardan reklama materiallari keng oʻrin olgan. „PressTIJ“ tahririyati tomonidan tayyorlanayotgan „Press TIJ-TV“ xaftaligi 53 ming nusxada (1999) tarqaladi. 1998
Oʻzbekistonda ilmiy jurnallarning keng tarmogʻi mavjud. Oʻzbekiston FA ilmiy tadqiqot institutlari tomonidan 12 ta ilmiy akademik jurnal nashr qilinadi (2002). Ularda mamlakat olimlarining nazariy va amaliy tadqiqotlari, taj-ribalari yakunlari yoritiladi. „OʻzR Fanlar akademiyasi maʼruzalari“ jurnali ilmiy akademik nashrlarning yetakchisi hisoblanadi. Jurnal sahifalarida fanning barcha sohalariga oid tadqiqotlar natijasining qisqa mazmuni eʼlon qilinadi. „Oʻzbekistonda ijtimoiy fanlar“, „Oʻzbek tili va adabiyoti“ jurnallari ijtimoiy fan sohalari, „Informatika va energetika muammolari“, „Mexanika muammolari“, „Oʻzbekskiy ximicheskiy jurnal“, „Oʻzbekskiy biologicheskiy jurnal“ nashrlari aniq va tabiiy fanlar tarmogʻidagi ilmiy yutuqlarni aks ettiradi. „Tabiiy birikmalar kimyosi“ va „Geliotexnika“ jurnallari 1965
== Shuningdek ==
|