Etnografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Cekli829 (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Etnografiya''' (etno... va ... grafiya), etnologiya, xalqshunoslik — jahondagi barcha xalqlarning , etnik birlikning turli tiplari, ularning kelib chiqishi (etnogenezi), turmush tarzi, urf-odatlari, moddiy va maʼnaviy taraqqiyot darajasidan qatʼi nazar, teng holda oʻzaro tafovuti yoki umumiyligi va oʻxshashligini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini oʻrganuvchi maxsus fan sohasi. E. hozirgi etyaoslarning kelib chiqishi va shakllanishi, joylashishi va etnik tuzilishi, urf-odatlari, maʼnaviy madaniyati va milliy xususiyatlarini tarixiy jarayon bilan bogʻliq holda oʻrganadi. Tarixiy E. yoʻqolib ketgan xalq va elatlar, oʻtmishdagi etnik jarayon, maishiy turmush va maʼnaviy madaniyat xususiyatlarini tadqiq qiladi.
 
Etn. bilimlar qadim zamonlardan paydo boʻlgan boʻlsada, lekin mustaqil fan sifatida 19-asrning oʻrtalarida shakllanib boʻldi. Dastlab, bu atamani 16-asrning oxirida nemis yozuvchisi I.Zummer ishlatgan, keyin esa 18-asrning oxirlarida va 1808 -yilda maxsus jur.lar shu nom bilan chiqa boshlagan. E. soʻzi mashhur fransuz tabiatshunosi va fizigi Jan Jak Amper taklifi bilan Parij antropologlari kongressida alohida fan sifatida qabul qilingan (1839).
 
E. dastlab faktik bilimlarni toʻplaydi, keyin ularni tahlil etish orqali mohiyatini tushunib olib, nazariy xulosalar chiqaradi. E. fani, boshqa fanlar singari oʻziga xos maxsus tadqiqot usullari va maxsus atamalarga ega. Uning uslubi muayyan dunyoqarash va nazariyalar (metodologiya) bilan bogʻliq boʻlib, oʻz tadqiqotlarini ayrim fan sohalari antropologiya, arxeologiya, lingvistika, sotsiologiya, sanʼatshunoslik bilan aloqador holda amalga oshiradi.
Qator 31:
Turkiston oʻlkasini jadal etn. oʻrganish oʻlkani mustamlaka qilish maqsadi bilan bogʻliq boʻlib, oʻzbek xalqi E.siga oid ilmiy ahamiyatga ega materiallar toʻplash davri 19-asrdan boshlandi.
 
Markaziy Osiyo xalqlari, shu jumladan, oʻzbeklarni etn. jihatdan oʻrganish yoʻlida 1872 -yil Moskvada ochilgan politexnika koʻrgazmasi munosabati bilan tayyorlangan "Turkiston albomi", shuningdek, Rus geografiya jamiyatining Turkiston boʻlimi, Tibbiyot, antropologiya va etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston boʻlimi, Turkiston arxeologiya havaskorlari toʻgaragi, Turkiston qishloq xoʻjalik jamiyati, Xomutov toʻgaragi, Oʻrta Osiyo olimlari jamiyati, Rus texnika jamiyatining Turkiston boʻlimi, Sharqshunoslik jamiyatining Toshkent boʻlimining roli katta boʻldi.
 
19-asr oxiri — 20-asr boshlarida etn. bilimlarning rivoji oʻlkada faoliyat koʻrsatgan rus sharqshunos, tarixchi, etnograf olimlari, sayyohlari va davlat arboblari V.V.Radlov, V.V.Bartold, M.S.Andreyev, A.A.Divayev, ʼ.L.Vyatkin, N.P.Ostroumov, N.S.Likoshin, N.G.Mallitskiy, erxotin Nalivkinlar, I.I.Umnyakov, A.A. Semyonov, Ye.}\.Polivanovlar nomi bilan bogʻliqdir. Ular amalga oshirgan ishlar mustamlakachilikka xizmat qilgan boʻlsada, toʻplangan katta etn. materiallar 19-asr oxiri — 20-asr boshlaridagi Turkiston hayot tarzini tavsiflashda muhim ilmiy ahamiyatga ega.
 
1918 -yilda Turkiston xalq universitetiyaa oʻzbeklar E.si boʻyicha maxsus kurs kiritilib, bu mavzu boʻyicha maʼruzalar oʻqitila boshlandi.
 
1920—30 yillar Oʻzbekistonda E. ilmining vujudga kelish, tashkiliy va tarkibiy shakllanish davri boʻldi. 1930- yillar oxirida mahalliy aholi orasidan yetishib chiqqan mutaxassislar G.Alimov, M.Bikjanova, A.Boltayev, Ya.Gʻulomov, Sh.Inogʻomov, T.Mirtyosov, M.Saidjonov, X.Husanboyev, K.Yusupov va boshqalar Oʻzbekistonda muzey ishini yoʻlga qoʻyish va rivojlantirishga, muzeylarda etn. kolleksiyalarni koʻrgazmaga qoʻyishga tayyorlash boʻyicha muhim ishlarni amalga oshirishdi.
 
1943 -yil 4 noyabrda OʻzFA Til, adabiyot va tarix instituti asosida Tarix va arxeologiya instituti tashkil etilib, uning tarkibida 6 boʻlim, shu jumladan, akad. M.Andreyev rahbarligidagi E. boʻlimi ham bor edi. Boʻlim respublikada etn. tadqiqotlarning yetakchi markazi boʻlib qoldi.
 
Xorazm arxeologiyaetnografiya ekspeditsiyasining tashkil etilishi va faoliyat olib borishi (rahbarlari S. Tolstov, T.Jdanko) Oʻzbekistonda E. fanining rivojlanishida muhim bosqich boʻldi. Xorazm ekspeditsiyasi mobaynida qoraqalpoqlar E.sining maxsus oʻrganilganligi, Qoraqalpogʻistonda etn. fikrlarning shakllanishi uchun asos boʻldi.
Qator 51:
Oʻzbekiston E. fanining ilmiy tekshirish uslublari, nazariy asoslari, rivojlanish ustuvorliklari va istiqbollarini aniqlovchi tadqiqotlar vujudga keldi. Mustaqillik yillarida oʻzbek xalqi anʼanaviy madaniyatini oʻrganishda "evropatsentrizm" nuqtai nazaridan yondoshishga, qator ijtimoiy institut va hodisalarga "oʻtmish sarqiti" deb qarashga chek qoʻyildi.
 
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oʻzbekiston FA Tarix instituti faoliyatini takomillashtirish" haqidagi qarori (1998 -yil 27 iyul) tarix fani va uning qismi E.ning vazifalarini mazmunmohiyat jihatdan tubdan oʻzgartirdi. Oʻzbek xalqining etnogenezi, etnik tarix muammolarini, oʻzbek etnomadaniy jarayonlarini yangicha mushohada qilish, xolisona yoritish imkoni paydo boʻlib, ushbu mavzu etn. tadqiqotlarning yetakchi yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu yoʻnalishni tadqiq etishda akad. K.Shoniyozovning asarlari ("Qarluq davlati va qarluqlar", 1999; "Oʻzbek xalqining shakllanish jarayoni", 2001) muhim hissa boʻlib qoʻshiladi. 1990- yillarda K. Shoniyozovning ilmiy rahbarligi ostida tarixiy E. muammolarini (A.Ashirov, U.Abdullayev), Oʻzbekiston aholisining maishiy turmoʻsh anʼanalarini (S. Soatova, M.Oʻroqov, V.Haqliyev, S.Sharipov) tadqiq qiluvchi olimlar guruhi shakllandi. E. Fargʻona (Sh.Abdullayev, S.Gubayeva), Buxoro (A.Jumayev, M.Qurbonova), Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlari(S.Tursunov, A.Qayumov, O.Boʻriyev, Q.Nasriddinov) hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasining (T.Yesbergenova, R.Kamolov, N.Tleubergenov) mintaqaviy oʻziga xosliklarining turli jihatlarini yorituvchi tarixiyetn. va etn.sotsiologik maxsus tadqiqotlari vujudga keddi.
 
Z.Orifxonova, G.Zunnunova, M.Qamaritdinova kabi olimlarning mahallaning oʻtmishi va bugunini, hozirda oʻz-oʻzini boshqarish organi sifatida amaliyotdagi ahamiyatini oʻrganishga bagʻishlangan etn. ekspeditsiyalari, etnosotsiologik tadqiqotlari natijalari asosida maxsus asarlar nashr etildi. Oliy oʻquv yurtlari uchun E. fanidan maxsus darslik (I.Jabborov "Oʻzbek xalqi etnografiyasi", T., 1994), oʻqitish uslubi qoʻllanmalari (O.Boʻriyev, B.Ishoqov), etnologiya atamalari lugʻati (O.Boʻriyev) chop etildi.
 
Oʻzbekistonda E. fanining shakllanishi, rivoji dinamikasi, tarixshunosligi muammolari maxsus tadqiqot mavzusi boʻldi (A.Doniyorov va D.Hoshimova). Bugungi kunda mamlakatimiz ilmiy muassasalarida E. fanining dolzarb muammolari tadqiq qilinmoqda. 2000—2001 -yillarda Termiz va Qarshida etn. tadqiqotlar markazi tashkil etildi. Oʻzbekiston FA Tarix instituti etnologiya boʻlimi bu tadqiqotlar yoʻnalishini belgilash va muvofiqlashtirish vazifasini bajarib kelmoqda.
 
== Adabiyot ==