Kiyev viloyati: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎Manbalar: Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Kiyev viloyati''' — Ukrainadagi viloyat. 1932 -yil 27 fevralda tashkil etilgan. Maydon 28,1 ming km{{sup|2}}. Aholisi 4510 ming kishi (1997), asosan, ukrainlar, shuningdek, rus, yahudiy, belorus, polyak va b. millat vakillari ham yashaydi. 25 tumanga boʻlingan; 22 shahar, 29 shaharcha bor. Markazi – Kiyev shahri.
 
Kiyev viloyati Polesye va Dnepr boʻyi pasttekisliklari, janubiy va janubi-gʻarbda Dnepr boʻyi qirlarida joylashgan. Yer yuzasi, asosan tekislik. Foydali qazilmalari: mineral qurilish materiallari, torf, qoʻngʻir koʻmir. Iqlimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi shimolida –6,5° dan janubi-gʻarbida –5,5° gacha, iyulniki shimolida 17,5°, janubi-gʻarbida 20°. Yiliga 500–600 mm yogʻin tushadi. Asosiy daryosi – Dnepr. Tuprogi shimoliy qismida chimli podzol, janubida podzollashgan qoratuproq.