Mashinasozlik sanoati: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
IluvatarBot (munozara | hissa) →Manbalar: {{no iwiki}} andozasi oʻchirildi |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 3:
Mashinasozlik sanoati sanoat sifatida 18-asrda vujudga keldi, dastlab 19-asrda Buyuk Britaniyada, Gʻarbiy Yevropaning baʼzi mamlakatlarida, keyinchalik AQShda tez rivojlana boshladi. Rossiyada 1mashinasozlik zavodi 18-asrda qurilgan.
Oʻzbekistonda Mashinasozlik sanoatining dastlabki korxonalari 20-asr boshlarida vujudga kelgan. Bu davrda metallga ishlov berish sanoati, asosan, 14 ta kichik tuzatish ustaxonalaridan iborat edi. Ularda, asosan, temir yoʻl, paxta tozalash va yogʻ zavodlarini taʼmirlash ishlari bajarilardi. Yalpi sanoat mahsuloti umumiy hajmida ogʻir sanoat va metallga ishlov berish tarmogʻining hissasi 1,3% ni tashkil etgan. 1920-yillardan qishloq xoʻjaligi, sanoat va transportning rivojlantirish zaruriyatidan mavjud taʼmirlash korxonalari kengaytirildi, yangilari kurila boshladi. 1927
1941—45 yillardagi oʻrush davrida res-publikada 16 mashinasozlik zavodi ishga tushirildi. Sanoatning tarmoq tarkibi oʻzgardi. Urush davrida ishga tushirilgan mashinasozlik korxonalari front ehtiyojlari uchun qurolyarogʻ, oʻqdori va boshqa mahsulotlar ishlab chiqardi. 1945
Respublikada Mashinasozlik sanoati 15 tarmoqqa mansub 100 dan ortiq yirik korxonalardan iborat. Ularning orasida traktorsozlik va q. h. mashinasozligi, toʻqimachilik mashinasozligi, paxta tozalash mashinasozligi, elektrotexnika sano-atining salmogʻi katta. Ayni paytda respublika iqtisodiyoti uchun yangi boʻlgan avtomobilsozlik, radioelektronika kabi sanoat tarmoqlari barpo etilmoqda.
Avtomobilsozlik. Avtomobillar, avtomobil dvigatellari, avtomobillarga ehtiyot qismlar, turli ji-hozlar va boshqa asboblar ishlab chiqarish Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan keyin shakllana boshladi. 1990-yillarga qadar respublikada avtomobilsozlik sanoati yoʻq edi. Oʻzbekistondagi bir necha avtomobil tuzatish zavodlari (Toshkent avtotuzatish zavodi 1939
Traktorsozlik va qishloq xoʻjaligi mashinasozligi. Respublika mashinasozligida ishlab chiqariladigan jami mahsulotning qariyb 20% shu tarmoq hissasiga toʻgʻri keladi. 90- yil boshigacha tarmoqning koʻpgina mahsulotlari sobiq Ittifoq ahamiyatiga ega boʻlgan. MDH mamlakatlari boʻyicha paxta terish mashinalari, chigit seyalkalari, paxtachilikka moslashtirilgan chopiq traktorlari, traktor tirkamalarining asosiy kismi Oʻzbekistonda ishlab chiqariladi. 30-yillar boshida paxtachilikda ishlatiladigan ekish va tuproqqa ishlov berish mashinalari, paxta tozalash zavodlari uchun texnologik va boshqa jihozlar Oʻrta Osiyoda yagona "Boshpaxtasanoat"ning mexanika zavodida tayyorlangan. 90-yilga kelib traktorsozlik va q. h. mashinasozligi tarmogʻida 20 dan ortiq zavod, birlashma va tashkilotlar faoliyat koʻrsatdi. Bu tarmoqda paxtachilik traktorlari, dvigatellar, traktor tirkamalari, paxtachilik texnikasi kompleksi, bogʻdorchilik va tokchilik mashinalari, q. h. mashinalari reduktorlari, chorvachilik, ozuka tayyorlaydigan mashinalar, ehtiyot qismlar va h. k. ishlab chikariladi. 20-asrning 90-yillar boshida quvvati 30 ot kuchi boʻlgan TTZ - 30 traktori va unga moslangan q. h. mashinalari va qurollari majmui yaratildi. Traktorsozlikning yirik korxonalari — "Toshkent traktor zavodi" davlat-aksiyadorlik jamiyati va "OʻzKeystraktor" qoʻshma korxonasida TTZ-30, MT-30, TTZ-100K.10, TTZ-100K.11, SX-100 ("Keys"), SXR-100 va boshqa paxtachilik, universal traktorlari, traktor tirkamalari, yuklagichlar, metall quymalar, shtampovkalar ishlab chiqaradi. Qishloq xoʻjaligi mashinasozligi tarmogʻidagi yirik korxonalardan biri "Uzqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati chigit se-yalkalari, koʻsak chuvish mashinalari, rotorli oʻrim mashinalari, TTZ-30 va boshqa traktorlarga tirkab va osib ishlatiladigan mashinalar, kartoshka ekkichlar, "Kimyoqishloqmash" aksiyadorlik jamiyati qishloq xoʻjaligida ishlatiladigan tirkamali purkagichlar ishlab chiqariladi. Paxtachilikni kompleks mexanizatsiyalash uchun mashina va mexanizmlar, gʻoʻza kultivatorlari, chizelkultivatorlar, oʻgʻit solgichlar, ariq qazgichtekislagichlar, koʻsak terish mashinalari, pluglar, chorvachilik uchun turli mashinalar va boshqa mahsulotlar "Chirchiqqishloqmash" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqariladi. 1959
Respublikada umumiy mashinasozlik, toʻqimachilik sanoati, paxta tozalash sanoati mashinasozligi, asbobsozlik sanoati mashinasozligi va boshqa sanoat korxonalari 1994
Ortiqali Oʻrimboyev.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|