Qipchoqlar: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 12:
Q 20-asr boshlariga qadar yarim oʻtroq holda yashab, oʻzlari uchun anʼanaviy boʻlgan chorvachilikni dehqonchilik bilan qoʻshib olib borganlar.
 
Statistik materiallardan Q.ning oʻzbek va qirgʻizlar bilan qoʻshilib ketishi 19-asr oxiri — 20-asr boshlarida ancha jadal kechganligi maʼlum. Mas, agar 19-asrning 90-yillarida Fargʻona vodiysidagi Q. soni 70 ming nafarga, 1917 -yilga kelib, 44 ming nafarga teng boʻlsa, 1926 -yilga kelib esa ularning vodiydagi soni 33,6 ming nafarga tushib qolgan.
 
Fargʻona Q.ining asosiy qismi Andijon uyezdida, Andijonsoy, Norin daryosining quyi qismi, Moylisuv va Qoradaryo atrofidagi qishloqlarda yashagan. Ularning maʼlum qismi Namangan uyezdi Kosonsoy, Sumsar, Chodak, Podsho-Ota, Norin, Gʻova kabi daryo va soy qavzalarida hamda Yangiariq kanali atrofidagi manzilgohlarda joylashgan. Fargʻona uyezdi hududidagi Shahonsoy va Aravonsoy, Qoʻqon uyezdidagi Soʻx va Isfara daryosi oʻzanlarida ham bir necha qipchoq qishloqlari mavjud boʻlgan.