Qashqar (shahar): Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 4:
K qadimdan Buyuk ipak yoʻlidagi chorraha va yirik savdo markazi boʻlib kelgan. Movarounnahr, Xitoy, Hindiston kabi mamlakatlarga qatnovchi karvonlar K. orqali oʻtgan. K. koʻhna va yangi shahar qismlariga boʻlinadi. Meʼmoriy obidalari va turar joy binolari Toshkentning eski va yangi qismlariga oʻxshash.
Shahar toʻgʻrisidagi dastlabki yozma maʼlumot miloddan avvalgi 2—1-asrlarga oid Xitoy manbalarida Suli (Suvlik, Sulek) nomi bilan uchraydi va oʻsha davrlarda 1500 oilaga ega xonlik poytaxti boʻlgan (bu davlat 7-asrning oʻrtalarigacha mavjud edi). "Suli" atamasi K. chekkasidagi bir tumanning nomi sifatida hozirgacha saqlanib qolgan. K. keyinroq hunlar, kushonlar, eftalitlar davlatlari, Turk xoqonligi (5—7-asrlar), Uygʻur xoqonligi (7—9-asrlar) tarkibiga kirgan. 10—12-asrlarda K. qoraxoniylar xoqonligi poytaxti boʻldi. Shu davrda shahar madaniy jihatdan yuksaldi. K.da yirik olimlar, jumladan, Maxmud Koshgʻariy, Yusuf Xos Hojib va boshqalar faoliyat koʻrsatdi. Moʻgʻullar davrida ham K yirik madaniy markaz sifatida saqlandi. Moʻgʻul noibi Masʼud Yalavoch davrida yirik kutubxonaga ega boʻlgan madrasa qurilgan. Keyinroq K.ni dugʻlot amirlari boshqardi. Abu Bakr davrida (1480—1514) Tumin va Qizilsuv daryolari oraligʻida yangi K. shahri qurildi. Yorkend xonligi (1465—1759) va jungʻorlar hukmronligi davrida poytaxt K.dan Yorkend shahriga koʻchirilgandan keyin ham K.ning mavqei Sharqiy Turkistondagi eng yirik savdo va islom dini markazi sifatida saqdandi. K.da Mahdumi Aʼzam (1461 — 1541) va uning qoraxoniylar avlodidan boʻlgan xotini Bibicha Koshgʻariydan tugʻilgan oʻgʻli Isoq Vali va uning avlodlari, jumladan, Ofoqxoʻja yashadi. 1755—1759
K.da qoʻrgʻoshinrux va volfram rudalari, qimmatbaho toshlar qazib olinadi. Qishloq xoʻjaligi mashinalari, ximikatlar, teriga ishlov berish, toʻqimachilik mahsulotlari, zargarlik va misgarlik buyumlari, gilamlar, qurilish materiallari, musiqa asboblari, pichoqlar ishlab chiqariladi. K. qadimdan hunarmandchilik buyumlari bilan mashhur. K temir yoʻl orqali XXRning barcha yirik shaharlari bilan bogʻlangan. Shaharda 1979
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->
|