Iskandariya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Gibranist (munozara | hissa)
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 2:
'''Iskandariya''' ({{lang-ar|الإسكندريّة}}) — MAR shimolidagi shahar, Iskandariya muhofazasining maʼmuriy markazi. Oʻrta dengiz sohilida, Nil daryosi delta-sining gʻarbiy qismida. Aholisi 3,4 mln. kishi (1996).
 
Miloddan avvalgi 332—331 yillarda Aleksandr Makedoniyalik qurdirgan, Ptolemey davrida (mil. av. 305 — 30 y.lar) Misr poytaxti boʻlgan. Antik dunyoning ilmiy va madaniy markazlaridan biri. 1-asrda Iskandariya eng katta shaharlardan (Rimdan keyin) boʻlib, unda taxminan 1 mln. aholi yashagan. Iskandariyada dunyoda eng boy kutubxona boʻlgan [q. Aleksandriya (Iskan-dariya) kutubxonasi]. 7-asrda Iskandariyani arablar egallagan. Qohira shaxri qurilgach (961 y.), Iskandariyaning mavqei pasaydi. 1517 y.-yil Iskandariya usmonli turklar tasarrufiga oʻtdi. Muhammad Ali davrida (19-asr boshlari) Iskandariyada katta qurilishlar amalga oshirildi; kemasozlik korxonasi qurildi va Mahmudiya kanali qazildi. 1856 y.-yil Iskanariya bilan Qohira oʻrtasida t. i. oʻtkazildi. Angliya Misrni bosib olgach (1882 i.), Iskanraiyada chet el banklari, kompaniyalari, vakolatxonalari ochildi; portdan Angliya harbiy kemalari turadigan joy sifatida foydalanildi. Shahar Misr milliy ozodlik harakatlarining (20-asrning 20—50-y.lari) asosiy markazlaridan biri boʻlgan.
 
Iskandariya iqtisodiy mavqei jihatidan mamlakatda Qohiradan keyin 2-oʻrinda. Yirik transport va savdo markazi. T. y. va avtomobil yoʻllari tuguni. MARning asosiy dengiz porti (okean kemalari ham kira oladi); kema katnaydigan Mahmudiya kanali orqali Nil bilan bogʻlangan. Suvaysh sh.dan Iskandariyaga Qohira va Tanto orqali neft quvuri oʻtkazilgan. Iskandariya porti orqali mamlakat tashqi savdo yuklarining 80 % oʻtadi (yuk ortib-tushirish 20 mln. t). Kema-sozlik va kema remonti, mashinasozlik va metallsozlik, neft, kimyo, sement, radio-texnika, toʻqimachilik, oziq-ovqat, koʻn poyabzal sanoatlari, hunarmandchilik rivojlangan.