Ichki Mongoliya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Ichki Mongoliya''' — [[Xitoy]] tarkibidagi muxtor rayon. Mamlakat shimolida. Maydon 1,2 mln. km{{sup|2}}. Aholisi 23,5 mln. kishi (1998); xitoy, mongol, dungan, manjur, koreys, evenk va boshqalar yashaydi. Maʼmuriy markazi — Xux-Xoto shahri. Qadimda Ichki Mongoliya hududi janubiy mongol knyazliklari tasarrufida boʻlgan, 1636 -yilda manjurlar qoʻl ostiga oʻtgan. Ular key-inchalik Xitoyda oʻz hukmronligini oʻrnatganlar va bu hudud Xitoy tarkibiga kirgandan soʻng Ichki Mongoliya deb atala boshlagan. 1931–45 yillarda Ichki Mongoliyani yaponlar bosib olgan. 1945 -yilda ulardan ozod qilingan.
 
Ichki Mongoliyaning sharqiy qismida Katta Xingan togʻlari (bal. 1949 m gacha) va Sunlyamo tekisligining bir qismi, gʻarbiy qismida Bargi tekisligi, Gobi choʻlidagi yassitogʻlik, Inshan togʻlari va Ordos platosi bor. Yer yuzasining balandligi kup joylarda 500–1500 m, eng baland qismi 3000 m.