Aleksandr Griboyedov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Umumiy tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Aleksandr Sergeevich Griboyedov''' [1795.4.(15).1, Moskva-1829.30.1(11.2), Tehron, Tbilisida dafn etilgan] — rus yozuvchisi, diplomat. Moskva universitetining falsafa, til-adabiyot, huquq va fizikamatematika fakultetlarida oʻqigan (1806-10). Talabaliq yillarida boʻlajak dekabrist (N.M. vaA. 3. Muravyovlar, I. D. Yakushkin, A.I. Yakubovich)lar bilan aloqada boʻladi. Keyinchalik rus mutafakkiri va publitsisti P.Ya. Chaadayev bilan yaqindan tanishadi. 1812-yilda koʻngilli boʻlib armiyaga xizmatga kiradi. Rossiyaning Erondagi elchisi boʻlib ishlayotgan vaqtida mutaassiblar tomonidan vahshiylarcha oʻldirilgan. G. dastlab fransuz yozuvchilariga taqlidan komediyalar ("Yosh kelin-kuyovlar" 1815; "Talaba", 1817) yozgan. "1812 -yil" pyesasi (1824— 25) vatanparvarlik va fuqarolik ruhi bilan sugʻorilgan. "Aqllilik balosi" (1824) komediyasi G.ga katta shuhrat keltirdi. Dastlab qoʻlyozma holida tarqalgan bu komediya rus adabiyoti, rus dramaturgiyasi va rus teatrining oʻsishida muhim bosqich boʻldi. G. bu asarda rus jamiyatidagi ijtimoiy va maʼnaviy qoloqlikni qattiq fosh qiladi, uning rivojiga toʻsiq boʻlib turgan zodagonlarning farosatsizligi, kaltafahmligi va xudbinligi ustidan kuladi. Asar fojiaviy ruhda yozilgan. G.ning "Aqllilik balosi" komediyasi Toshkentdagi rus akademik drama teatrida sahnalashtirilgan.
 
Ad,: Piksanov N. K., A.S.Griboyedov i yego tvorchestvo, M., 1945; Lebedev A. A., Griboyedov. Fakti i gipotezi, M., 1980.