Ersted Xans Kristian: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Ersted Xans Kristian''' (1777. 14.8, Rudkyobing 1851.9.3, Kopengagen) — daniyalik fizik, Daniya Qirollik jamiyati kotibi (1815 -yildan). Kopengagen universitetini tugatgan (1797), shu universitet prof. (1806 -yildan) va Kopengagen politexnika maktabining direktori (1929 -yildan). Ilmiy ishlari elektr, akustika, molekulyar fizika sohalariga oid. 1820 -yilda E.ning elektr tokining magnit miliga taʼsirini aniqlashga doir ishi fizikaning yangi sohasi — elektromagnetizmning yuzaga kelishiga sabab boʻldi. Termoelektr effektni qayta kashf qilgan (J. Furye bilan), birinchi termoelementni yasagan. Magnit maydon kuchlanganligi birligi — ersted uning nomi bilan ataladi.
 
{{OʻzME}}