Mixail Lomonosov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
[[Fayl:M.V. Lomonosov by L.Miropolskiy after G.C.Prenner (1787, RAN).jpg|thumbnail|Lomonosov Mixail Vasilyevich]]
'''Mixail Vasilyevich Lomonosov''' [1711.8(19)11, Arxangelsk - 1765. 4(15)4, Peterburg] — rus tabiatshunos olimi, rus adabiy tilining asoschisi, shoir, rassom, tarixchi. Moskvada, Kiyevda (1734), soʻngra Peterburg akademiya untida oʻqigan (1735). 1736 -yildan Germaniyaning Merburg va Frayburg universitetlarida kimyo va metallurgiya fanlaridan taʼlim olgan. Peterburg FA ning birinchi akad. (1745). 1748 -yilda Rossiya FA qoshida 1-kimyoviy lab.ga asos solgan. 1755 -yilda L. ningtashabbusi bilan Moskva unti tashkil etilgan (keyinchalik unga L. nomi berilgan). Moddalarning atom-molekulyar tuzilishi haqidagi tushunchalarni rivojlantirgan, kimyoviy reaksiyalarda massaning saqlanish qonunins topgan (1756), korpuskulyar (atom-molekulyar) taʼlimoti asoslarini taklif etgan (1741 — 50). Venera sayyorasida atmosfera mavjudligini aniklagan (1761). Falsafiy va grajdanlik ruhidagi rus odasining ijodkori. Dostonlar, sheʼriy nomalar, tragediyalar va hajviy asarlar, fundamental filologik tadqiqotlar hamda rus tilining ilmiy grammatikasi muallifi. Ranglar haqidagi nazariyani olgʻa surgan. Bir qancha optik asboblar yasagan. Mozaika sanʼatini rivojlantirgan, smaltalar ishlab chiqarishga katta hissa qoʻshgan, shogirdlari bilan birga koshinkor naqshlarning yangi turlarini taklif etgan. Shvetsiya FA (1760), Bolonya FA (1764) faxriy aʼzosi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==