Mixail Kalinin: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
 
Qator 1:
'''Mixail Ivanovich Kalinin''' [1875.7(19).11, hozirgi Kalinin viloyati, Kashino tumani — 1946.3.6, Moskva] — 1917 -yilgi [[Fevral inqilobi]] va [[Oktabr inqilobi|Oktabr toʻntarishi]] qatnashchisi. Butun Rossiya MIK raisi (1919 -yildan), SSSR MIK raisi (1922 -yildan), SSSR Oliy Soveti Prezidiumi raisi (1938 -yildan). 1926 -yildan partiya MK Siyosiy byurosi aʼzosi (1919 -yildan aʼzolikka nomzod). [[Iosif Stalin]] siyosatini qoʻllab-quvvatlab, 1930–40 yillardagi ommaviy qatagʻonlarga sanksiya bergan. 1925 -yil fevralda milliy davlat chegaralanishi oʻtkazilishi munosabati bilan Oʻrta Osiyo (Toshkent)ga kelgan va milliy davlat chegaralanishi boʻyicha markaz nomidan tegishli yoʻl-yoʻriqlar bergan. Oqibatda Turkiston xalqlari birga yashab kelgan oʻlkalarni sunʼiy ravishda chegaralash vositasida ajratib-boʻlib yuborish siyosati yuritila boshlangan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==