Georgiy Jukov: Versiyalar orasidagi farq

Oʻzgarish mavjud emas ,  8 oy oldin
k
Bot v1: Tuzatmalar
kTahrir izohi yoʻq
k (Bot v1: Tuzatmalar)
[[Fayl:Георгий Константинович Жуков в военной форме.jpg|thumb]]
'''Georgiy Konstantinovich Jukov''' [1896.19.11 (1.12), [[Kaluga viloyati]], Strelkovka qishlogʻi — 1974.18.6, [[Moskva]]] — harbiy arbob, sarkarda. Sobiq Ittifoq [[marshal]]i ([[1943]]), toʻrt marta [[Sovet Ittifoqi Qahramoni]] (1939, 1944, 1945, 1956) [[Xalxin-Gol daryosi boʻyidagi jang]]da qatnashgan ([[1939]]). [[Kiyev]] harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni (1940 -yildan). 1941 -yil yanvar—iyudda Bosh shtab boshligʻi — SSSR Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari. Jukov [[Ikkinchi jahon urushi]]da nemis-fashist bosqinchilarini tor-mor keltirishda muhim rol oʻynagan: [[Moskva jangi|Moskva]] va [[Leningrad jangi|Leningrad]] janglari (1941 — 42), Leningrad qamalini yorib oʻtish, [[Stalingrad jangi|Stalingrad]] va [[Kursk jangi|Kursk]] janglari (1942— 43), Oʻng qirgʻoq Ukrainasidagi hujum, Belorussiya operatsiyasi (1943—44), [[Visla-oder operatsiyasi|Visla-Oder]] va [[Berlin operatsiyasi|Berlin]] operatsiyalari (1944—45)da oʻzining mohir sarkarda ekanligini koʻrsatgan. 1942 -yil avgustdan urushning oxirigacha Mudofaa xalq komissari oʻrinbosari, Oliy Bosh qoʻmondon oʻrinbosari. Oliy Bosh qoʻmondon nomidan 1945 -yil 8 mayda [[fashistlar Olmoniyasi]]ning soʻzsiz taslim boʻlganlik (kapitulyasiya) haqidagi hujjatni qabul qilgan. 1945—46 yillar Germaniyadagi sovet qoʻshinlari guruhi bosh qoʻmondoni va Sovet harbiy maʼmuriyati boshligʻi. 1946 -yil martdan Quruqlikdagi qoʻshinlar bosh qoʻmondoni, SSSR Qurolli Kuchlar vaziri oʻrinbosari. Shu yilning oʻzida [[Iosif Stalin|I. V. Stalin]] tomonidan ishdan chetlatilgan. 1946 -yil iyundan Odessa harbiy okrugi, 1948 -yildan Ural harbiy okrugi qoʻshinlari qoʻmondoni. 1953 -yildan SSSR mudofaa vaziri 1-oʻrinbosari, 1955 -yildan mudofaa vaziri. 1956—57 yillarda KPSS MK Prezidiumi aʼzoligiga nomzod, aʼzosi. 1957 -yil oktabrdan [[Nikita Xrushchyov]] koʻrsatmasiga binoan vazifasidan ozod qilingan. 1958 -yil Qurolli Kuchlar saflaridan boʻshatilgan.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
 
271 940

ta tahrir