Mirzo Tursunzoda: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 20:
'''Mirzo Tursunzoda''' [1911.19.4 (2.5), [[Tojikiston]], [[Regar]] tumani, Qoratogʻ qishlogʻi — 1977.27.9, [[Dushanbe]]] — tojik shoiri va jamoat arbobi. Tojikiston xalq shoiri (1961). Mehnat Qahramoni (1967), Tojikiston FA [[akademik|akademigi]] (1951). Tojik [[dramaturgiya]]sining asoschilaridan biri. Dastlab eski maktabda, keyinroq yangi usuldagi maktabda tahsil olgan. [[Toshkent]]dagi tojik [[pedagogika]] bilim yurtida oʻqigan (1930). "Komsomoli Tojikiston" gazetasida boʻlim mudiri, masʼul kotib, soʻngra [[Xoʻjand]] musiqali teatrida adabiy emakdosh.
 
1939 -yillar [[Dehotiy Abdusalom Pirmuhammadzoda|Dehotiy]] bilan hamkorlikda yaratilgan [["Xusrav va Shirin"]] sheʼriy [[drama]]si, "Voseʼ qoʻzgʻoloni" opera [[libretto]]si tojik dramaturgiyasining dastlabki asarlaridan sanaladi. 30-yillarning 2-yarmida eʼlon qilingan "Mamlakat oftobi" (1936), "Xazon va bahor" (1937) dostonlari Tursunzodaga katta shuhrat keltirdi. "Dushanbe-Xorug' yoʻli quruvchilariga maktub", "Jonbaxsh suv" [[doston]]larida ulkan qurilishlar, ularda ishtirok etayotgan xalq jasorati sheʼriy manzaralar, yorqin harakterlar orqali koʻrsatiladi. [[Ikkinchi jahon urushi]] yillaridagi sheʼrlarida ("Xayr, aziz onajon", "Hech qachon!", "Kapitan xotirasi" va boshqalar), "Vatan farzandi" (1942) dostonida xalqlar doʻstligi, tojik xalqining urush maydonlari va mamlakat ichkarisidagi qahramonligi aks etgan. [[Folklor]] motivlari asosida [["Tohir va Zuhra"]] musiqali dramasini yozgan (1943). "[[Hindiston]] [[qissa]]si" (1947), "Men ozod [[Sharq]]danman" (1950) singari sheʼriy turkumlarga kirgan asarlar, "Hasan aravakash" (1954), "[[Osiyo]] ovozi" (1956) va boshqa dostonlari mashhur. M.Tursunzoda [[poeziya]]si, [[realizm]]i, romantik koʻtarinkiligi, emotsionalligi va [[aforizm]]larga boyligi bilan ajralib turadi.
 
Tursunzoda maʼlum vaqt [[Toshkent]]da yashagan va oʻqigan, [[Oʻzbekiston]] va oʻzbek xalqi hayoti haqida asarlar yozgan. [[Oybek]], [[G'afur Gʻulom]], [[Maqsud Shayxzoda|Shayxzoda]], [[Zulfiya]], [[Mirtemir]] va boshqalar bilan ijodiy aloqada boʻlgan. Asarlari [[oʻzbek tili]]da nashr etilgan. Neru (1968), Rudakiy (1970), Jamol Abdul Nosir (1972) mukofotlari laureati.