Nikaragua: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k qisqartmalarni toʻliqlash (via JWB)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
Nikaragua — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1987 -yil 9 yanvarda kabul qilingan, unga 1995 va 2000 -yillarda tu-zatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — prezident (2002 -yildan Enrike Bolan-os Geyer). U toʻgʻri va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 5 yil muddatga saylanadi, ketma-ket ikkinchi muddatga saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimi-yatni Milliy assambleya (bir palatali parlament), ijroiya hokimiyatni prezident amalga oshiradi.
 
== Tabiati ==
Qator 14:
 
== Tarixi ==
Kadimda Nikaragua hududida chibcha, atstek, toltek kabi indeys qabilalari yashagan. Mamlakat kabilalardan birining boshligʻi Nikarao nomi bilan atalgan. Nikaraguaga 1502 -yil 16 sentabrda yevropaliklardan birinchi boʻlib X. Kolumb borgan. 1524 -yilda ispanlar uni mustamlaka qilib oldilar. 1573 -yilda Gvatemala general-kapitanligi tarkibiga ki-ritildi. Mahalliy aholining koʻpchiligi qirib tashlandi, bir qismi qul qilindi. Ispan konkistadorlari va ularning avlodlari — kreollar mamlakat yerlarining koʻp qismini egalladilar. Plantatsiyalarda ishlatish uchun Afrikadan qul negrlar keltirildi. 19-asr oxiriga kelib, Nikaraguada Liberal va Konservativ partiyalar paydo boʻddi. 1821 -yil 15 sentabrda Nikaragua mustaqillikka erishdi. 1824 -yil quddorlik bekor qilindi. Nikaragua 1822 -yil Meksika imperiyasi, 1823—38 yillarda Markaziy Amerika qoʻshma provinsiyalari tarkibida boʻldi. 1855 -yil Nikaraguani AQSH qoʻshinlari bosib oldi. 1856 -yil amerikalik U. Uoker oʻzini Nikaragua prezidenti deb eʼlon qildi, ammo Gvatemala, Salvador va Gondu-rasning birlashgan qoʻshinlari Uokerni Nikaraguadan haydab yubordi. Bu kurashda faol katnashgan T. Martines 1857—67 yillar Nikaragua prezidenti boʻldi. Shundan keyin hokimiyat goh konservatorlar, goh liberallar qoʻliga oʻtdi. X.S. Selaya boshliq liberallarning milliy siyosatini yoqtirmagan AQSH qoʻshinlari 1911 -yil intervensiya uyushtirib, Nikaragua hukumatini agʻdarib tashladi va mamlakatni okkupatsiya qilib oldi (1912—33). 1927 -yil A. S. Sandino boshchiligida milliy ozodlik kurashi kuchayib, vatanparvarlar gʻalabasi bilan tugadi. Ammo milliy gvardiya qoʻmondoni A. Somosa xiyonat yoʻliga kirib, A. Sandino joniga qasd qildi va 1936 -yilda davlat toʻntarishi uyushtirdi. Mamlakatda Somosa xona-donining harbiysiyosiy istibdodi hukmron boʻlib oldi. 60-yillar boshida mamlakatda keng xalq harakati boshlandi. 1961 -yil Sandinochilar milliy ozodlik fronti tuzildi, u Somosa rejimini agʻdarish uchun kurashda yetakchi siyosiy va harbiy kuchga aylandi. 1974 -yil tuzilgan Ozodlik demokratik ittifoqi mamlakatning yetakchi muxolifat partiyalarini birlashtirdi, 1978 -yil Keng muxolifat fronti tuzildi. Somosa diktaturasi butunlay yakkalanib qoldi. Oʻsha yil avgustda butun mamlakatda xalq qoʻzgʻoloni boshlandi va 1979 -yil 19 iyudda xalq inqilobi gʻalaba qozon-di, A. Somosa diktaturasi agʻdarib tashlandi. Butun hokimiyat Milliy tikla-nish hukumati qoʻliga oʻtdi. 1984 -yil 4 noyabrda erkin yalpi saylov oʻtkazildi. Sandinochilar milliy ozodlik frontining nomzodi D. Ortega prezident etib saylandi. 2001 -yil 4 noyabrdagi saylovda gʻalaba qozongan prezident E.B. Geyer Liberal konstitutsiyachilar partiyasining rahbaridir. Nikaragua — 1945 -yildan BMT aʼzosi. Milliy bayram — 15 sentabr — Mustaqillik kuni (1821).
 
== Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari ==
Nikaragua sotsialistik partiyasi, 1939 -yil asos solingan, 1944 -yil 3 iyulda tashkiliy jihatdan rasmiylashtirilgan; Musta -qil liberal partiya, 1944 -yil tashkil etilgan; Nikaragua sotsial xristian partiyasi, 1957 -yil tuzilgan; Sandinochilar milliy ozodlik fronti partiyasi, 1961 -yil tashkil etilgan; Liberal konstitutsiyachilar partiyasi, 1967 -yil tuzilgan; Milliy birlik mustaqil liberal partiyasi, 1988 -yil tuzilgan; Nikaragua konservativ partiyasi, 1922 -yil Konservativ demokratik partiya bilan Sotsial-konservativ partiyaning qoʻshilishi natijasida vu-judga kelgan; Sandinochilar yangilanish harakati, 1995 -yil mayda tuzilgan. Nikaraguada 5 ta kasaba uyushmasi bor, ularning yiriklari: Mexnatkashlar milliy fronti, 1979 -yilda asos solingan; Qishloq xoʻjaligi mahnatkashlari uyushmasi, 1979 -yilda tuzilgan; Nikaragua mehnatkashlari kasaba uyushma markazi, 1962 -yil tashkil etilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 28:
 
== Tibbiy xizmati, maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
Davlatga qarashli tibbiy muassasalar bilan bir qatorda xususiy shifoxonalar ham mavjud. Vrachlar Leondagi N. Milliy muxtor universitetining tibbiyot fakultetida va Managuadagi tibbiyot kollejida tayyorlanadi. N. maorifi A. Somosa hukmronligi davrida inqiroz holatida edi. 1978—79 yillarda mamlakat aholisining 70%, qishloq aholisining 90% savodsiz boʻlgan. 1979 -yildan yalpi majburiy umumiy boshlangʻich taʼlim joriy etila boshladi. Oʻrta taʼlim [oʻrta maktabda 5 (3+2) yoki 6 (3+3) yillik] bepul boʻldi. Oliy oʻquv yurtlari: Leondagi N. Milliy muxtor universiteti (1812 -yilda asos solingan), Managuadagi Markaziy Amerika universitetining N. boʻlimi (1961), Managuadagi universitet (1976). Ilmiy muassa-salari: N. tillar akademiyasi (1928), Geogr. va tarix akademiyasi (1934), Milliy falsafa akademiyasi (1964), Geol. mahkamasi, Qishloq xoʻjaligi instituti (hammasi Managuada). Managuada Markaziy ku-tubxona, Leonda universitet markaziy kutubxonasi va Munitsipal kutubxona, Managuada Markaziy muzey (1896), Masaya shahrida "Tenderi" muzeyi va boshqa bor.
 
== Matbuoti, radioeshitgirishi va tele-koʻrsatuvi ==
Yirik gazeta va jurnallari: "Barrikada" (kundalik gazeta, 1979 -yildan), "Brigadista" (oyiga 2 marta chiqadigan gazeta, 1981 -yildan), "Gaseta" (kundalik rasmiy gazeta, 1912 -yildan), "Nuevo diario" ("Yangi gazeta", kundalik gazeta, 1980 -yildan), "Prensa" ("Matbuot", kundalik gazeta, 1926 -yildan), "Sentroamerikano" ("Markaziy amerikalik", kundalik kechki gazeta, 1917 -yildan), "Poder sandinista" ("Sandinochilar hokimiyati", haftalik jurnal, 1980 -yildan) va boshqa Axensia Nikaraguense de No-tisias — ANN hukumat axborot agent-ligi 1979 -yil tuzilgan. "Telkor" davlat aloqa korporatsiyasi, Nikaragua radiosi hukumat radio stansiyasi (1979) va Milliy televideniye tizimi (1979) mavjud.
 
== Adabiyoti ==