Tatariston: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 12:
 
== Tarixi ==
Tatariston hududida odam ilk paleolit davridan yashay boshlagan. Tosh davrining barcha bosqichlariga xos manzilgohlar topilgan. 6—7-asrlarda Tataristonning Turk xoqonligi bilan aloqasi kuchaygan. 9-asrgacha hozirgi Tatariston hududida major (madyar) qabilalari yashagan. Keyinchalik ularni VolgaKama bulgʻorlari surib chiqargan. 10—14-asrlarda Tatariston Volga Kama Bulgʻoriyasi tarkibiga kirgan. 1236 -yil moʻgʻullar bostirib kelgan va u 1241 -yilda Oltin Oʻrda xonligiga qoʻshib olingan. 14-asr oxiri — 15-asr boshlarida Qozon tatarlari shakllana bordi va Oltin Oʻrda barbod boʻlgach, Tatariston hududida Qozon xonligi tashkil topdi (1438). Rus qoʻshinlarining yurishlari (1545—52) natijasida Kozon xonligi bosib olindi. 1708 -yilda Qozon guberniyasi tashkil etildi. 18— 19-asrlarda oʻlkada sanoat va madaniyat rivojlandi. Movut toʻqish, kemasozlik, koʻnchilik, mis eritish, sovungarlik korxonalari barpo etildi. 1804 -yil Qozon universiteti ochildi. 1861 -yil dehqrnlar islohotidan keyin dehqonlarning Bezdna qoʻzgʻoloni boʻlib, uni talabalar ham koʻllab-quvvatladilar. Tatariston mehnatkashlari 1905-07 yillardagi inqilobda faol qatnashdilar. 1917 -yil fevral inqilobidan soʻng milliy demokratik tashkilotlar, jumladan, tanikli inqilobchi M. Vaxitov boshchiligida Musulmon sotsialistik qoʻmitasi tuzildi. 1917 -yil 26 oktabr (8 noyabr)da Qozonda Shoʻro hokimiyati oʻrnatildi. 1918—19 yillarda Tatariston hududi 2 marta oq gvardiyachilar qoʻliga oʻtdi. 1920 -yil 27 mayda RSFR tarkibida Tatariston ASSR tashkil etildi. 1990 -yil 27 avgustda Tatariston Oliy Kengashi respublikaning davlat suverenitetini eʼlon qildi. 1992 -yildan Tatariston Respublikasi deb atala boshladi, 1991 -yil prezident lavozimi taʼsis etildi.<ref name=":0" />
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 44:
20-asrning 20-yillaridan Tatariston meʼmorligi umumittifoq yoʻnalishidan bordi. Eski shaharlar (Qozon, Bugulma, Chistopol va boshqalar) qayta kurildi, yangi shaharlar (Nijnekamsk, Naberejniye Chelni va boshqalar) barpo etildi. Jamoat binolaridan Qozondagi Matbuot uyi (1933—37, meʼmor S.Pen), Musa Jalil nomidagi opera va balet teatri (1933 — 56, meʼmor N. Skvorsov va I. Gaynutdinov), Qozon shahridagi stadion (1960, meʼmor P.Sanachin va boshqalar), konservatoriyaning konsert zali (1967, meʼmor M. Agishev va boshqalar), sirk (1967, meʼmor G. Pichuyev) qurildi.
 
19-asrda rangtasvir va grafika sanʼati (L. Kryukov, V. Turin) rivojlana boshladi. 1895 -yil Qozonda ochilgan rassomlik maktabida P. Benkov, N.Feshin va boshqa dare berdi. 20-asr boshlarida M. Galeyev, G. Gumarov kabi dastlabki grafik bezakchilar voyaga yetdi. 20-asrning 20—30-yillarida rassomlar (rangtasvirchi, haykaltarosh va fafik B.I. Urmanche, haykaltarosh S. Oxun, grafik F. Tohirov) ijod qila boshladi. 60—90 yillarda I.Rafiqov, G.Rahmonqulov, L.Fattohov, X.Yoqubov, N.Odilov, R.Nigmatullina, V.Malikov, 3. Gimayev, K. Nafikov kabi rassomlar, I. Kolmogorseva, I.Yazinin kabi grafiklar ijodi mashhur boʻldi.<ref name=":0" />
 
=== Musiqasi ===
Tatariston professional musiqasi xalq ogʻzaki ijodi anʼanalari asosida vujudga kelgan. Musiqiy folklorda qoʻshiqchilik asosiy oʻrin tutadi: uzun kuy (lirik ashulalar), qisqa kuy (hazil va oʻyin qoʻshiqlari), takmak (lapar), munojot (diniy qoʻshiqlar), bayt (epik termalar) va boshqalar.
 
Hozirgi xalq qoʻshiklarining aksariyati garmon yoki bayan joʻrligida ijro etiladi. Cholgʻu asboblari: quray (nay turi), changqoʻbiz, mandolina, domra, gusli va boshqa 1920 -yillardan G.Kamol nomidagi musikali teatr Tatariston milliy musika madaniyatining markazlaridan biriga aylandi.
 
Teatr musiqasi, ommaviy qoʻshiq janrlari rivojiga S. Saydashev katta hissa qoʻshgan. "Soniya", "Ishchi" kabi dastlabki tatar operalari shu teatrda qoʻyildi. 20 yillardan musiqa texnikumlari, radiomarkaz, opera studiyasi ochildi; 1937 -yil A. Toʻqay nomidagi filarmoniya, ashula va raqs ansambli, Xalq ijodi uyi, 1939 -yil Tatariston opera va balet teatri tashkil etildi. Opera janrini N. Jiganov, X .Valiullin, M. Muzafarov, J. Fayzi, baletni F.Yarullin va boshqa, musiqiy komediyani J. Fayzi rivojlantirdilar. A. Abbosov, Z.Bayrasheva, A. Izmaylova, G.Kaybitskaya, M. Bulatova, F.Nasriddinova, M.Rahmonqulova, Z.Xizmatullina, V.Sharipova kabi xonandalar, X.Fazlullin, J.Sadrijiganov kabi dirijyorlar, M. Nigmedzyanov, Z. Saydasheva, J. Fayzi kabi musiqashunoslar mashhur. Musiqa kadrlari Qozon pedagogika intining musika ftida, konservatoriya va uning huzuridagi maxsus maktabda, musiqa maktablarida tayyorlanadi.<ref name=":0" />
 
=== Teatri ===
Xalq oʻyinlari va tomoshalari Tatariston teatr sanʼatining ilk manbalari boʻldi. Milliy teatr 19-asr oxiri— 20-asr boshlarida shakllana boshladi, dastlabki havaskor teatr truppalari vujudga keldi. 1906 -yil Qozonda tatar tilidagi birinchi teatr tomoshalari koʻrsatildi. 1920 -yil turli teatr jamoalari asosida "Birinchi namunali tatar davlat truppasi" (1939 -yildan G.Kamol nomidagi Tatariston akademik teatri) tuzildi. 20—30 yillarda tatar teatri tez surʼatlar bilan rivojlandi. Ketma-ket teatrlar: "Sabanchi" (1920), "Eshchi" (1932), Kuchma teatr (1933), G.Kamol nomidagi teatrning qishloq filiali, Menzeli qishloq teatri (1935) tashkil etildi. Ularning sahnasida mahalliy dramaturglardan K.Tinchurinning "Amerikalik", "Yelkansiz qayiq", "Kandra daryosida", F.Burnashning "Keksa Kamol", Tatariston Izzatning "Uchqunlar", "Oqimlar", shuningdek, U.Shekspir, F.Shiller, P.Bomarshe, N.Gogol pyesalari qoʻyildi. 50—60 yillarda rej.larning yangi avlodi (M.Salimjonov, P.Isanbet, R.Tumashev, M. Mustafin) teatr sohasida ish boshladi. Boshka xalklarning , shu jumladan, Oʻzbekistonning teatr jamoalari bilan ijodiy aloqalar kengaydi, gastrol safarlari uyushtirildi: G.Kamol nomidagi Tatariston akademik drama teatri Toshkentga bir necha bor kelib, oʻz spektakllarini namoyish etdi. Qozonda yosh tomoshabinlar teatri, Tatariston drama va komediya teatri, qoʻgʻirchoq teatri, Tatariston sayyor drama teatri ishlaydi. Teatr sanʼatining tanikli arboblari: X.G. Abjalilov, F.Xalitov, Sh.Biktimirov, V.Pavlova, G.Shamukov va boshqalar.<ref name=":0" />
 
== Manbalar ==