Janubiy Afrika Respublikasi: Versiyalar orasidagi farq
Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali |
MalikxanBot (munozara | hissa) k Bot v1: Tuzatmalar |
||
Qator 3:
== Davlat tuzumi ==
Janubiy Afrika Respublikasi — federalizm nishonalari boʻlgan unitar respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibiga kiradi. 1997
== Tabiati ==
Qator 18:
Janubiy Afrika Respublikasi aholisining qad. va oʻrta asrlarga oid tarixi kam oʻrganilgan. Janubiy Afrika Respublikasining qad. aholisi gottentot (koykoin)lar, bushmen (san)lar va keyinchalik bu yerga kelib oʻrnashgan bantu xalqlaridir. Arxeologik qazishlar (topilgan oltin va boshqa buyumlar)dan maʼlum boʻlishicha, Transvaal hududi (milodiy 1-ming yillik)da madaniyat yuqori boʻlgan, temir, mis va boshqa metallar eritilgan.
17-asr 50-yillarida Gollandiyaning Ost-Indiya kompaniyasi Janubiy Afrika Respublikasida Kap manzilgohini tuzdi. Manzilgoh hududi sekin-asta kengaya bordi. Golland va fransuz kelgindilari — burlar (keyinchalik oʻzlarini afrikanerlar deb atashgan) mahalliy aholini boʻsh yerlarga siqib chiqarib, quldorlik xoʻjaliklarini tuzdi. Bu xoʻjaliklarda mahalliy aholi va Gʻarbiy Afrika, Madagaskar, Osiyoning turli davlatlaridan keltirilgan qullar mehnat qildi. Janubiy Afrika Respublikasi mahalliy aholisining mustamlakachilik zulmiga qarshi kurashi 17-asrdayoq boshlanib, 1870—80 yillarda kuchaydi. 1838, 1879 va 1906
19-asr 60-yillari oxiri va 80-yillari oʻrtalarida Janubiy Afrikada olmos konlari topilgach, inglizlar bantu xalqlarining mustaqil qududlarini shafqatsizlik bilan tortib ola boshladi. 1899—1902
Janubiy Afrikada olmos va oltin konlarining ochilishi bilan jamiyatning ijtimoiy tarkibi keskin oʻzgardi: ishchilar va sotsialistik harakatlar paydo boʻldi. 19-asrning 40—50-yillarida kasaba uyushmalarining birinchi tashkilotlari tuzildi. 80-yillarga kelib, ular yevropalik ishchilarning yirik kasaba uyushmalariga aylandi.
1912
JAIda ishchi va milliy ozodlik harakati avj oldi. Oq tanli ishchilar va afrikaliklarning yirik ish tashlashlari boshlandi. 1920
Ikkinchi jahon urushida JAI gitlerchilarga qarshi koalitsiya tomonida qatnashdi, ammo afrikanerlarning ashaddiy millatchilari fashist Germaniyasi bilan hamkorlik qilishdi.
Urushdan soʻng Janubiy Afrika Respublikasining Yevropadagi davlatlar bilan aloqasi kuchaydi. Hokimiyat Millat partiyasi qoʻliga oʻtgach (1948), mamlakatda reaksiya kuchaydi. Bu partiya rahbarlaridan D. F. Malan (1948-54), I. G. Streydom (1954-58), X. F. Fervurd (1958—66), B. Forster (1966—79) va P. Bota (1980—89) davrida terror va irqiy kamsitish kuchaydi. Partiyaning aparteid siyosati tufayli afrikaliklar, metislar, indeyslar hayoti yanada ogʻirlashdi. 1961
Aparteid siyosatiga qarshi kurash 1980-yillarda ayniqsa kuchaydi. Hukmron Millat partiyasi hukumati irqchilik qonunlarini bekor qilishga majbur boʻldi, siyosiy partiyalarning, shu jumladan Afrikaliklar Milliy Kongressi faoliyatiga ruxsat berildi. 1991
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Janubiy Afrika Afrikaliklar Milliy Kongressi, hukmron partiya, 1912
== Iqtisodiyoti ==
Qator 52:
== Maorifi, madaniy-maʼrifiy va ilmiy muassasalari ==
Hozirgi Janubiy Afrika Respublikasi hududiga yevropaliklar kelgunga qadar (17-asr oʻrtalarigacha) afrikalik yoshlarga taʼlim berish anʼanaviy afrikacha yoʻldan borgan: keksalar yosh avlodga turmush koʻnikmalari va hayot falsafasini oʻrgatar edi. Yevropaliklarning dastlabki manzilgoxlari barpo etilgach, ularning farzandlari cherkov ruxoniysidan diniy kitob oʻqishni oʻrganardi. Soʻng „sayyoh oʻqituvchilar“ paydo boʻldi. Xristian dini targʻibotchilari (missionerlar) 18-asr oxiri — 19-asr boshlarida dastlabki maktablarni ochishdi. Inglizlar avval boshdanoq bu maktablarda yevropaliklar va mahalliy millat bolalarining aloxida-alohida oʻqishini joriy etdilar. Aparteid tugatilguncha maorif qatʼiy irqiy tamoyilga asoslangan va oq tanlilar, qora tanlilar, bantular, indlarning farzandlari turli maktablarda, har xil dastur asosida oʻqitib kelindi, ulardagi taʼlim darajasi, moddiy sharoit bir-biridan mutlaqo farq qilar edi. Aparteidga barham berilgandan soʻng maorif sohasida ham ayirmachilikni tugatish choralari koʻrildi. 1995/96 oʻquv yilida maorif ehtiyojlari uchun 8,9 mlrd. AQSH dollari miqdoridagi mablagʻ, yaʼni davlat byudjetining 21,2 % sarflandi. Jami oʻquvchilar 9,3 mln. kishiga yetdi. Boshlangʻich maktab oʻqituvchilari kollejlarda, oʻrta maktab oʻqituvchilari 17 universitet va 3 politexnika institutida tayyorlanadi. Yirik universitetlar: Pretoriya, Vitvatersrand, Stellenbosh, Keyptaun untlari. Yirik kutubxonalari: Blumfonteyndagi ommaviy kutubxona (1875
Ilmiy ishlarni uyushtirish va muvofiqlashtirish davlat markazi — Ilmiy va sanoat tadqiqrtlar kengashi 1945
== Matbuoti, radio eshittirishi va telekoʻrsatuvi ==
Janubiy Afrika Respublikasida 20 dan koʻproq umummilliy (hammasi boʻlib 220 dan ziyod) gaz. va 700 ga yaqin jurnal nashr etiladi. Eng yirik gaz.lari: „Sandi tayme“ („Yakshanba vaqti“, 1906
== Adabiyoti ==
Qator 71:
Miloddan avvalgi 7-ming yillikka va mil.ning oxirgi acrlariga mansub qoyatoshlarga yoʻnib va uyib ishlangan rasmlar (fil, karkidon, begemot, jirafa, zebra, kiyik va boshqalar) saqlangan. Afrikaliklarning turar joylari asosan taxta, tunuka va boshqalarlardan qurilgan kulba-chaylalardan iborat. Pretoriya, Keyptaun, Yoxannesburg kabi yirik shaharlarda 17—18-asrlarda qurilgan golland meʼmorligiga xos binolar bor. 1666—72 yillarda tarhi 5 burchakli tosh qoʻrgʻon qurilgan (meʼmori P. Dombayer). 18-asr oxirlarida meʼmor L. M. Tibo Kap manzilgohi meʼmorligiga fransuz klassitsizmi uslubini olib kirdi. 19-asrdan Port-Elizabet, Durban, Blumfonteyn, Pretoriya, Yoxannesburg va boshqashaharlardagi koʻplab imoratlar toʻgʻri chiziqli rejaga binoan va qorishiq uslubda qurildi. Keyptaunda yangi gotika, Yoxannesburgda yangi klassika uslublari ustunlik qilgan boʻlsa, Pretoriyada „Kap meʼmorligi anʼanalari“ga rioya qilindi. Shaharlarning chekkalarida afrikaliklar yashaydigan pastqam kulbalar paydo boʻldi. Janubiy Afrika Respublikasi meʼmorligiga 20-asrning 20-yillarida R. Martinsen, U. Makintosh kabi meʼmorlar yangilik kiritishdi, hashamatli jamoat binolarining loyihalarini tuza boshlashdi. 30-yillarda Yevropa va Amerika mashhur meʼmorlari (Le Korbyuzye, L. Kan, O. Nimeyer va boshqalar) samarali taʼsir oʻtkazdilar. 60—70-yillar Pretoriya markazi qayta qurildi, Yoxannesburgda mahobatli teatr (meʼmor D. Ross) va 50 qavatli Karlton markaz (meʼmorlar Rods-Harrison, Mellous, Xoffe) va boshqa inshoatlar barpo etildi. Jamoat va maʼmuriy binolar yuksak badiiy did, murakkab meʼmoriy yechimlar bilan qurilganligi, ularda haykaltaroshlik, rassomlik, mozaika unsurlaridan foydalanilganligi koʻzga tashlanadi. Shahar tashqarisidagi bogʻlarda badavlat oilalar uchun shinam koshonalar barpo etildi. Zulu, kosa, ndebele, basuto kabi mahalliy aholi vakillari hamon loy, boʻyra va xashakdan qurilib, turli naqshlar bilan bezatilgan kulbalarda yashashni afzal koʻradilar. Shaharlardagi zamonaviy meʼmorlikda temirbeton, oyna va plastmassadan keng foydalaniladi. Poytaxtda rasmiy muassasalar, bank, doʻkon, mehmonxonalar, ularning atrofida turar joylar qurilgan. Janubiy Afrika Respublikasi milliy badiiy sanʼat maktabi 17-asr oʻrtalarida uzoq vaqtdan beri shu yerda istiqomat qiluvchi yevropaliklar sanʼati taʼsirida vujudga keldi. Janubiy Afrikaning birinchi haykaltaroshi A. Anreytning nemis barokko va rokoko uslubidagi asarlari Keyptaun va boshqa baʼzi shaharlar yirik meʼmoriy yodgorliklarini bezagan. 19-asr oʻrtalaridagi yevropalik rassomlardan T. U. Bouler va D. U. Angas afrikaliklar qiyofasini mehr bilan tasvirlagan. Afrikalik rassomlardan J. Sekotoning qitʼa tabiati va hayotini tasvirlovchi asarlari birinchi boʻlib yevropaliklar eʼtirofiga sazovor boʻldi. Yogʻoch uymakori J. Kekan, rassom S. Mvusi, haykaltarosh S. Kumalo, tosh oʻymakori J. Kubxek va boshqa koʻpgina jamoat binolarini barpo etishda oʻz sanʼati bilan hissa qoʻshdilar. Mamlakat amaliy sanʼatida metallsozlik (temir bolta, pichoq, mis bilaguzuk, munchoq), kulollik, oʻymakorlik, koʻnchilik, toʻqimachilik, yogʻoch buyumlar ishlash kadimdan rivojlangan. 20-asr oʻrtalarida Keyptaunda Janubiy Afrika rassomlari uyushmasi tuzildi. I. Stern (rassom ayol), grafik va yogʻoch oʻymakori L. Lipshits, manzarachi rassomlardan S. Sedibane, S. Zondi, M. Zvane va boshqalarlarning Janubiy Afrika voqeligi va manzaralarini aks ettiruvchi asarlari mashhur.
Musiqiy madaniyati mamlakat tub joy aholisi va oq tanlilar musiqasidan iborat. Bushmen va gottentotlarning qad. musiqiy shakllari bilan bir qatorda zulu, kosa, venda va boshqalarning rivojlangan badiiy ijodiyoti mavjud. Maye., matebele va shona xalqlarining ommaviy qoʻshiqlarida koʻp ovozli usullardan keng foydalaniladi. 20-asrdatub joy aholisining ijodi gurkirab rivojlana boshladi. Milliy, yevropa (xristian diniy qoʻshiqlari) hamda amerika (jaz, Lotin Amerika raqs usullari va boshqalar) musiqa anʼanalarining uygʻunlashuvi negizida 1930—50 yillari anʼanaviy qoʻshiqchilikning yangi — „kvela“, „mbube“, keyinchalik — „jayv“ uslublari yuzaga keldi. Janubiy Afrika Respublikasining shahar va qishloqlarida yashovchi oq tanli aholining qoʻshiq va raqslari ham oʻziga xos. Ingliz musiqachisi U. G. Bell 1912
Teatri qishloqlarda qad. maishiy va diniy marosimlar, musiqa, raqs, qoʻshiqdar asosida shakllangan. Yevropaliktruppalar 18-asr oxirlarida dastlabki teatr tomoshalarini koʻrsatishdi. 1801
Janubiy Afrika Respublikasida qora tanli artistlar federatsiyasi, Pretoriya teatr tashkiloti tuzilgan. Ular afrikaliklardan artist va dramaturglar tayyorlaydi. Zululend universitetida drama kafedrasi bor. Turli millat va irq namoyandalari ishtirokidagi teatr truppalari vujudga kelgan.
Kinosi. Janubiy Afrika Respublikasi hududidagi dastlabki hujjatli filmlar 1898
Irqchilik kishanlaridan kutulgan Janubiy Afrika Respublikasi kinochilari endigina erkin ijod yoʻliga chiqib oldilar.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
|