Belgiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 37.110.210.82 tahrirlari 37.110.214.130 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
 
== Davlat tuzumi ==
Belgiya — konstitutsiyaviy monarxiya. Amaldagi konstitutsiya 1831 -yilda qabul qilingan va oʻsha paytdan beri bir necha bor (oxirgi marta 1993 -yil) tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi — qirol, uning hokimiyati cheklangan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni qirol va parlament amalga oshiradi. Ikki palatali parlament 4 yil muddatga saylanadi. Vakillar palatasi 150 deputatdan va senat 72 aʼzodan iborat. Ijrochi hokimiyatni qirol va u tomonidan tayinlanadigan hamda parlamentga hisobot beradigan hukumat (vazirlar kengashi) amalga oshiradi, unga bosh vazir boshchilik qiladi.
 
== Tabiati ==
Qator 13:
 
== 20 arsdaTarixi ==
Qadim zamonlarda B.da belglarning kelt qabilasi yashagan (mamlakat nomi shundap kelib chiqqan). Miloddan avvalgi 57 yilda Yuliy Sezar mamlakatni bosib olib, Rim imperiyasi tarkibiga qoʻshgan. 3-asrda B.ga germanlarning frank va friz qabilalari bostirib keldilar. Franklar belglarning bir qismini qirib tashlab, boshqa bir qismi bilan birikib kstganlar. 5 — 9-asrlarda B. Frank davlati tarkibida boʻlgan. 843 i. Frank davlati parchalanib ketgach, Verden shartnomasiga kura, B. 2 qismga boʻlindi: gʻarbiy qismi Franiiyaga, sharqiy qismi Lotaringiyaga qoʻshib yuborildi. 13 — 14-asrlarda B. Angliya bilan Fransiya oʻrtasidagi shiddatli kurash maydoni boʻldi. 14-asr oxiri va 15-asrda B. Burgundiya gersoglarining mulkiga aylandi, 1477 -yildan Gabsburglar hukmronligida, 1555 -yildan Ispaniya tarkibida boʻldi. 1713 -yil Utrext sulhiga binoan yana Gabsburglar imperiyasi tarkibiga kirdi. 1789 — 90 yillar burjua inqilobi natijasida avstriyaliklar hukmronligi tugatildi, 1790 -yil 11 yanvarda B. Qoʻshma Shtatlari davlati eʼlon qilindi, biroq 1791 -yilda Avstriya yana mamlakatni qoʻlga oldi. 1795 -yilda Fransiyaga qoʻshib olindi. Napoleon I imperiyasi tugagach, 1815 i. B. hududi Niderlandiya tarkibiga qoʻshildi. 1830 -yil inqilobi tufayli B. mustaqillikka erishdi. 20-asr boshlarida 6. yuksak darajada rivojlangan sanoat mamlakatiga aylandi. Birinchi jahon urushi davrida B.ning betarafligiga qaramay, [[Olmoniya]] qoʻshinlari uni bosib oldi. [[Ikkinchi jahon urushi|Ikkinchi jahon urushi]] yillarida esa gitlerchilar bosqini azobini tortdi (1940 — 44). 1944 i. sentabrda B. bosqinchilardan xalos boʻldi. B.— 1945 -yildan BMT, 1949 -yildan NATO aʼzosi (1967 -yildan B.da NATO qarorgohi joylashgan). Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992 -yil martda oʻrnatgan. Milliy bayramlari: 21 iyul — Qirol Leopold Ining Konstitutsiyam sodiqligi haqida qasamyod qilgan kupi (1831) va 15 noyabr — Qirol sulolasi kupi (1866).
 
== Asosiy siyosiy partiyalari va kasaba uyushmalari ==
Xristian xalq partiyasi, 1969 -yilda tuzilgan; Soiialistik partiya, 1978 -yilda tashkil etilgan; "Agalev" — flamand ekologlari partiyasi, 1982 -yilda tuzilgan; Frankofonlar demokratik partiyasi, 1964 -yilda tashkil etilgan. Xristian kasaba uyushmalar konfederatsiyasi, 1912 -yilda tuzilgan; Belgiya umummehnat federatsiyasi, 1945 -yilda tuzilgan.
 
== Xoʻjaligi ==
Qator 29:
 
== Maorifi, ilmiy va madaniy-maʼrifiy muassasalari ==
1988 -yildan maorif sohasi B. federatsiyasi subʼyektlari boʻlmish Jamoalar ixtiyoriga oʻtkazildi. 18 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun taʼlim majburiy va bepul. Davlat va munitsipal maktablaridan tashqari koʻpgina katolik va xususiy dunyoviy maktablar ham ishlab turibdi. Oliy oʻquv yurtlarida oʻqish pulli. B.da 8 universitet bor. Eng yirik untlar: Antverpen, Bryussel, Lyej, Gent untlari. Shuningdsk, bir necha universitet markazlari, institutlar, oliy texnika maktabi ishlaydi. Ilmiy muassasalari: Metallurgiya tadqiqotlari milliy markazi, Yadro tadqiqotlari markazi, Qirollik observatoriyasi, 7 akademiya, jumladan Belgiya qirolligi fan, adabiyot va sanat akadsmiyasi. Bryusselda Milliy kutubxona. Bryussel, Gent, Lyej va Lyoven untlarining kutubxonalari, Antverpen va Bryusselda qirollik nafis sanʼat muzeylari mavjud.
 
== Matbuoti, radioeshittirishi, telekoʻrsatuvi ==
B.da fransuz, niderland, nemis tillarida 2.3 mln. nusxada 50 ga yaqin kundalik gaz. va 6 ixtisoslashgan moliyaiqtisodiy nashrlar chikariladi. Yirik gaz.lari: "Belang van Limburg" ("Limburg manfaatlari", 1897 -yildan), "Gazet van Antverpen" ("Antverpen gazetasi", 1891 -yildan), "Gazett de Bryussel" ("Bryussel gazetasi", 1984 -yildan), "Liberte" ("Ozodlik", 1991 -yildan); jurnallar: "Bon suare" ("Xayrli oqshom", 1922 -yil). B. telegraf agentligi 1920 -yil tashkil etilgan. Radioeshittirish va tslekoʻrsatuv fransuz va niderland tillarida ishlaydi. 2 markaziy radio va telestudiyadan tashqari 10 viloyat studiyasi bor. Qoʻshni mamlakatlarning dasturlari kabel radio va televideniyesi orqali tarqatiladi.
 
== Adabiyoti ==
Qator 48:
 
== Musiqasi ==
Fransuz, flamand, niderland xalklarining millim musiqa anʼanalari zaminida shakllangan. Niderland maktabining 15 — 16-asrlardagi belgiyalik yirik namoyandalari Ya. 06rext, A. Villart, Josken Depre, Orlando Lasso koʻp ovozli diniy va dunyoviy asarlarning eig yaxshi namunalarini yaratib, Yevropa kompozitorlari ijodiga taʼsir koʻrsatishgan. 17-asrga kslib B. musiqasi oʻz peshqadamligini yoʻqotdi. 1700 -yilda Bryusselda asos solingan "De la Monne" teatrida 18-asr boshlpridan J. B. Lyulli, A. Dstush singari fransuz kompozitorlarining opera va baletlari, 18-asr oxiridan B. kompozitorlarining operalari qoʻyildi. 1830 -yilda mustaqil B. davlati barpo boʻlgach, B. musiqasining milliy xususiyati koʻrindi. Flamand shoxobchasinmng Antverpen maktabi tashkil topdi. Uni opera, kantata va simfoniya muallifi P. Benua boshqardi. 19-asrda Sh. Berio, A. Vyotan, E. Izai kabi skripkachikompozitorlar maydonga chikdilar. B.da kompozitorlardan J. Absil, R. Defosse, F. Kins, dirijyorlardan F. Andre, D. Defo, skripkachilardan A. Gryumo, K. van Nestelar mashhur. Bryussel, Antverpen, Gentda opera teatrlari, Bryussel, Lyej, Gent, Antverpen, Mopeda konservatoriyalar, Bryusselda konsert jamiyatlari, simfonik orkestrlar, Monsda musiqashunoslik instituti bor.
 
== Teatri ==
B. hududida teatr madaniyati oʻrta asrlarda vujudga kelgan. 13 — 15-asrlarda liturgiya, moralite va misteriya (diniy mazmundagi va nasihatgoʻylik) dramalari sahnaga qoʻyilardi. 1650 i. Bryusselda yogoch teatr qurildi, u>gda xorijiy truppalar tomosha koʻrsatishardi. "De la Monne" teatri operalardan tashqari dramalarni ham sahnalashtirdi. 1782 -yilda qurilgan va keyinchalik "Dyu Park" deb atalgan teatr sirk tomoshalarini va 1870 -yildan dramatik spektakllarni namoyish qildi. 19-asrning 30-yillaridan B. dramaturgiyasi rivojlana boshladi. Gent, Antverpen va boshqa shaharlarda teatrlar ochildi. 1880 — 1900 -yillarda B. teatrlariga Sh. Van Lerberg, M. Meterlink, J. Rodenbax, M. Dyuterm kabi dramaturglar katta taʼsir koʻrsatdilar. 20-asrning birinchi yarmida B. teatrlarida G. van Zip, Sh. Spaak, F. Krommellink, X. Teyrlink, G. Martene kabi dramaturglarling asarlari qoʻyildi. B.da "Dyu Park", "De Galeri", "Le Rido", "De la Burs", "Qirollik milliy teatri", "Niderlandiya kamer teatri" kabi teatrlar ishlaydi. Qirollik konservatoriyasi huzurida dramatik sanʼat maktabi bor.
 
== Kinosi ==
1908 -yilda Harrevelda birinchi kinostudiya tashkil qilimdi. 1919 -yil "Belgiya kinokompaniyasi". 1922 i. "Belgiya film" kinostudiyasi vujudga keldi. 20-yillarda chet el rejissyorlari boshchiligida 20 ga yaqin film ishlab chiqarildi. B. kinosining "Baliqchi qushlar gavanda jon beradilar" (postanovkachi rejissyorlar R. Ksypers, I. Mixils, R. Verxavert, 1955), "Poyezd soat sayin joʻnaydi" (rejissyor A. Kavan, 1962). "Vidolashuv" (rejissyor R. Verxavert, 1966), "Izhori dil" (1968, rejissyor E. Dejelen), "Bredagi uchrashuv" (1971, rejissyor A. Dslvo) kabi filmlari diqqatga sazovor. B.ning hujjatli va ilmiyommabop filmlari badiiy puxtaligi bilan ajralib turadi.
 
== Oʻzbekiston — Belgiya munosabatlari ==