Galisiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
 
Qator 14:
}}'''Galisiya''' — Ispaniyaning shim.gʻarbiy qismidagi muxtor viloyat, Atlantika okeani sohilida. Mayd. 29,4 ming km{{sup|2}}. Aholisi 3,15 mln. kishi (1990-yillar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — [[La-Korunya]]. Bosh shahri — [[Santiago de Compostela|Santyago-de-Kompostela]]. Galisiya tarkibiga [[A Coruña (provinsiya)|La-Korunya]], [[Lugo (provinsiya)|Lugo]], [[Ourense (provinsiya)|Orense]], [[Pontevedra (provinsiya)|Pontevedra]] provinsiyalari kiradi.
 
Galisiyada qadimda galleklar qabilasi yashagan, keyinchalik viloyat ham kabila nomi bilan atalgan. 5-asr boshlarida Galisiyani svevilar, 8-asr boshlarida arablar egalladi. 718 yilda arablar magʻlubiyatga uchragach, Galisiyani Asturiya qirollari oʻzla-riga boʻysundirdilar. Galisiya 1065—72 yillarda mustaqil qirollik boʻlgan, 1072 -yilda Kastiliyaga qoʻshib yuborilgan. 1936 -yil Galisiyada referendum oʻtkazilib muxtor viloyat eʼlon qilindi.
 
Relyefi togʻlik, bal. 400–600 m, sharqida 1800 m gacha, tor dare vodiylari bilan oʻyilgan. Qirgʻoqlarida qulay tabiiy buxtalar bor. Iqlimi moʻʼtadil okean iqlimi, yiliga 2500 mm yogʻin yogʻadi. Keng bargli togʻ oʻrmonlari va butazorlar koʻp.