Dilbar Abdurahmonova: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: Tuzatmalar (xato haqida xabar berish)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Dilbar Gʻulomovna Abdurahmonova''' (1936.01.05, Moskva – 2018.20.03) – dirijyor. [[Oʻzbekiston xalq artisti]] (1969), Gʻ. Abdurahmonovning qizi. R. Glier no-midagi musiqa maktabini (1945–55), Toshkent davlat konservatoriyasini tugatgan (1960). 1957 -yildan [[Navoiy teatri]] simfonik orkestrida skripkachi, [[1960-yil]]dan dirijyor, 1974–1990 -yillarda bosh dirijyor. Ilk bor J. Verdining "Aida" operasiga dirijyorlik qilgan. Repertua-rida oʻzbek va chet el kompozitorlarining opera va baletlari mavjud. 70-yillarda asosan, balet spektakllari dirijyori sifatida shuhrat qozondi. "Oqqush koʻli" ([[Pyotr Ilich Chaykovskiy|P. Chaykovskiy]]), "Boqchasaroy favvorasi" (B. Asafev), "Jizel" (A. Adan), "Spartak" ([[Xachaturyan Aram Ilich|A. Xachaturyan]]), "Sevgi tumori" (M. Ashrafiy), "Semurgʻ" (B. Brovsin), "Tanavor" ([[Aleksey Kozlovskiy|A. Kozlovskiy]]) va b. shular jumlasidan. Dilbar Abdurahmonova 1970-yillarning oxiri va [[1980-yil]]larda "Masharabozlar" (R. Leonkavallo), "Boʻron" (S. Vasilenko, M. Ashrafiy), "Hayotbaxsh oʻlim" (A. Xolminov), "Olovli farish-ta" (S. Prokofev), "Otello" (J. Verdi) va b. operalarni toʻliq tahrirda sahnalashtirdi. Kasbiy mahorat, musiqa dramaturgiyasi-ni ishonarli ochib berish A. ijodiga xos. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
 
== Manbalar ==