Abduvohidqori Abduraufqoriyev: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Abduvohid Qoriyev''', Abduraufqoriyev Abdulvohdqori (1855 – Toshket – 1938.12.1) – jamoat va din arbobi, pedagog . Dastlab Koʻkcha dahalik maktabdor Yoqubxoʻja eshondan eski usulda saboq olgan. 1870-80 yillarda Eshonqulidodxoh va 1880–88 yillarla Buxorolagi Ernazarboy madrasalarida tahsil koʻrgan. 1888-1906 -yillarla Toshkent shahri Shayx Xovandi Tohur dahasidagp Mir abdullaboy masjid-madrasasida imom, mudarris, shu daha qozisi. 1906 -yilda Toshkent shahri dumasi aʼzosi. 1907 -yilda Rossiya Davdat dumasiping deputati. U Dumaga mahalliy aholi nomidan Pirmuhammad aʼlam Tursunmuhammad oʻgʻli bilan hamkorlikda ishlab chiqqan talabnomasini topshirgan. Shu yili aholini oʻz haq-huquqi uchun kurashga chorlovchi "chaqiriq"larni oʻzbek va tojik tilida yozib tarqatgan. Shuning uchun 1909 -yilda Tula viloyatiga 5 yilga surgun qilingan. U rus adibi L.N.Tolstoy bilan shaxsan koʻrishib, suhbatlashib, 1910 -yilda uning dafn marosimida ishtirok etgan.
 
Qoriyev surgundan qaytgach, 1917 -yil aprelgacha mudarris, aprel oyidan "Shoʻroyi islom" raisi. 1918 -yildan "Fuqaho" ("Huquqshunoslar") jamiyat aʼzosi. Oʻrta Osiyo mahkamai shariya idorasining raisi. 1923 -yilda shu idora delegatsiyasi tarkibida Ufaga borib, Usmon Kurʼonini olib kelishda ishtirok etadi. 1926 -yilda Makka shahrida boʻlib oʻtgan xalqaro musulmonlar kongressi ishtirokchisi.
 
Qoriyev 1937 -yilda asossiz ravishla qamoqqa olingan va 1938 -yil kaltaklab oʻldirilgan. 1957 -yilda oqlangan.
 
{{OʻzME}} <!-- Bot tomonidan yaratildi -->