'''Iroda Mirzaxonovna Aliyeva''' (17-dekabr 1929, Toshkent – 7-iyun 1989, Toshkent) – [[O‘zbekistonOʻzbekiston xalq artisti]] (1967). Toshkent san’at institutini bitirib (1951), Hamza nomidagi O‘zbekOʻzbek davlat akademik drama teatrida ishladi (1951–72), 1972–89 yillar "O‘zbekfilmOʻzbekfilm" kinostudiyasida aktrisa. Nasiba ("Og‘riqtishlarOgʻriqtishlar"), Muqaddas ("Chin muhabbat"), Shirin ("Bir sevgi afsonasi"), Guzin ("Turkiya haqida hikoya"), Kamola (R. Tagorning "Halokat" romani asosida yaratilgan inssenirovka – "Gang daryosining qizi"), Maryam ("Jazoir, mening vatanim"), Asal ("Sarvqomat dilbarim"), Nazokat ("Parvona") rollarida Aliyeva muvaffaqiyat qozondi va lirik rollar ijrochisi sifatida tanildi. Yuksak texnika, mukammal sahna nutqiga ega bo‘lganboʻlgan Aliyeva qahramonlarining dunyoqarashi va ichki kechinmasini o‘zigaoʻziga xos sharqona xususiyat, nazokat bilan ifodalashga erishgan. Kinoaktyor teatr-studiyasida Nina (A. Kason, "Yetti faryod", 1973), Enaga (A. Korneychuk, "Platon Krechet", 1974) va boshqa rollarni ijro etdi. Kinoda: "Akmal, ajdaho va malika" (1980), "Akmalning yangi sarguzashtlari" (1983) filmlarida yalmog‘izyalmogʻiz kampir obrazini yaratdi.<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
== Manbalar ==
|