Angor tumani: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Tahrir izohi yoʻq
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 63:
}}
 
'''Angor tumani''' 1952-yil 16-aprelda tashkil tashkil etilgan edi. 1962-yil dekabridan [[Termiz]] tumani tarkibiga qoʻshib yuborildi. 1979 -yili dekabrda qayta tashkil etildi. Umumiy maydoni 387,3 kv .km. Aholisi 82,1 ming kishi (1996). Tuman markazi – Angor shaharchasi Termiz shahridan 33 km shimoli – gʻarbda joylashgan. Tumanda 7 qishloq bor (Birinchi may, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayron). Toshkent – Termiz avtomobil yoʻli yoqasida, yaqin temir yoʻl bekati (Navshahar) – 14 km.
Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi bor. Tuman gʻalla, paxta va sabzavot – poliz ekinlariga ixtisoslashgan. Bogʻ va tokzor bor .
 
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn boshi -->
'''Angor tumani''' – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1952 -yil 16 -aprelda tashkil etilgan. 1962 -yil 24 -dekabrda Ter-miz tumaniga birlashtirilgan. 1979 -yil 4 -dekabrda qayta tuziddi. Angor tumani viloyat janda joylashgan. Termiz, Muzrabot, Sherobod, Qiziriq va Jarqoʻrgʻon tumanlari bilan che-garadosh. Maydoni 0,39 ming km². Aholisi 85 ming kishi (1997). Angor tumanida 1 shaharcha (Angor) va 7 qishloq fuqarolari yigʻini (Istiqlol, Doʻstlik, Zang, Navoiy, Tallimaron, Yangiobod, Qayran) bor. Markazi – Angor shaharchasi. Angorda miloddan avvalgi 6 – 4-asrlarda aholi manzillari boʻlgan. Kushan podsholi-gi davrida (1–3-asrlar) dehqonchilik vohasi tarkib topgan. Zartepa qalʼasi Angorning markazi boʻlgan. 6 – 7-asrlarda qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga kelgan. Oʻtmishda Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Tabiati. Tuman viloyatning eng janubida joylashgan. Shimolida Kiziriq, gʻarbda Xotinrabot dashtlariga tutashgan. Shimolida Xovdogʻ, janubi-sharqida Qoraqir qirlari bor. Ular orasida Kattaqum joylashgan. Iqlimi quruq subtropik iqlim. Qishi qisqa, iliq. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2 – 3°. Yozi issiq, davomli. Iyulning oʻrtacha temperaturasi 31 – 32°. Yiliga 120 – 130&nbsp;mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 300 kun. Tuman hududining gʻarbiy qismidan Sherobod daryosining quyi qismi oqib oʻtadi. Zang kanalidan tarmoqlanadigan ariqlardan sugʻoriladi. Tuprogʻi boʻz, taqir, qumloq tuproq. Tuproq shoʻrlanishini kamay-tirish uchun tuman hududi boʻylab shimoli-sharqdan janubi-gʻarb yoʻnalishida zovur qazilgan. Shoʻra, yantoq, jingʻil, qiyoq, qamish, burgan kabi choʻl oʻsimliklari oʻsadi. Tuman hududining koʻp qismi 484oʻzlashtirilganligi sababli choʻldashtga xos yovvoyi hayvonlar deyarli uchramaydi.Aholisining aksari qismi oʻzbeklar; shuningdek tojik, turkman, rus, tatar, yahudiy va boshqa millat vakillari ham yashaydi. 1&nbsp;km² ga oʻrtacha 218 kishi toʻgʻri keladi. Aholisining 90%dan ortigʻi qishloqlarda yashaydi.Xoʻjaligi. Angor tumanida 8 jamoa xoʻjaligi, 104 dehqon-fermer xoʻjaligi, 36 hissadorlik jamiyati, 123 kichik kor-xona, 7 sanoat korxonasi bor. Tu-man gʻalla, paxta va sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslash-gan. Bogʻdorchilik va tokchilik bilan ham shugʻullaniladi. 1999/2000 oʻquv yilida 40dan ortiq umumiy taʼlim maktabida 20559 oʻquvchi taʼlim oldi. 20 mingdan ziyod maktabgacha tarbiya muassasasi, mu-allimlar tayyorlash, kasb-hunar litseyi, 2 iqtidorli bolalar litseyi mavjud. 30 kutubxona, madaniyat uyi, 14 qishloq klu-bi, Angor shaharchasida A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bogʻi, "Orzu" kinoteatri aholiga xizmat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona, 8 qishloq ambulato-riyasi, 52 feldsher-akusherlik punkti, 2 poliklinika, markaziy stadion, 12 sport zali, 28 futbol maydonchasi ishlab turibdi (2000).<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>
<!-- Bot tomonidan qoʻshilgan matn oxiri -->
 
Angor shaharchasi (aholisi 14,3 ming kishi) hududi oʻrnida Axomaniylar davridayoq (miloddan avvalgi 6-9-asr) aholi manzillari boʻlgan. Kushon podsholigi davrida (1-3-asr) bu yerda dehqonchilik vohasi tarkib topdi. Angorning janubiydagi Zartepa qalʼasi uning maʼmuriy markazi boʻlgan. Kushon podsholigidan soʻng mavqey soʻndi. 6-7 – asrda bu erda hayot yangidan jonlandi. Katta – kichik qalʼalar, qoʻrgʻonlar vujudga keldi .
Bulardan yiriklari : Bolaliktepa, Yumoloqtepa, Gazlartepa, Kuchuktepa, Jovliqoʻrgʻon, Zangtepa, Zartepa, Kuyovqoʻrgʻon, Qarlamtepa, Qizqoʻrgʻon, Oʻrdalitepa .
OktyabrOktabr toʻntarilishiga qadar Angor Termizga boradigan savdo karvoni qoʻnib oʻtadigan qishloq hisoblangan. Keyingi vaqtda yangi – yangi koʻchalar ochildi, 1991 -yil shaharchaga (shahar tipidagi posyolka) aylantirildi .
Angorning sanoat korxonalari asosan qishloq xoʻjalik mahsulotlarni qayta ishlash bilan bogʻliq. Shaharchada madaniyat va istirohat bogʻi, stadion bor .