Baydarka va kanoeda eshkak eshish: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k kichik o'zgarishlar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Baydarka va kanoeda eshkak eshish''' — [[sport]] turi, poygalar va slalomdan iborat. Baydarka va kanoeda eshkak eshish musobaqalari 19-asrning 60-yillarida [[Yevropa]]ning koʻpgina mamlakatlarida eshkakchilar klublari paydo boʻlgandan soʻng boshlandi va avval [[baydarka]]larda, keyin [[kanoe]]da sport poygalari oʻtkaziladigan boʻldi. Xalqaro kanoe federatsiyasi (IKF, 1946 y.-yil tashkil topgan) 54 milliy federatsiyani birlashtiradi (1991). [[1936]]-yildan Baydarka va kanoeda eshkak eshish [[Olimpiya oʻyinlari]] dasturiga kiritilgan, [[1938]]-yildan jahon chempionatlari oʻtkaziladi. Baydarkalardagi musobaqalar ayollar va erkaklar oʻrtasida, kanoeda esa — faqat erkaklar oʻrtasida boʻladi. Baydarkalar bir kishilik, ikki kishilik va toʻrt kishilik, [[kanoe]] — bir kishilik va ikki kishilik. [[1972]]-yildan baydarka va kanoeda [[slalom]] musobaqalari olimpiada musobaqalari dasturiga tajriba tariqasida kiritilgan.
 
[[Oʻzbekiston]]da bu sport turi havaskorlari 50-yillardan suv havzalari, anhor va [[daryo]]larda mashq qilib, musobaqalarda qatnasha boshladilar. Oʻzbekiston terma jamoasi [[1996]]-yilgi 26-yozgi olimpiya oʻyinlarida va ayniqsa [[1997]]-yilgi Osiyo birinchiligida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. [[Sokchasiti]] ([[Janubiy Koreya]]) shahrida boʻlgan qitʼa chempionatida 12 oltin, 11 kumush, 9 bronza medali qoʻlga kiritilib, birinchi oʻrin egallandi. Jamoa muvaffaqiyatiga xalqaro sport ustalari aka-uka S. va V. Shoislomovlar ([[kanoe]]), D. Kovalenko ([[kanoe]]), T. Levina, I. Lyalina, A. Shpiganovich, I. Isakova (baydarka) katta hissa qoʻshishdi. Oʻzbekiston Baydarka va kanoeda eshkak eshish jamoasi 13-Osiyo oʻyinlari ([[Bangkok]], 1998) chempioni nomini ham oldi, Baydarka va kanoeda eshkak eshish boʻiicha asosiy sport bazalari Toshkent dengizi, Chorvoq suv ombori, Samarqand eshkak eshuvchilar kanalida joylashgan.