Mixail Bulgakov: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
kTahrir izohi yoʻq
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
'''Mixail Bulgakov''' ([[1891]], [[Kiyev]] [[1940]], [[Moskva]]) — rus yozuvchisi. [[Kiyev universiteti]]ning tibbiyot fakultetini tamomlagan (1916). Ilk toʻplami „Iblisnoma“da (1925) jamlangan hajviyoti oʻsha davr matbuotida katta shovshuvga sabab boʻladi. „Oq gvardiya“ (1925—27) tugallanmagan romani mavzui asosida „Turbinlar kuni“ pyesasini yozadi (1926 -yilda sahnalashtirilgan). Bu asarlarida „Qochish“ (1926—28; 1957-yilda sahnalashtirilgan) pyesasidagi kabi eski rus ziyolilari kayfiyatidagi keskin oʻzgarish. „oqlar“ harakati gʻoyasi, muhojirlik yoʻlining samarasizligi aks etgan. „Zoykaning uyi“ (1926-yilda sahnalashtirilgan), „Baxmal orol“ (1928-yilda sahnalashtirilgan) komediyalarida Bulgakov yangi iqtisodiy siyosat tarafdorlarining turmush va ahloqini mazax qiladi, biqiq teatr muhitidagi urfodatlar ustidan kuladi. 1920-yillar oxirida rus adabiy tanqidi Bulgakov ijodini salbiy baholaydi, uning asarlari nashr etilmaydi, pyesalari teatr sahnalaridan olib tashlanadi. 1930-yillar boshlaridan Bulgakov teatrda rejissyor yordamchisi boʻlib ishlaydi, Gogolning „Oʻlik jonlar“ (1932) asarini sahnalashtiradi. „Janob de Molyer hayoti“ biografik povestida (1932—33-yillarda yozilib, 1962-yilda nashr etilgan) Bulgakov haqiqiy sanʼat bilan mustabid tuzum bir-biriga zidligini tasvirlaydi. 30-yillardan umrining oxirigacha B. „Usta va Margarita“ romani ustida ishlaydi (1966—67-yillarda nashr etilgan). „[[Ityurak]]“ asari (1987) asosida [[Ityurak (film, 1988)|kinofilm]] yaratilgan. „[[Usta va Margarita]]“ Qodir Mirmuhamedov tomolidan oʻzbek tiliga tarjima kilingan (1987)<ref>[[OʻzME]]. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil</ref>.
 
== Manbalar ==