Bibliografiya: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
k →‎top: Bot v1: Tuzatmalar
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 10:
== Turkistonda bibliografiya ishi 9 — 15-asr ==
 
lardayoq rivojlana boshlagan. Fan va adabiyotimizning yirik vakillari (Abu Ali ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy va boshqalar)ning asarlarida saroy kutubxonalari tomonidan oʻz jamgʻarmalarining B. ruyxati va ularni tasnif kilish ishlari olib borilganligi haqida maʼlumotlar bor. Jumladan, Beruniy "Fihrist kutub Muhammad ibn Zakariyo arRoziy" ("Muhammad ibn Zakariyo arRoziy kitoblarining roʻyxati") nomli Muhammad ibn Zakariyo Roziy ijodiga oid B. tuzadi. Koʻrsatkichda Roziyning 184 asarining roʻyxatini berish bilan birga Beruniyning 1036 -yilgacha yozgan 113 asarining roʻyxati ham keltiriladi. B. qoʻllanmalari tuzish keyingi davrlarda ham davom etdi: Ibn Abdullahab Yoqutning "Ismlar lugʻati va fanlar mazmuni" (12-asr); Xoja Xalifaning "Kitob va fan nomlaridagi shubxaning bartaraf etilishi" (18-asr) va boshqa
 
Turkistonni Rossiya bosib olgandan keyin B. bilan rus bibliograflari (N. V. Dmitrovskiy, V. I. Mejov va boshqalar) shugʻullangan. 20-asr 20 — 30-yillaridan Bibliografiya ishiga jiddiy ahamiyat berila boshlandi va hozirgi kunda muhim davlat ishiga aylangan. 1926 -yil dan Oʻzbekiston Respublikasi Kitob palatasi, [[1930-yil]]dan [[Alisher Navoiy]] nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi davlat kutubxonasi B. boʻlimining tashkil qilinishi oʻzbek milliy B.sining rivojlanishiga zamin yaratdi. Oʻzbek tilida tuzilgan dastlabki koʻrsatkich S. Dolimov va F. Ubaydullayevning "Mukammal ilmiy bibliografiya" (1934) asari boʻlib, unda 3 ming kitobning tavsifi berilgan.
 
Oʻzbekiston Respublikasi milliy kitob palatasi respublika davlat B.sining asosiy markazidir. OʻzRda Bibliografiya ishi bilan, shuningdek Oʻzbekiston Davlat kutubxonasi, Oʻzbekiston FA asosiy kutubxonasi va boshqa kutubxonalar ham shugʻullanadi. B.ishiga oid ilmiy ishlar asosan Abdulla Qodiriy nomidagi Toshkent davlat madaniyat in-tining "B." kafedrasida olib boriladi.