Birlashgan Millatlar Tashkiloti: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
k 37.110.210.60 tahrirlari 213.230.110.134 versiyasiga qaytarildi
Teg: Eski holiga qaytarish
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
2000-yil 6—8-sentabrda BMTning 55-sessiyasi doirasida „Mingyillik sammiti“ boʻlib oʻtdi. Unda 155 dan ortiq mamlakatning davlat va hukumat boshliqlari ishtirok etdi. Mazkur anjumanda umumbashariy ahamiyatga ega boʻlgan ijtimoiy iqtisodiy, ekologiya va xavfsizlikka doir muammolar muhokama qilinib, yangi yuzyillikning dastlabki-yillarida amalga oshirilishi moʻljallanayotgan tadbirlar belgilandi. Sammit ishtirokchilari yakdillik bilan qabul qilgan deklaratsiyada 2015-yilgacha ta’minlashda, Bosh Assambleya va BMT boshqa organlari qarorlari amalda bajarilishida yordam beradi. Kotibiyat quyidagi departamentlar va boshqarmalarga boʻlinadi: Siyosiy masalalar va Xavfsizlik Kengashi ishlari departamenti, Iqtisodiy va ijtimoiy masalalar departamenti, Vasiylik va oʻz-oʻzini boshqarmaydigan hududlar departamenti, Nazorat boshqarmasi, Xodimlar boshqarmasi, Bosh kotibning maʼmuriy idorasi, Ijtimoiy axborot boshqarmasi, Konferensiyalarga xizmat qilish boshqarmasi, Umumiy xizmat boshqarmasi, BMTning Jeneva boʻlimi. BMT sessiyasi yilda bir marta chaqiriladi. Xavfsizlik Kengashining yoki BMT aʼzolari koʻpchiligining talabi bilan har qanday masala yuzasidan maxsus sessiyalar chaqirilishi mumkin. BMTning rasmiy tillari — ingliz, fransuz, rus, ispan va xitoy tillari boʻlib, ingliz, fransuz, ispan tillarida ish yuritiladi.
 
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay—1992-yil 2 -martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi (1993.24.8). BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻldi.
 
Oʻzbekiston oʻz ovozi va mavqeiga ega boʻlgan aʼzo sifatida BMT oldiga muhim va dolzarb masalalarni qoʻyyapti. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning BMT Bosh Assambleyasi 48-sessiyasida (1993-yil sentabr), BMT tashkil etilganining 50-yilligiga bagʻishlangan sessiyada (1995-yil okt.), BMT Bosh Assambleyasining „Mingyillik sammiti“ (2000-yil sentabr) da soʻzlagan nutqlari dunyo jamoatchiligida katta qiziqish uygʻotdi. Xususan, ushbu xalqaro tashkilotning 20-asr soʻnggidagi eng yirik anjumanida Oʻzbekiston rahbari xalqaro terrorizm va narkobiznes bilan bogʻliq muammolarni hal etish; mintaqaviy xavfsizlik, jumladan Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik va xavfsizlikni taʼminlash; jahon xavfsizligi tizimini takomillashtirish, BMT faoliyati va tarkibiy tizimini isloh qilishga taalluqli takliflar bilan chiqdi.
Qator 258:
Bosh Assambleya Tinchlikni saqlash boʻyicha operatsiyalar departamenti xodimlari sonini 50 foizga oshirish va BMTning Brindizidagi (Italiya) Moddiy-texnik taʼminot bazasini taʼminlashga qariyb 150 million AQSh dollari ajratishni maʼqullab, maʼruzaga oʻzining iliq munosabatini bildirdi. Kotibiyat maʼmuriy va taʼminot masalalarida yanada tezkorlikni taʼminlash uchun joylarga yanada kengroq vakolatlar berdi.
 
2001-yil 11 sentyabr-sentabr voqealari yuz berib, Afgʻonistonda Tolibon tuzumining qulashidan soʻng xalqaro hamjamiyat Birlashgan Millatlar Tashkilotiga siyosiy kelishuvga erishishda vositachi boʻlishni soʻrab, iltimos qildi. Bosh kotib nomi zikr etilgan maʼruzadan soʻng Laxdar Braximidan ilk bor yangi tinchlik oʻrnatish operatsiyasini rejalashtirish va amalga oshirish jarayoniga rahbarlik qilishini soʻradi. Bosh kotib, ushbu maʼruza ruhi va mohiyatidan kelib chiqib, Xavfsizlik Kengashiga joylardagi vaziyatning rivojiga BMT qay yoʻsinda yaxshiroq taʼsir koʻrsatishi zarurligi haqida xolis tavsiyalar berdi. U, „zangori kaskalarni“ joʻnatish oʻrniga, BMTga asosiy siyosiy rol berilib, bu davlatdagi siyosiy, gumanitar va rivojlanish harakatlarini birlashtirish uchun BMTning Afgʻonistonga koʻmak boʻyicha ixcham missiyasini (BMTAKM) tuzishni taklif qildi. Bonn kelishuvini amalga oshirishdagi muvaffaqiyatli vositachilik, xavfli darajaga yetayotgan gumanitar haloqatning yengillashishi hamda Afgʻoniston muvaqqat maʼmuriyatining tashkil etilishi bunday yondashuvning samarasidan dalolatdir.
 
Yangi tinchlik oʻrnatish strategiyasi va doktrinasi 2002-yil 20 -mayda Sharqiy Timor mustaqilligi eʼlon qilinishi bilan muvaffaqiyatli yakunlangan BMTning Sharqiy Timordagi Muvaqqat maʼmuriyati (BMTShTMM) va shu kabi may oyida osoyishtalikda saylov oʻtkazilib, yangi hukumat tuzilgan Syerra-Leonda qoʻllanildi. BMTning Syerra-Leonni qoʻllab-quvvatlash missiyasi bunday burilish uchun zamin yaratish hamda 47 000 nafardan ortiq qoʻzgʻolonchini qurolsizlantirish va demobilizatsiya qilishda koʻmak berdi.
 
=== Xodimlar va boshqaruv ===
2002-yil 1 -mayidan boshlab xodimlarni tanlash, joylashtirish va mansabini koʻtarishning yangi tizimi joriy etildi. Bunda ularning muayyan lavozimda ishlagan muddati va qaysi tashkilotdan kelganligiga emas, koʻrsatgan xizmati va lavozimiga munosibligiga koʻproq eʼtibor beriladigan boʻldi. Dasturlar rahbarlari, kadrlarga oid yangi mexanizm umumiy „paketi“ning bir qismi boʻlmish ushbu tizim doirasida hamda Bosh kotib bilan tuzilgan va ularning erishilajak natija uchun masʼuliyatini nazarda tutuvchi shartnoma asosida, xodimlarni oʻzlari mustaqil ravishda tanlash vakolatiga ega boʻladi. Shu tariqa, oʻzgartishlar Bosh kotib tomonidan amalga oshirilayotgan qaror qabul qilishda masʼuliyatni quyi, hatto, operativ xodimlar darajasigacha oshirishga yoʻnaltirilgan oʻzgartirishlar umumiy oqimida kechmoqda.
 
Bosh kotibning Bosh Assambleyaga 2000-yil avgustda taqdim etgan „Inson resurslarini boshqarishga oid islohot“ (A-55-253) maʼruzasidagi soddalashtirilgan jarayonlar xodimlarni tanlash va joy-joyiga qoʻyish davom etishi bilan izohlanadi. BMTning amalda oʻz xodimlari orasida turli mamlakatlar fuqarolari vakillarining boʻlishiga erishish hamda yuksak malakali xodimlardan voz kechmagan holda gender balansini yaxshilash tarafdori ekanligi xodimlarni ishga qabul qilish borasidagi qarorlar boshqa tashkilotlardagi kabi tez qabul qilinmasligini anglatadi. Lekin soʻnggi-yillarda ishga yollash jarayonining oʻrtacha choʻzilishi 400 va undan ortiq kunni tashkil etdi. Bu esa haddan ziyod koʻpdir. Yangi qabul qilingan tanlov tizimida ishga qabul qilish jarayoni qariyb 90 kunni tashkil etishi belgilab qoʻyilgan.Inson resurslari boshqarmasi, bundan tashqari, xodimlarning mansabini koʻtarishga oid masalani uzogʻi bilan ikki hafta ichida tasdiqlashi va amalga oshirishi lozim.
Qator 291:
1997-yili Ted Terner BMT oʻz oldiga qoʻygan maqsadlarga erishishida koʻmak koʻrsatish uchun 1 milliard AQSh dollari miqdorida mablagʻ ajratajagini maʼlum qildi. Buning natijasi oʻlaroq 1998-yilning martida Xalqaro hamkorlik jamgʻarmasi (BMTXHJ) tuzildi. BMTning T. Terner xayr-ehsoni hisobidan tuzilgan Jamgʻarma- jamoat hayriya tashkiloti sifatida 2002-yilda talay ishlarni amalga oshirdi. Jumladan, Jamgʻarma oʻz dasturlarida bolalar sogʻligʻini saqlash, aholishunoslik, ayollar, atrof muhit, tinchlik, xavfsizlik va inson huquqlarini himoya qilish borasidagi loyihalarni qoʻllab-quvvatlash uchun 484 million dollar ajratishni koʻzda tutdi. Jamgʻarma korporatsiyalar, fondlar va sahovatparvar tashkilotlar bilan mavjud munosabatlarni mustahkamlab, yangilari bilan hamkorlik aloqalarini oʻrnatmoqda, xususiy sektorga hamkorlikning yangi jabhalarini taklif etmoqda.
 
2000-yil sentyabrdagisentabrdagi Mingyillik sammitida qabul qilingan Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarda 147 davlat va hukumat rahbarlari hamda 191 mamlakat vakillari rejalarni global tarzda qoʻllash borasida misli koʻrilmagan kengqamrovli maqsadlar majmuini tasdiqladi. Mingyillik deklartsiyasida tinchlik va xavfsizlik, atrof muhitni muhofaza qilish, inson huquqlari, zulmsiz boshqaruv va Afrikaning maxsus ehtiyojlarini taʼminlashga qaratilgan kurashga oid maqsad va boshqaruv printsiplari belgilab berilgan. Rivojlanish borasida qashshoqlikni kamaytirish, kasalliklar, ocharchilik, savodsizlik va genderga oid kamsitishlarga qarshi kurashga qaratilgan muayyan vazifalar qoʻyilgan. Ularni amalga oshirish muddatlari aniq belgilangan: koʻpchilik vazifalar 2015-yilning oxirigacha amalga oshishi kerak. Mingyillik deklaratsiyasida belgilab olingan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlar hozir milliy, regional va xalqaro miqyosdagi ijtimoiy va iqtisodiy rejalashtirishda oʻziga xos hisob nuqtasi sifatida keng qoʻllanilmoqda; mazkur maqsadlar fuqarolik jamiyati, hukumatlar va faoliyati koʻpqirrali tashkilotlarni birlashtiruvchi umumiy gʻoya sifatida xizmat qilyapti.
 
Kofi Annan Bosh kotib lavozimiga ikkinchi marta saylanganidan soʻng Mingyillik deklaratsiyasida beligila berilgan vazifalarni amalga oshirishni Kotibiyat oʻz faoliyatining bosh maqsadi sifatida qabul qilishi lozimligi haqida koʻrsatma berdi. Kotibiyat xalqaro hamjamiyatning bu boradagi faolligini qoʻllab-quvvatlashga oid xatti-harakatlarini kuchaytirdi. Ming-yillik deklaratsiyasida belgilangan rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarini amalga oshirish borasida qanday ishlar amalga oshirilishi lozim va ularning ijrosi uchun kimlar masʼulligi qayd etilgan va barcha amal qilishi lozim boʻlgan yoʻnalishlarni aniqlash 2000-yilning sentyabridasentabrida boshlangan edi. Bir-yil oʻtgach, rivojlanish yoʻlidagi maqsadlarining bajarilish jarayoniga oid dastlabki-yillik hisobot chop etildi. Unda rivojlanishga oid sakkiz sohasi boʻyicha jahon miqyosida va muayyan mintaqalarda erishilgan ijobiy natijalar yoki boy berilgan imkoniyatlardan dalolat beruvchi asosiy tendentsiyalar oʻz ifodasini topgan edi. Amalga oshirilgan ishlar haqidagi bunday hisobotlar 2015-yilgacha har-yili chop etib boriladi.
 
== Havolalar ==