Birlashgan Qirollik: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
Mavzuga aloqador bo'lmagan jumlani o'chirdim
Teglar: Mobil qurilma orqali Mobil sayt orqali
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 25:
19-asrning 30-yillarida ishlab chiqarishning fabika tizimi qaror topdi. 30—40-yillarda siyosiy jihatdan shakllangan ishchilar harakati — chartizm keng avj oldi. B. B. hukumatining tashqi siyosati ingliz burjuaziyasining savdo-sanoat sohasidagi ustunligini mustahkamlash, mustamlakalarni koʻpaytirishga qaratildi. B. B. Yangi Zelandiya, Birma, Janubiy Amerikadagi poyonsiz hududlarni bosib oldi, 19-asrning birinchi yarmiga kelib, Hindistonni zabt etishni tugalladi, Xitoy (184042, 185660) hamda Afgʻonistonga qarshi (1838—42, 1878—80) bosqinchilik urushlari olib bordi, Hindiston (1857—60), Irlandiya (1848—67 va boshqalar), Yamayka o.dagi (1832) milliy ozodlik qoʻzgʻolonlarini shafqatsizlik bilan bostirdi. Xitoydagi Taypin qoʻzgʻolonini (1851—64) bostirishda ishtirok etdi. Qrim urushi tashabbuskorlaridan biri boʻldi. 1878-yil Kipr o.ni, 1882-yil Misr, 1898-yil Sharqiy Sudanni, 1899—1902-yillarda Janubiy Afrikadagi bir qancha hududlarni zabt etdi.
 
20-asr boshlariga kelib B. B. iqgisodiy jihatdan AQSH va Olmoniyadan orqada qola boshladi. B. B. bilan Olmoniya oʻrtasidagi ziddiyat Birinchi jahon urushini keltirib chiqardi. Urush oqibatida gʻolib mamlakatlar qatori Olmoniyaning Osiyo va Afrikadagi mustamlakalarini tortib olish hisobiga oʻz mustamlakalarini kengaytirishga erishdi. 20-yillarda B. B. Xitoyga qarshi intervensiya uyushtirishda qatnashdi. 1929—33 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi B. B. iqtisodiyotiga katta zarar yetkazdi. 1938-yil B. B. hukumati Myunxen shartnomasiga qoʻshilib, Ikkinchi jahon urushining boshlanishiga yoʻl ochdi. 1939-yil 3 -sentabrda B. B. Olmoniyaga urush eʼlon qildi. Urush B. B.ning iqtisodiy va siyosiy mavqeini ancha pasaytirdi. Ikkinchi jahon urushidan soʻng B. B. mustamlakachilik imperiyasi tushkunlikka yuz tutdi. 1970-yillarning oʻrtalarida B. B.ning deyarli barcha mustamlakalari mustaqillikka erishdi. Ikkinchi jahon urushidan keyin B. B. hukumatini navbatmanavbat leyboristlar (1945—51, 1964—70, 1974—79) va konservatorlar (195164, 197074 va 1979-yildan) partiyasi boshqardi. B. B. 1945 ydan BMT aʼzosi. Oʻzbekiston Respublikasi bilan diplomatiya munosabatlarini 1992-yil 18 -fevralda oʻrnatgan. Milliy bayrami — Qirolicha tugʻilgan kun (iyun oyining ikkinchi yoki uchinchi shanbasi).
 
Asosiy siyosiy partiyalarn, kasaba uyushmalari. Leyboristlar partiyasi, 1900-yil tuzilgan; Konservatorlar partiyasi, 1867-yil tashkil topgan; Liberal demokratlar partiyasi, 1988-yilda asos solingan; Uels millatchi partiyasi, 1925-yilda tuzilgan; Shotlandiya milliy partiyasi, 1928-yilda tashkil etilgan; Britaniya Kommunistax partiyasi, 1988-yilda B.B. Kommunistik partiyasining sobiq aʼzolari tomonidan tuzilgan; Soʻl demokratlar partiyasi, 1920-yil tashkil etilgan.