Bogʻi Bobur: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
qisqartmalarni toʻliqlash (p1, v0.5)
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 1:
{{Maʼnolari|Bogʻi Bobur (maʼnolari)}}
'''BOGʻI BOBUR''' — [[Kobul (shahar)|Kobul]] shahrida [[Bobur]] barpo etgan [[bogʻ]] ([[1515]]—[[1520|20]]). B. B. [[shahar]]ning Sherdarvoza tepaligi yon bagʻridagi bir necha ga [[maydon]]ni egallagan nihoyatda xushmanzara, obod, shahar [[aholi]]sining oromgoh va [[ziyoratgoh]] joyi. Har yili 21 -mart ([[Navroʻz]] [[kun]]i)da koʻchat oʻtqazish marosimi shu bogdan boshlanadi. Bogʻda [[Bobur maqbarasi|Bobur makbarasi]], uning yonida Boburning kichik oʻgʻli [[Hindol Mirzo|Hindol]], nevaralari: [[Ruqiya begim|Ruqiya Sulton begim]], Hakim Mirzo va boshqa [[avlod]]larining [[qabr]]lari joylashgan. Bogʻ ichida oq [[marmar]]dan ishlangan kichik [[masjid]], [[maktab]], [[jismoniy mashqlar|jismoniy mashq]] maydonchalari, [[hovuz]], obod [[choyxona]] va [[supa]]lar bor. [[Mevali oʻsimliklar|Mevali]] [[daraxt]]lar va [[gul]]lar hamda Bobur davridan qolgan azim [[chinor]]lar bogʻning koʻrki. B. B.ning atrofi kungurador [[devor]] bilan qurshalgan. Bobur B. B.dan [[tashqari]] Afgʻoniston va [[Hindiston]]da [[Oʻrta Osiyo]] [[anʼana]]lari asosida oʻnlab bogʻlar bunyod etgan (Bogʻi Kalon, Bogʻi Vafo, Zarafshon bogʻ, Dilorom bogʻ, Orom bogʻ va boshqalar). Bu bogʻlardagi [[ariq]]lar tekis va toʻgʻri olinib, daraxtlar tartib bilan oʻtqazilgan. Gullar ekilib, atrofiga mayda rangdor toshlar terilgan. Hindiston va Afgʻonistonda boʻlmagan [[oʻsimliklar|oʻsimlik]] va daraxtlar [[Movarounnahr]]dan olib borilgan. Afgʻonistonda uzoq yillar davomida boʻlayotgan [[fuqarolar urushi]] tufayli B. B.ga birmuncha zarar yetdi.
 
[[Andijon]] shahrining jan.sharqida — [[Bogʻi shamol|Bogʻishamolda]] B.B.ning ramziy shaklida maxsus bogʻ bunyod etildi. Ushbu bogʻ ham Kobul shahridagi bogʻga taqlidan B.B. deb yuritiladi (qarang [[Bobur milliy bogʻi majmuasi]]).