Bojxona: Versiyalar orasidagi farq

Kontent oʻchirildi Kontent qoʻshildi
MalikxanBot (munozara | hissa)
Bot v1: wikified
MalikxanBot (munozara | hissa)
k Bot v1: Tuzatmalar
Qator 5:
Oʻrta Osiyo hududida B.lar uzoq tarixiy davrda shakllanib kelgan. Oʻzbekistonda birinchi PattaHisor B.si 19-asr ning oxirlarida Rossiya imperiyasi Oʻrta Osiyoni bosib olgandan keyin tashkil etilgan. Bu B. Afgʻoniston orqali oʻtadigan yuklarni nazorat qilgan. Sobiq Ittifoq vujudga kelgach, bu post Termiz B.siga aylantirildi. Keyinchalik havo yoʻllarining rivojlanishi bilan 1958-yilda Toshkent aeroportida Toshkent B. posti tashkil etildi va u Termiz B.ga boʻysundirildi. 1959-yil aprelda Toshkent B. posti B.ga aylantirildi. Oʻzbekiston B. tizimining keyingi rivoji natijasida 1984-yilda Toshkent B.si tarkibida boʻlgan Tuzel qoʻrgʻoni (aeroport) va Fargʻona B. postlari barpo etildi. 80- yillar oxiriga kelib, Oʻzbekistonning iqtisodiy aloqalari kengayishi bilan B. tizimini takomillashtirish zarurati tugʻildi. 1988-yil okt.da Toshkent B. si negizida Oʻzbekiston Respublikasi bojxonasi tuzildi. Bu B.lar respublika organlariga boʻysunmay sobiq Ittifoq B.si tarkibiga kirar edi.
 
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini qulga kiritgach, 1991-yil 24 okt.da Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona qoʻmitasi tuzildi. Tashki iktisodiy faoliyatni, B. ishini tartibga soluvchi qonunlar, meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ular xalqaro huquq meʼyorlari bilan uygʻunlashtirildi. 1997-yil 8 -iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan Respublika B. xizmatiga huquqni himoya qilish organi maqomi berildi. 1997-yil 29 avg .da Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 9sessiyasida Oʻzbekiston Respublikasining "Boj tarifi toʻgʻrisida", "Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunlari, 1997-yil 26 dek.da Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi qabul qilindi (qarang Bojxona kodeksi). Qoraqalpogʻiston Respublikasida, barcha viloyatlarda va Toshkent shahrida bojxona xizmati boshqarmalari, qoʻshni davlatlar bilan chegara hududlaridagi magistral yoʻllarda shu boshqarmalarga qarashli B. postlari faoliyat koʻrsatadi.
 
Respublikada B. organlarining asosiy vazifalari oʻz vakolati doirasida Oʻzbekistonning iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash; Oʻzbekiston B. ishlariga oid qonunchilikning buzilmasligini nazorat qilish; UzRning xalqaro shartnomalardagi B. ishlariga oid bandlarning bajarilib borilishini taʼminlash; kontrabandaga qarshi kurash; B. statistikasi, shuningdek tashki iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasini yuritish; valyuta nazoratini amalga oshirish, strategik hamda respublika uchun muhim boshqa mahsulotlarni olib chiqib ketilmasligi ustidan nazorat yuritish va boshqalardan iborat. Oʻzbekiston hududida B.lar faoliyatini uyushtirish va unga rahbarlikni OʻzR Davlat bojxona qoʻmitasi olib boradi. Oʻzbekiston Respublikasi Jahon bojxona tashkilotiga aʼzo (1994).